Institutsiyalar – kishilarning turli birlashmalari (oila, kasaba tashkiloti, partiya, davlat).
Ijtimoiy tartibot – barqarorlik, uyg’unlik, ijtimoiy munosabatlarning, kishilar hattiharakatlarining muvofiqligi kabi jamiyatdagi tartibot, uning normal faoliyat ko’rsatishini tahminlovchi zaruriy shartlar.
Qadriyat – 1) borliqdagi muayyan hodisalarning ijtimoiy, madaniy va insoniy mazmunini ko’rsatish uchun falsafiy va sotsiologik adabiyotlarda keng foydalaniladigan ibora. Odatda guruhga oid (ijtimoiy) va shaxsga oid qadriyatlar, shuningdek moddiy, ijtimoiy-siyosiy va mahnaviy qadriyatlar bir-biridan farqlanadi.
2) inson uchun ahamiyatli, uning uchun qimmatli va muhim bo’lgan, uning faoliyatida mo’ljal hisoblanuvchi narsa-hodisa. Inson faoliyatining muayyan mo’ljallari.
Butun jahon oziq-ovqat programmasi – BMTning maxsus muassasasi, maqsadi – planetadagi ommaviy ochlikka qarshi kurashish.
Fuqaro shaxs – XIHning mazmuni bo’yicha kombatant bo’lmagan har qanday shaxs. Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro pakt (1966 y.) – inson va fuqaroning asosiy shaxsiy va siyosiy huquqlarini aks ettiruvchi universal xalqaro shartnoma.
Ijtimoiy munosabatlar – birgalikdagi amaliy va mahnaviy faoliyat jarayonida kishilar o’rtasida vujudga keluvchi munosabatlar.
Umuminsoniy qadriyatlar – butun insoniyatning tarixiy mahnaviy tajribasini aks ettiruvchi va har qanday shaxsning to’laqonli hayot kechirishi va rivojlanishi, umuminsoniy manfaatlarning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi dunyoqarash ideallari, axloqiy va huquqiy normalar.
Inson huquqlarining "asosiy mag’zi" – har qanday sharoitlarda ham insondan ajratib bo’lmaydigan huquqlar. Masalan, yashash huquqi, qiynoqqa solinmaslik, jinoiy qonunchilikning teskari kuchga ega emasligi (yahni qonunning u qabul qilinguncha sodir etilgan qilmishga tatbiq etilmasligi) va boshqalar.
Bola huquqlari Deklaratsiyasi (1959 y.) – bolalarni himoya qilishning eng umumiy tamoyillarini ehlon qilgan xalqaro hujjat.