Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə30/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Referat - Bezgak

Patogenezi. Bakterial agent yuqori nafas yo’llari va bronxlar shilliq qavatini, simpatik nerv tolalari tugunlarini zarartiradi, bu zararlanish o’z navbatida bronxlar trofikasining buzilishiga olib keladi. Bakterial agentlar va ular ishlab chiqargan zararli moddalar nafas yo’llarining himoya xususiyatlarini, spesifik va nospesifik chidamlilik qobiliyatini keskin kamaytiradi va natijasida bronxlar yallig’lanadi.
Klinik manzarasi. Kasalik quruq iztirobli yo’tal, to’sh suyagi atrofida og’riq, yuqori nafas yo’llarining o’tkir yallig’lanishiga xos o’zgarishlar bilan boshlanib, yallig’lanish bronxlarga tarqalgach, hansirash va ketma-ket yo’talish paydo bo’ladi, bemorlar yo’talish vaqtida ko’krak qafasining pastki qismida og’riq sezadilar. Behollik terlash, tana haroratining 37,5 – 38‘C ga ko’tarilishi, gripp bilan og’rigan bemorlarda esa lablariga uchuq toshishi (herpes labialis) kuzatiladi.
Perkussiya qilinganda o’zgarmagan o’pka tovushi eshitiladi. Auskultatsiya vaqtida o’pkada tarqalgan quruq hushtaksimon yoki g’ung’illovchi xirillash eshitiladi, yo’taldan so’ng xirillashning kamayishi kuzatiladi. Kasalliknig 2 — 3- kuni nam xirillash paydo bo’lishi mumkin.
O’tkir bronxit kasalligida o’pka rentgenogrammasida o’zgarish bo’lmaydi. Tashqi nafas funksiyasi tekshirilganda o’pkaning tiriklik sig’imi va maksimal ventilyasiya 15 — 20 foizga kamayadi. Qonning kislorod bilan tiyinishi daqiqali (minutli) nafas sig’imining ortishi hisobiga buzilmaydi. Qonda leykositlarning neytrofillar hisobiga ortishi 8 — 12* 10.9/l, eritrositlar cho’kish tezligi (ECHT) ortishi kuzatiladi. O’tkir bronxitlarning yengil formasi qisqa muddatli bo’lib (2-3kun) bemor o’zini yomon his qiladi, u subfebril harorat, yo’tal, to’sh suyagi ayrofida og’riq bilan o’tadi. Og’ir formasi tana haroratining baland bo’lishi, yo’tal, balg’am ko’chishi, qonda leykositlar va ECHT ortib ketishi bilan kechadi.
Diagnozi (tashxisi). O’tkir bronxit tashxisi kasallikning o’tkir boshlanishi, yo’tal vaqtida balg’am ko’chishi, zaharlanish belgilari, auskultatsiya qilganda avval quruq, keyin nam xirillashlar eshitilishiga asoslanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin