Ko`rsatkichlar yurak tonlari
№
|
Ko`rsatkichlar
|
I ton
|
II ton
|
1
|
Yurak qisqarish fazalari
|
Sistolik
|
Diastolik
|
2
|
Tovushlar
|
Past
|
Baland
|
3
|
Davomiyligi
|
0,09-0,12 sek
|
0,05-0,07 sek
|
4
|
Eshitish joyi
|
Yurak cho`qqisida
|
Yurak asosida
|
5
|
Tovush tebranish chastotasi
|
(34-74 gacha) o`rtcha sekundiga 55 marta
|
(35-85 gacha) o`rtacha sekundiga 62 marta
|
6
|
Tovush xarakteri
|
“erkaklar”
|
“ayollar”
|
7
|
Eshitiladi
|
Kichik pauzadan so`ng
|
Katta pauzadan keyin
|
8
|
Puls bilan bog`liqligi
|
Bir vaqtda
|
Bir vaqtda emas
|
Yurak tonlarining patologik o`zgarishlari:
Yurak tonlari yurakka bog`liq bo`lmagan faktorlar natijasida o`zgarishi mumkin, ko`krak qafasining qalinlashishi (katta ko`krak muskuli hisobiga) perikard va plevraga suyuqlikning to`planishi, o`pka emfizemasida yurak tonlari pasayishi kuzatiladi. Yurak tonlarining kuchayishi esa ko`krak qafasining yupqa bo`lgan ozg`in odamlarda va yurak ritmi chastotasi katta bo`lgan hollarda kuzatiladi.
I-ton kuchayishi va susayishi
I-ton susayishi klapanlar jarohatida, shuningdek 3 tavaqali I-ton klapan komponenti kamayishiga olib keladi. I-ton, shunigdek yurak yetishmovchiligida kuzatiladi. Bunda muskul komponenti pasaydi. I-ton kuchayishi taxikardiya (jismoniy zo`riqishdagi) anemiya gipertaeriosda kuzatiladi. I- ton kuchayishi muskul komponentida kuzatilib bunda sistola boshida qorinchalarning qon bilan to`lishi kamayadi. I-ton “qarsaksimon” aniqlanadi (mitaral stenoz uchun xos).
I-ton intensivligining o`zgarishi hilpillovchi aritmiyada kuzatiladi, bunda diastola pauzasi o`zaradi.
II- ton susayishi
Yirik qon tomirllarda bosim past bo`lishi ular qon bilan to`lishining kamayishi, o`pka arteriyasi va aorta klapanning jarohatlanishi, ularning yopilishi buzilishiga olib keladi.
II-ton kuchayishi
Aortal, o`pka arteriyasidagi bosim ortishi, u yoki bu qon tomirda II-ton aksenti paydo bo`lishidan dalolat beradi, aortal klapan ustidagi II-ton aksenti arterial gipertenziyada kuzatiladi, bundan tashqari aorta devori elastikligi kamayishi sklerotik o’zgarishlarda kuzatiladi. O’pka arteriyasidagi II-ton aksenti aniqlanadi.Mitral parogi bo’lgan bemorlarda kuzatiladi. Aorta ustida II-ton susayishi aortal klapanlarga kalsiy tuzlarinining o’tirishi klapanlar harakatini susaytiradi. O’pka arteriyasi ustidagi II-ton susayadi. Ko’krak qafasi qalin bo’lganda shuningdek o’pka arteriyasi stenozida kuzatiladi. Ikkala ton susayishi kuzatiladi; yurak qorinchalarining diffuz jarohatlanishida, ularning qisqarish faoliyati pasayganda masalan, miokardit, miokardiodistrafiya.
Dostları ilə paylaş: |