Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə46/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Referat - Bezgak

PALPATSIYA .

Yurak sohasini palpatsiya qilish, yurak turtki zarbini, yurak zarbini aniqlash , ko’krak qafasidagi titrash( mushuk xirillashi ) , og’riqli sohalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Yurak turtki zarbi joylashgan joyi,balandligi,amplitudasi, rezistentligi, maydoni,tarqalishi aniqlanadi.Normada yurak turtki zarbi chap o’rta o’mrov chizig’idan 1-1,5 sm ichkarida 5- qovurg’a oralig’ida joylashgan,maydoni 2sm2 ,agar undan yuqori bo’lsa,kengaygan kichik bo’lsa ,chegaralangan deb qaraladi. Balandligi,amplitudasi, rezistentligi o’rtacha chegaralangan turtki zarbi o’pka emfizemasida , diafragma pastga tushganda kuzatiladi.Bunda yurakni ko’krak qafasiga kelib uriladigan qismi kamayadi , kengaygan turtki zarbida (chap qorincha gipertrofiyasida,mitral va aortal poroklarda,gipertoniya kasalliklarida) chap qorinchaning ko’proq qismi ko’krak qafasiga kelib uriladi . Kengaygan turtki zarbi yurakka bog’liq bo’lmaga hollarda ya’ni o’pkalar bujmayganda, diafragma yuqori turganda, ko’ks oralig’ining orqa o’smalarida kuzatiladi.Turtki zarbining balandligi uni ko’krak qafasiga berayotgan tebranishlar amplitudasi bilan bog’liq.Baland va past turtki zarbi farqlanadi . Bu holat ko’krak qafasining qalinligi va yurakgacha bo’lgan masofaga teskari proporsional . Turtki zarbining balandligi yurak qisqarishlarining kuchi va tezligiga to’gri proporsional (emotsional holatlarda,fizik zo’riqishlarda,lixoratka,tireotoksikozda ortadi).Turtki zarbining rezistentkligi yurak muskulining kuchi, qalinligi va zichligiga bog’liq . Rezistentlikning yuqori bo’lishi chap qorincha gipertrofiyasi bilan izohlanadi. Turtki zarbining rezistentligi tekshiruvchi kishining barmoqlariga ko’rsatilayotgan bosim va uni yengish uchun sarflanadigan qarshi kuch bilan ifodalanadi. Rezistentligi baland,kengaygan,kuchli zarbi paypaslaganda gumbazsimon aniqlanadi.Shuning uchun ham gumbazsimon ko’tariluvchi turtki zarbi deyiladi.Bunday turtki zarbi yurakning aortal poroklari uchun xarakterli.


YURAK ZARBI – o’ng qo’l kafti bilan yurakning absolyut to’mtoqligi sohasida(to’sh suyagidan chapda 4-5 qovurg’a orasida )paypaslab ko’riladi. Yaqqol ko’zga tashlanadigan yurak zarbi o’ng qorincha gipertrofiyasidan dalolat beradi.Mushuk xirillashi – palpator simptom bo’lib,qonni toraygan teshikdan girdobsimon harakat qilib o’tishi natijasida yuzaga keladi.Natijada ko’krak qafasi muskullari chegaralangan sohada titrashi aniqlanadi. Uni aniqlash uchun o’ng qo’l kafti auskultativ nuqtaga qo’yiladi.Diastola fazasida aniqlanadigan mushuk xirillashi yurak cho’qqisida mitral stenozda aniqlanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin