Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə54/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Referat - Bezgak

FIZIKAL TEKSHIRISHLAR:


Ko’zdan-kechirish;Kompensatsiyalangan porokda normadan tashqari o’zgarishlar yo’q.Dekompesatsiyalangan porokda akrosianoz kuzatiladi.
Palpatsiya;chapda yurak cho’qqi zarbi chapga pastga siljigan, rezistentligi kuchayadi,bu chap qorincha gipertrofiyasi sifatida namoyon bo’ladi.
Perkussiya;yurak nisbiy to’mtoqligining chap chegarasi chapga siljigan chap qorincha kengayishi hisobiga ,yuqori chegarasi chap bo’lmacha kengayishi natijasida yuqoriga siljiydi.Dekompensatsiyalangan porokda-nisbiy to’mtoqlikning o’ng chegarasi o’ngga siljiydi(o’ng qorincha gipertrofiyasi)
Auskultatsiya; I ton cho’qqida sustlashgan,yurak cho’qqisida sistolik shovqin.Dekompensatsiyaning bosqichida o’pka arteriyasida II ton aksenti.
Rengenologik tekshiruvlar;Yurak soyasining chapga,yuqoriga kengayishi. O’pka gipertenziyasi-o’pka ildizining kengayishi va kuchayishi.
EKG.Chap bo’lmacha va qorinchada gipertrofiyasi belgilari, keyin esa o’ng qorincha gipertrofiyasi belgilari ham kuzatiladi.
ExoKG. Rangli Doppler tekshiruvida regurgitatsiya o’tish oqimi,chuqurligi ,kengligi aniqlanadi ,bu esa yurak yetishmovchiligi bilan ifodalanadi.


MITRAL STENOZ.

Mitral stenoz (MS)-(stenosis ostii venosi sinistra) chap bo’lmacha va qorincha o’rtasidagi teshikning torayishi,bu diastole vaqtida chap bo’lmachadagi qonni chap qorinchaga o’tishining buzilishi oqibatida kelib chiqadi.Normada mitral teshik sathi 4-6 sm² tashkil etadi,3 sm² gacha torayish klinik o’zgarishlarsiz kechadi,lekin 2 sm² ga toraygandan so’ng mitral stenoz simptomlari paydo bo’la boshlaydi.


MS sabablari:
1.Revmatik lixoradka(50% dan ko’p)
2.Ateroskleroz,mitral qopqoq teshigining kalsifikatsiyasi
3.Mitral qopqoq teshigi prolapsi
4.Tug’ma forma(Lyutembashe sindromi)


KOMPENSATOR MEXANIZMI:
1. Bo’lmacha ichi bosimining oshishi.
2.O’pka arteriyasi gipertenziyasi rivojlanishi(normadagi 25/15 mm .sm.ustning 40/30 mm.sm.ustgacha)
3.Chap qorincha diastola vaqtining uzayishi.
Gemodinamika
Ko’p hollarda porokning asosiy sabablaridan biri revmatizm.Porokning sababi chap bo’lmacha va chap qorincha o’rtasidagi teshikning torayishi.Normada sistola davrida chap bo’lmachadagi qon qorinchaga to’liq tushadi,lekin stenoz natijasida qon to’liq hajmda tusha olmaydi.Qonning bir qismi chap bo’lmachada qolib ketadi.Bundan tashqari u yerga o’pka venasidan ham qon keladi. Chap bo’lmacha qonga to’ladi, kengayadi,natijada u bo’lmacha-qorincha teshigidan qonni o’tkazish uchun zo’riqib ishlaydi,va u kompensatorli gipertrofiyaga uchraydi.Uzoq vaqt kompensatsiya fazasida ishlay olmasligi natijasida dekompensatsiya belgilarining rivojlanishiga olib keladi.Chap bo’lmachada qon bosimining oshishi o’pka venasida qon bosimini yuqori bo’lishini chaqiradi,keyin reflektor o’pka arteriyasida spazm bo’ladi,bu esa o’ng qorinchada zo’riqish paydo bo’lishiga olib keladi,buni bajarish uchun esa u kompensator gipertrofiyaga uchraydi.Agar o’ng qorincha o’z funksiyasini to’liq o’tay olmasa katta qon aylanish doirasi venalarida qon dimlanishiga olib keladi.
SHIKOYATLARI:
Kichik qon aylanish doirasida dimlanish belgilari:fizik harakatlar vaqtida hansirash,so’ng tinch holatda ham,yo’tal,ba’zan qon tuflash,yurak tez urishi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin