Mustaqil ishning vazifalari. Mustaqil ishning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olingan:
Ushbu mavzu haqida umumiy ma’lumot olish va tahlil qilish:
Ushbu mavzuning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi roli va ahamiyatini aniqlash:
Mamlakatni rivojlantirish maqsadida ushbu mavzu yuzasidantakliflar berish.
Mustaqil ishning obyekti.Ushbu mustaqil ishning obyekti sifatida “Doniyev servis” xususiy ishlab chiqarish sexi tanlab olinib,bu yerda samarali fiskal siyosatning iqtisodiy ta’siri haqida tahlillar olib borilgan.
Mustaqil ishning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Mustaqil ishning ilmiy ahamiyati shundaki,samarali byudjet-soliq siyosati sharoitlarida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatlarining kengaytirib va takomillashtirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil ishning tuzilishi va hajmi. Mustaqil ish 19 betdan iborat bo’lib,kirish,bitta bob,xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
1.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslari, maqsadi, usullari va vositalari Milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi
yo‘llar orqali erishiladi:
1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo'Ilash;
2) iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda
boshqarish;
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor
usullarini uyg‘unlashtirish. Hozirgi davrda 0 ‘zbekistonning milliy
iqtisodiyoti rivoji uchun ko‘proq uchinchi y o i xususiyatli hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta
A.Smit tomonidan ko‘rib chiqilgan. Uning ≪Halqlar boyligining tabiati
va sabablarini tadqiq qilish haqida≫ (1776) nomli asarida
iqtisodiyotning bozor usullari orqali o‘zini o‘zi tartibga solishining
zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab
chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan toMiq ozod bo‘lishi zarur
Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab
chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo‘lad i. Bunda bozor
vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz, ishlab
chiqaruvchilami butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga
majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi
oxir-oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi.
Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari
milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham
importga boj toiovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib,
ulaming chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini
oshiradi. Ammo bu oxir- oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori
xarajatlari va past sifatining saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan
past sifatli va narxi qimmat tovarlami sotib olishga majbur bo‘lgan
milliy iste’molchilar zarar ko‘radilar.
A.Smitning ≪Tinch qo‘yish≫ nazariyasi 1929-1933-yillarda bozor
iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlami qamrab olgan
iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va
ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini
kushaytirishni taqozo qildi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning
≪Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi≫ (1936) nomli
asarida o‘z aksini topdi. Unda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va
kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi
talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi
zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda
inqirozga qarshi siyosat o‘tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy
oqibatlarini tugatish va sanoat siklining o‘zgarishini bartaraf etish
haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQSHda amalga
oshirildi. Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar
u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo‘lgan barcha
mamlakatlarda foydalanildi. Shu bilan birga davlatni iqtisodiyotdagi
rolining yanada ko‘proq oshib borishi ro‘y berdi. Hozirgi davrda
davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat
siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki
iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish
jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning
jamiyat a ’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchuncheklangan
iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni
ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan,
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish
bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni
mamlakat ishida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni
o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib
ko'rsatish mumkin:
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi
huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2) raqobatni himoya qilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning
umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta
vazifasi alohida ahamiyatga ega:
1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2) resurslami qayta taqsimlash;
3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar
vujudga keltiradigan inflatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat
qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan
foydalanadi. Bu usullami umumlashtirib quyidagicha guruhlash
mumkin:
- bevosita ta’sir qilish usullari;
- bilvosita ta’sir qilish usullari;
- tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda
davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish
usullari ustun bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy
jarayonlami bilvosita tartibga solish bilan bog‘langan. Shu bilan
birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud.
Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib,
u asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli
qog‘ozlar bilan tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi
hollarda yaxlit tarmoqlami barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalaming aksiyalarini
sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va
vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet
siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat
bo‘ladi:
- hisob stavkasini tartibga solish;
- moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari
minimal hajmini o‘matish va o ‘zgartirish;
- davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari
(davlat obligatsiyalarini chiqarish, ulami sotish va toMash).
Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi
siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.
Davlat budjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini
o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun
moliyaviy mablag‘lami jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar
hisoblanadi. Ulardan xo‘jalik sub’yeklari faoliyatiga va ijtimoiy
barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishda ham keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan
soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq
toMashda berilgan imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida budjet
xarajatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat
kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan
tovarlami sotib olishga qilinadigan sarflar misol boiadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy
usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va
dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga
oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi.