KIRISH 3 I BOB. YOsh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni 5 1.1. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish zarurligi 5 1.2. Zamonaviy voleybol o’yinida sakrovchanlikni rivojlantirishning dolzarbligi 9 1.3. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni va rivojlantirish masalalari 14 II BOB. YOSH VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH 23 2.1. Yosh sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini savolnoma asosida o’rganish 23 2.2. Tezkorlik va kuch singari jismoniy sifatlarni tarbiyalash uslubiyoti 27 XULOSALAR 35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 36
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2002 yil 24 oktyabrdagi «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi Farmoni va uni hayotga tadbiq etish bo’yicha qabul qilingan hukumat qarori natijasida bolalar sportini so’nggi yillar mobaynida mamlakatimizda rivojlantirish va yosh iste`dodli sport zahiralarini tayyorlash borasida juda katta islohotlar joriy etildi, ko’pdan-ko’p bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, sport bilan muntazam shug’ullanish va amaldagi rasmiy qoidalar asosida mahalliy hamda Respublika musobaqalarini o’tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Navbatdagi masala hozirgi kunda, hamda yaqin kelajak ichida ushbu Farmon va qaror talablari bilan belgilangan pirovard maqsadlarni amalga oshirish lozim. Ma`lumki, ushbu doiradagi asosiy strategik muammo - bu yosh, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishdan iboratdir. Ammo, mazkur jarayon o’zining tashkiliy-texnologik jihatlaridan o’ta murakkab, keng qamrovli va ko’p qirrali muammolar tarkibiga mansub bo’lib, bosqichma-bosqichlik hamda izchillik tamoyillari asosida tashkil etilishi zarurligini taqozo etadi.
Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak cho’qqilarga olib keluvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarini erta yoshlikdan, to’garakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport mashg’ulotining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to’g’ri tanlash va amaliyotga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish iste`dodli sport zahiralarini etishtirishda o’ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Shuni ham ta`kidlash muhimki, har bir sport turida o’ziga xoslik mavjud bo’lib, shu xususiyatlar yosh sportchilarni tayyorlashda qaysi bir jismoniy sifatlar ustivor ekanligini belgilab beradi. Voleybolda, tezlik-kuch qobiliyatlari va sakrovchanlik sifati ustun turadi. Yosh voleybolchilarda ushbu sifatni shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish to’liq o’rganilmagan va bugungi kun jismoniy tarbiyasining dolzarb muammolaridan biridir.
Voleybolchilarda sakrovchanlikni shakllantirishda harakatli o’yinlardan samarali tarzda foydalanish uslublarini o’rganish va tahlil qilish.
Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning tutgan o’rni va ularni rivojlantirish zarurligi haqida adabiyotlarni tahlil qilish;
Yosh bolalarda sakrovchanlikni rivojlantirishning yosh xususiyatlarini o’rganib chiqish;
Yosh sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini o’rganish
Yosh voleybolchilarda sakrovchanlik sifatini harakatli o’yinlar vositasida shakllantirish uslubiyatini amaliy asoslash.
O’zbekistonda sog’lom avlod tarbiyasida Olimpiya sport turlarining muhim bo’lagi sifatida voleybol o’yinini bolalarga o’rgatishda, ularning sakrovchanlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanishning ilmiy-uslubiy jihatlari ishlab chiqildi va me`yorida tahlil qilindi.
Shuningdek voleybol elementlari bilan boyitilgan harakatli o’yinlar voleybol mashg’ulotlarida, voleybol darslarida sinab ko’rildi, hamda ular vositasida sakrovchanlikni takomillashtirish yo’llari tajribalarda ko’rib chiqildi.
Kurs ishining natijalari quyidagilarda qo’llanilishi mumkin:
Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari jarayonida;
Sinfdan tashqari voleybol mashg’ulotlarini o’tkazishda;
BO’SM larda voleybol mutaxassisligining bolalar va o’smirlarida sakrovchanlikni rivojlantirishda foydalanish mumkin.