2.1 «ASAKA AVTOTRANS» NING TARIXI «ASAKA AVTOTRANS» mas'uliyati cheklangan jamiyatining mazkur Ustavi Uzbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to`g`risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan.
Jamiyatning to’liq firma nomi: Davlat tilida: «ASAKA AVTOTRANS» mas'uliyati cheklangan jamiyati, Rus tilida: Obshyestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu «ASAKA AVTOTRANS» Jamiyatning qisqartirilgan firma nomi: Davlat tilida: «ASAKA AVTOTRANS» MChJ Rus tilida: OOO «ASAKA AVTOTRANS»
Jamiyatning pochta manzili: O`zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati Asaka tumani, Navkan ko’chasi 2-uy
Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
Jamiyatning yuridik maqomiJamiyat O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo`ladi.
Jamiyat o`z faoliyatini mazkur ustav va O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq va ta’sis hujjatlariga asosan amalga oshiradi.
Jamiyat o`z majburiyatlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun o`zlari qo`shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar. Jamiyatning o`z hissasini to`o`la qo`shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo`yicha har bir ishtirokchi hissasining to`lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo`ladilar.
Jamiyat o`zining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda ro`yxatga olingan o`z emblemasiga, tovar belgisiga ega bo`lishga haqli.
Jamiyat o`z egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mulkka ega, o`z nomidan hukuqlar va majburiyatlar olishi, sudda da’vogar kavobgar bo`lishi mumkin.
Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari jamiyat O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga uvofiq vakolatxonalar va filiallar va boshqa alohida bo`linmalar tuzishga akli.
Jamiyatni tashkil etishdan maqsad va faoliyat turlari. Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad ishtirokchilar manfaatlari uchun foyda olish. Jamiyatning asosiy faoliyat turi bulib: Transport vositalari xaydovchilarini tayyorlash maktablari faoliyati xisoblanadi.
1-rasm. «ASAKA AVTOTRANS» ning ichki ko’rinishi
2-rasm. «ASAKA AVTOTRANS» ning o’quv xonasi
3-rasm. «ASAKA AVTOTRANS» ning kompyuter xonasi
4-rasm. «ASAKA AVTOTRANS» ning ko’rgazmali qurollari
Avto maktabning tashkiliy va boshqaruv strukturasi
1-jadval