MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….….2 1 «ASAKA AVTOTRANS» NING TARIXI……………………………………...…..4
2 Avto maktabning tashkiliy va boshqaruv strukturasi……………………………..... 9
3. «ASAKA AVTOTRANS»i dars mashg’ulotlarining o’quv rejasi….10
4. Yo`l sharoitlari va zaruriyatdan kelib chiqib yo`lga chiqishni rejalashtirish……....17
XULOSA……………………………………………………………….……….50 ILOVALAR……………………………………………………………….……51 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………….……………..54 Kirish Aholiga transport xizmati ko'rsatishni tubdan yaxshilash, yo'lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish; yo'l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish, xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, aholi punkti ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash; yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg'i- energiya resurslari bilan ta'minlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida aholini elektr energiyasi bilan ta'minlashni yaxshilash; teatr va tomosha maskanlarini, madaniy- ma'rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazas mustahkamlash. 81% iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; yo'l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
O`zbekistonda yo`l-transport hodisasi qurbonlar bo`yicha baxtsiz hodisalar orasida ikkinchi o`rinda turadi.
Yo`l hodisalarining ko`pi alkogol ichimlik iste’mol qilinishi bilan bog`liq.
Murakkab bo`lmagan normalar va qoidalar bajarilsa, shikastlanishga va o`limga olib keluvchi ancha hodisalarning oldini olish mumkin. Ularga amal qilinsa, o`zimizning va yaqin kishilarimizning hayotini saqlab qolishimiz mumkin.
1. Avtomobil soz holatda bo`lishini (tormozlar, rul sistemasi, shinalarga dam berilganligi, protektorlar holati va hokazolarni) doimiy nazorat qilish.
2. Yo`lda harakatlanish qoidalariga (tezlikni cheklash, to`xtash belgilariga, svetofor signallariga va hokazolarga) rioya qilish.
3. Mashinada xavfsizlik tasmalari bo`lsa, ularni taqib olish, ayni vaqtda shu ishni yo`lovchilar ham bajarishini kuzatish.
Xavfsizlik tasmasi YTHsodir bo`lgan chog`da shikastlanishni ancha yengillashtiradi.
4. Vazni 18 kg dan kam bo`lgan farzandlar ham tasmani ishonchli ravishda taqib olishlari to`g`risida g`amxo`rlik qilish.
5. Alkogol ichimlik ichgach, rulga o`tirmaslik.
6. Piyodalar ko`chani maxsus belgilangan joylardan yoki DAN xodimi ko`rsatmasi bo`yicha kesib o`tishlari lozim.
7. Yo`lka (trotuar) yo`q yo`ldan yurishga to`qri kelsa, yo`l chetidan, qarshidan kelayotgan transportga qarab yurish. Kechqurun bironta yaltiraydigan (ochiq rangli,
yarqiragan) kiyim kiyish.
8. Mashinaga joylangan haamma buyumlarni mahkamlab qo`yish.
Ehtiyot choralari ko`rilishiga qaramay, baribir, yo`llarda baxtsiz hodisalar sodir bo`lib turadi. Agar shunday vaziyatga tushib qolinsa yoki yordam berishga qaror qilingan bo`lsa, quyidagi qoidalarga amal qilish kerak.
1. Hodisa sodir bo`lgan joyga ehtiyotkorlik bilan yaqinlashish.
2. Bironta odamni yaqinlashayotgan avtomobillarni ogohlantirish, sekinlashtirish va aylantirib o`tkazib yuborish uchun jo`natish.
Avariya signalini avtomobildan xavfsiz masofaga o`rnatab qo`ying.
3. O`ziga yoki shu yerdagilardan birontasiga xavf solishi mumkin bo`lgan vaziyatni aniqlash.
4. Hodisa sodir bo`lgan joyda ko`pincha odamlar to`planib olishadi. Shu odamlarning xizmatidan foydalanish, ya’ni: