10-rasm. Qorinoyoqli mollyuskalar ch ig ‘anoqlari. 1 - oddiy shilliq, 2 -
g'altakcha, 3 - kichik shilliq, 4 - o'tloq tiriktug'ari, 5 – bitiniya tanasini chig‘anoq
ichiga tortib oladi. Ayrim mollyuskalar oyog‘ining orqa tomonida chig‘anoq
og'zini yopib oladigan qopqoqchasi ham bo‘ladi. Chig‘anoq odatda yupqa tashqi
organik va uning ostida joylashgan ohak hamda chinni qavatdan iborat. Ayrim
mollyuskalar chig‘anog‘ining ichki yuzasi sadaf qavat bilan qoplangan.
Qorinoyoqli mollyuskalarda chig'anoq turli darajada reduksiyaga uchragan b o
‘lishi mumkin. Masalan, shilliq qurtlar va yalang‘och jabrali mollyuskalar
chig‘anog‘i mantiya ostiga joylashgan yupqa plastinka yoki mayda ohak tanachalar
shaklida saqlanib qolgan. Suvda va quruqlikda hayot kechiradigan
qorinoyoqlilarda chig‘anoq butunlay yo‘qolib ketadi.
Mantiya bo‘shlig‘i chig‘anoqning pastki qismida joylashgan; unga orqa
chiqaruv teshigi, siydik y o ii va ba’zan jinsiy bezlaming yo‘li ochiladi. Suvda
hayot kechiradngan mollyuskalaming mantiya bo‘shlig‘ida jabralar joylashgan,
quruqlikda va ba’zan chuchuk suvda yashovchi mollyuskalaming mantiya
bo‘shlig‘i esa o ‘pkaga aylangan.
Dostları ilə paylaş: