Mundarija kirish Asosiy qism


Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 128,99 Kb.
səhifə2/12
tarix14.01.2023
ölçüsü128,99 Kb.
#79230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning mohiyati va aham

1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning mohiyati va ahamiyati.
Boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda xarajatlarni hisobga olish va ularni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri, moliyaviy hamda ishlab chiqarish hisobi obyekti sifatida xarajatlar belgilangan tartibda hisobga olinadi va ularni tashkil etish hamda yuritish uchun o‘rnatilgan shakllarda ular to‘g‘risida ma’lumotlar turli xil hisobotlar, shuningdek jadvallar ko‘rinishida shakllanadi. Lekin, boshqaruv hisobi – bu nafaqat o‘tgan davr ko‘rsatkichlarini hisobga olish va ularni tahlil qilishni, balki xo‘jalik yurituvchi subyektning istiqboldagi ko‘rsatkichlarini ham ko‘ra bilishni, ularni oldindan boshqara olishni, tegishli vaqtlarda talab qilinadigan bo‘lsa, ularning ayrim moddalariga o‘zgartirishlar kiritib borishni ham talab qiladi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari, nafaqat rahbar, balkim shu xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan u yoki bu darajada bog‘langan xodim, ishchi, xizmatchi albatta uning moliyaviy holati, istiqboldagi rejalari bilan qiziqadi va umuman kelajakda bu xo‘jalik yurituvchi subyektni nimalar kutayapti degan savollar ustida doimo bosh qotiradi. Boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish ana shu kabi savollarga aniq va istalgan paytda javob berishga xizmat qilishi lozim.
Kalkulyatsiya(lot. calculatio, calculo - hisoblayman, hisob-kitob - mahsulot birligi yoki bajarilgan ish tannarxini hisoblab chiqarish hisoblanadi.Tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash jarayoniga buxgalteriya hisobida kalkulyatsiyalash deyiladi. Korxonada aniq bir turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish va sotish bo’yicha, shuningdek, xalq xo’jaligining sanoat, transport va boshqa tarmoqlarida ish birligini (tashish, ta’mirlash va boshqalar) bajarish uchun qilingan xarajatlarni pul shaklida ifoda etadi.
Kalkulyatsiya quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Reja kalkulyatsiyasi (ilg’or ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning ilg’or usullarida sarflar me’yorlari asosida tuziladi). Bunday kalkulyatsiya navbatdagi davr uchun (yil, corak) ayrim mahsulotlarning o’rtacha tannarxinibelgilashda qo’llaniladi, ulgurji narxni belgilashga asos bo’ladi;

  • Hisobot kalkulyatsiya (xaqiqatda sarflangan xarajatlarni asoslovchi ma’lumotlar asosida hisoblanadi, reja vazifalari bajarilishini nazorat qilish uchun tuziladi, amaldagi xarajatlar darajasini ko’rsatadi);

  • Loyiha kalkulyatsiya (boshqa ko’rsatkichlar bilan bir qatorda kapital qo’yilmalar va yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qo’llaniladi).

Xo’jalik yurituvchi subyektlarda tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash, ya’ni to’g’ri kalkulyatsiya qilish katta ahamiyat kasb etadi.
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlarida joriy tartibda guruhlanadi.Kalkulyatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlarni bir tizimga keltirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi to’g’risida ma’lumot shakllantirishdan iborat.Nisbatan tor ma’nodahar xil xarajatlarni yagona pul o’lchovida umumlashtirish va ularni mahsulot (ish, xizmat)lar turlari bo’yicha guruhlash usulidir.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va xarajatlarni hisobga olish boshqaruv hisobining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi, chunki, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi quyidagilar bo`yicha boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi uchun asos bo`ladi:

  • qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, qaysilarini esa to`xtatish bo`yicha;

  • zarur yordamchi mahsulotlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligi to`g`risida;

  • ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga baho belgilash borasida;

  • ishlab chiqarishni yangi texnika bilan qurollantirish bo`yicha;

  • ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni rivojlantirish bo`yicha berilgan tavsiyalarni asoslashda.

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi;

  • xarajatlarni hisobi obyektini, kalkulyatsiya obyektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Kalkulyatsiya obyekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi obyekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi;

  • bilvosita xarajatlarni taqsimlash usulini tanlash. Har bir korxona ushbu tanlovni mustaqil ravishda amalga oshiradi va uni majburiy ravishda hisob siyosatida qayd etadi;

  • korxona xarajatlarini davrlar bo'yicha taqsimlash. Buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar ularni tugatish vaqtida aks ettirilishi kerak. Pul oqimlari bilan bog'lash muhim emas;

  • ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash usullarini mustaqil tanlash.

Tovar-moddiy zaxiralar (mahsulot (ishlar, xizmatlar)) tannarxini aniqlash usullari ularning turi, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tovar-moddiy zaxiralar nomenklaturasiga bog’liqdir. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo’lib:
- oddiy;
- me’yoriy;
- buyurtma;
- bosqichli usullar hisoblanadi.
Tannarxni aniqlashning oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaradigan va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega bo’lmagan tashkilotlarda qo’llaniladi. Ushbu usul qo’llanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqariladi.
Tannarxni aniqlashning me’yoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari bo’yicha xarajatlarni hisobga olishga asoslangan. Me’yornomalar vaqti-vaqti bilan tahlil qilib turiladi va zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan ko’rib chiqiladi. Tannarxni aniqlashning buyurtma usuli ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot (ish, xizmat) (bir xildagi mahsulotlar guruhi)ga doir alohida buyurtmalar bo’yicha identifikatsiyalanadigan va hisobga olinadigan yakka tartibdagi va mayda turkumli ishlab chiqarishga ega bo’lgan tashkilotlarda qo’llanadi.
Buyurtmaning obyekti bo’lib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash, montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruktsiyalarga ega bo’lgan alohida agregatlari, uzellariga berilishi mumkin. Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtmaning yakunlanishiga qadar to’laligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi.
Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar ko’rsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi.
Buyurtma bo’yicha xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Agar ushbu buyurtma bir xildagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) turkumidan iborat bo’lsa, mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi mazkur buyurtma bo’yicha xarajatlar summasini mahsulot birliklari miqdoriga bo’lish orqali aniqlanadi.
Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlang’ich xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, pog’onalardan o’tadigan tashkilotlarda qo’llanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi, so’ngra uning birligi tannarxi aniqlanadi.
Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga bog’liq holda ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda.
Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich bo’yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi hamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi va mazkur bosqich bo’yicha xarajatlardan iborat bo’ladi. Oxirgi bosqich mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hamdir.
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxigina hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning tannarxini hisobga olmasdan, har bir bosqich bo’yicha alohida hisobga olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar bo’yicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.
Bir texnologik jarayonda bitta xom ashyo va materiallardan turli xildagi, ulardan har biri o’zining sotish narxiga ega bo’lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bir vaqtning o’zida ishlab chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.
Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar), sotish qiymati asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga qaraganda juda past bo’lgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qo’shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.
Qo’shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning farqi shundan iboratki, ularni taqsimlash nuqtasiga yetgunga qadar turli xildagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiyalash mumkin emas.

Yüklə 128,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin