Mundarija kirish Asosiy qism


Boshqaruv hisobida tannarxni asosiy bo’lgan quyidagi obyektlar bo’yicha taqsimlash lozim



Yüklə 128,99 Kb.
səhifə5/12
tarix14.01.2023
ölçüsü128,99 Kb.
#79230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning mohiyati va aham

Boshqaruv hisobida tannarxni asosiy bo’lgan quyidagi obyektlar bo’yicha taqsimlash lozim:



Alohida bo’g’inlar (bo’limlar bo’yicha)



Alohida mahsulot turlari bo’yicha



Xarajatlarni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi



Xarajatlarni ana shu xarajatlar vujudga kelgan markazlar bo’yicha yig’ish



Xarajatlarni iloji boricha aniq, aynan mahsulot birligida to’g’ri kelgunicha aniqlash



Ana shunday mahsulot birligining tannarxini (MBT) quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:



MBT = Ishlab chiqarish tannarxi/Tayyor mahsulotlar soni
(MBT)=Ishlab chiqarish tannarxi/Tayyor mahsulotlar soni
Mahsulotlar tannarxini hisoblashda vujudga keladigan barcha muammolarni tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali va jarayonli usullarini qo’llab yechish mumkin.

3. Jarayonli kalkulyatsiya usulida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tartibi.
Mahsulot tannarxini aniqlashning jarayonli usulidan mahsulot ishlab chiqarishda xomashyoning bir necha jarayondan o‘tganidan so‘ng tayyor mahsulot holiga keladigan ishlab chiqarishlarda foydalaniladi.Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning jarayonli usulini doimiy ravishda ko‘p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘llashlari mumkin. Bu holatda buyurtmali usulda bo‘lgani kabi butun buyurtma davri uchun emas, balki ma’lum muddat davomida (chorakda, yarim yilda va sh.k.) ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olishni yuritish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxi ma’lum bir vaqt mobaynida aniq bo‘linma tomonidan qilingan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasini aynan shu vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot soniga bo‘lish orqali topiladi.
Bu usulda ishlab chiqarish xarajatlari buyurtmani bajarish uchun ketgan vaqt emas, balki alohida bo‘linmalar miqyosida hisobot davri oralig‘iga hisoblanadi. Buning uchun har bir bo‘linma uchun alohida “asosiy ishlab chiqarish” schyoti ochiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini jarayonli usul orqali hisobga olishda, doimiy ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish hisobot davrining boshi va oxiri uchun shartli tugallangan mahsulot ko‘rinishini oladi.
Shartli mahsulot birligi yoki shartli ishlab chiqarish hajmi tushunchasi ma’lum muddat davomida tayyorlangan mahsulot sonini o‘lchash uchun ishlatiladi. U to‘liq tugallanmagan mahsulotlarni shartli tayyor mahsulot sifatida hisobga olishga imkon beradi. Bu ko‘rsatkich quyidagiga teng bo‘ladi, ya’ni:

  1. hisobot davri mobaynida ishlab chiqarila boshlangan hamda to‘liq tugallangan ko‘rinish olgan mahsulotlarning umumiy soni;

  2. ana shu hisobot davri boshi va oxiriga mavjud bo‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni ifoda etadi.

Mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulida to‘g‘ri moddiy xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish xarajatiga ishlab chiqarish jarayoni boshlanishi bilan kiritilishini nazarda tutadi. Qayta ishlash xarajatlari yoki qo‘shilgan xarajatlar nomini olgan to‘g‘ri mehnat xarajatlari va umumishlab chiqarish xarajatlari esa ishlab chiqarish sikli davomida teng miqdorda taqsimlanadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilib boriladi. Shuning uchun materiallar bo‘yicha shartli mahsulot birligi soni qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha shartli mahsulot birligidan farq qiladi.
3-chizma


Yüklə 128,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin