Mundarija kirish Asosiy qism


gap, ibora va suz ma'nolarini anglatadi va bu tushuncha bir necha



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
yulduz diplom ishi

gap, ibora va suz ma'nolarini anglatadi va bu tushuncha bir necha 
mustakil janrlarni ifodalaydi», deb yozadi (Ta'kid bizniki – U. J.). 
B. Sarimsoqovning fikricha, paremiya adabiy turi vokelikni kuzatish orqali 
tajriba to‗plash, unga fikriy munosabatni badiiy ifodalash usuliga ko‗ra mustaqil 
adabiy tur bula oladi xamda maqol, matal, topishmoq kabi mustaqil janrlarni 
o‗zida mujassam etadi. Qolaversa, yumik iboralar, aforizmlar, maksimlar, 
obrazli ifodalar, qanotli so‗z, kanotli ifodalar, aniq ifodalar, mantiqli va g‗ayri 
mantiqiy iboralar janrlar poetikasi nuqtai nazaridan tekshirilganda kutilgan 
natijani berishi mumkin. Shuningdek, mazkur yangi adabiy tur ham «MIMESIS 
ORQALI YARATILMAYDI». Mana sizga mimesis qoliplariga tushmaydigan 
yana bir estetik xodisa, aniqrog'i to'rtinchi adabiy tur. B. Sarimsokov fikrlarining 
muximligi Sharq poetik tafakkuri va paremik tur masalasiga alohida urg‗u 
berilganida namoyon buladi. Bunday karash yangi davr o‗zbek 
adabiyotshunosligining salmoqli yutug‗i sifatida baxolashga loyiq. Afsuski, 
15
У. Жўрақулов Ҳудудсиз жилва Тошкент 2016 


48 
milliy estetikamizda ko‗ringan bunday yangilik e'tibordan chetda qolib kelyapti. 
Mohiyatan, Sharq poetik tafakkuri faqat uziga xos mundarija va mazmun tizimi 
bilan /arab estetikasidan farq qiladi. Unga G‗arb poetika ilmini tug‗ridan-tug‗ri 
tatbiq etish an'anasi o‗zini xukmronlik vazifasini o‗tab bo‗ldi. Har holda, 
bugungi o‗zbek adabiyotshunoslari buni to‘g‗ri anglashlari lozim ko‗rinadi.
16
Endi asar va uning muallifi haqida bir og‗iz mulohaza. Ma'lumki, roman 
1930-1934 yillarda yozilgan. Bu yillar bizning mamlakatimizda turli 
dunyoqarashlar, g‗oyalar, intilishlar o‗rtasidagi kurash avjiga chiqqan; yangi 
hayotni qanday shakllantirish to‗g‗risidagi jadizm g‗oyalari hali maydondan 
butunlay chiqmagan bir davr edi.
Jumladan, yozuvchilar ham turli xil dunyoqarash vakillari edilar. Fitrat, 
Qodiriy, Cho‗lpon, So‗fizoda, Avloniy kabi yozuvchilar to bu yillarga qadar 
qaysidir momentlarda sho‗ro tuzumida o‗z progressiv orzularining ro‗yobini 
ko‗rib uni maqulladilar; qaysidir momentlarda sho‗roviylikning asl mohiyatini 
anglab, uni to‗la qabul qila olmadilar. Adabiyot maydoniga asosan Oktyabr 
to‗ntarishidan keyin kirib kelgan G‗.G‗ulom A.Qahhor, Oybek, Mirtemirlar 
avlodi esa, tashqaridan qaraganda, sho‗ro tuzumini hech bir og‗ishlarsiz qabul 
qildilar. Ammo bu, bizningcha, tashqaridan qaragandagina shunday.
O‗sha yillarda butun jamiyatni, uning oddiy a'zosidan tortib yuksak fikrli 
ziyolilarigacha qamrab olgan ikkilanish, shubha, ishonchsizlik keyingi 
ijodkorlar ko‗nglidan kechmagan deb o‗ylash unchalik to‗g‗ri bo‗lmaydi.
Hatto hayotning eng oddiy masalalarida ham oldingda ikki yo‗l turgan 
bo‗lsa, ulardan har birini tanlashga qiynalasan. Butun jamiyatni qamrab olgan 
kurash Said Ahmadning ichki dunyosida ham kechgan bo‗lishi tabiiy. Fikrli bir 
inson, yosh yigit sifatida (romanni yoza boshlaganda 23 yoshda bo‗lgan) uning 
ichki olami bunday kurashdan mutlaqo uzoq bo‗lishi mumkin emas edi. 
Shunga ko‗ra, garchand Said Ahmad "Sarob" hikoyasining yaratilishi va 
g‗oyaviy yo‗nalishini "30-yillarning oxirida hayot meni bir guruh 
millatchilarga ro‗para qildi, ular mening muvozanatimni buzishdi" deya aniq 
16
У. Жўрақулов Ҳудудсиз жилва Тошкент 2016 


49 
ko‗rsatgan bo‗lsa ham, romanning tug‗ilishi boshqa ruhiy jarayonlar bilan ham 
bog‗liq. 
―Sarob‖ hikoyasida bosh mavzu farzandning ortiqcha hoy-u havaslarga 
berilib o‗z otasiga xiyonat qilganligi asar bosh mavzusi qilib olingan. Said 
Ahmad bevosita o‗zi guvoh bo‗lgan voqeani hikoya qiladi. Unda ilgari surilgan 
g‗oya ―ota niyyati‖. Bejizga dono xalqimiz ―ota duosi o‗q u mana shu dunyoda 
nishonga borib tegadi‖ deb aytmagan. Hikoyaning bosh qahramoni Kimsanboy 
ham otasini sotgani evaziga qahramon bo‗ladi. Lekin biz bu vaziyatda uni 
qoralay olmaymiz. Sababi u hali bola. Bolalarga xos qiziqqonlik sabab xatoga 
yo‗l qo‗yadi. Uning otasi esa yolg‗iz farzandi tarbiyasiga e‘tiborliroq bo‗lganda 
nazarimizda bu kabi noxush hodisa sodir bo‗lmas edi. Hikoyani har kim 
o‗zicha tahlil qilishi mumkin. Bizning tahlilimiz esa boshqalarnikidan farq 
qiladi deb o‗ylayman. 
Bizningcha, yozuvchi "Sarob"ni yozish bilan o‗zi tanlagan yo‗lning 
to‗g‗ri ekanligiga; teskarisida xatar, dahshat, fojia va falokat borligiga 
dastavval o‗zini ishontirishi kerak edi. "Sarob" ana shu istakning 
voqelanishidir. Tom ma'nodagi psixologik asar bo‗lgan "Sarob"ning 
psixoanalitik talqinlari shulardangina iborat emas. Bu asar hali necha-necha 
qiziqarli tadqiqotlarning ob‘ekti bo‗lishiga shubha yo‗q.
Adib qalamiga mansub ―Borsa kelmas darvozasi‖ hikoyasi ham bevosita 
qamoqda sodir bo‗lgan voqealarni o‗z ichiga oladi. Jez konidagi ishlar, 
baraklardan birida sodir bo‗lgan yong‗in, umuman olganda adibning besh yillik 
qamoq hayotining bir parchasi hikoyaga olib kiriladi. Bu bilan muallif inson 
har qanday holatda ham oldiga qo‗ygan maqsad yo‗lida kichik va katta 
qiyinchiliklardan qo‗rqmasligi, ularni yengib o‗ta olishiga avvalo o‗zini 
ishontirishi kerakligini ―silliqqina‖ qilib ta‘kidlaydi. Xattoki Said Ahmadning 
o‗zi ham bu qamoqdan chiqib ketishiga ishonmay qo‗yadi. Hunar egasi 
bo‗lishning foydasi xususida ota-bobolarimiz ko‗p bora aytib o‗tishadi. 
Darhaqiqat, buning to‗g‗riligini Said Ahmad ham hikoya zamiriga singdirib 
yuboradi. Qo‗ligan surat chizish kelgan adib qamoqxonada asirlar kiyimini 


50 
raqamlaydi. O‗zi bu ishni jez konida ishlashdan ko‗ra onsonroq deya aytib 
o‗tsada, hikoyadan anglashilgan ma‘no qamoq hayoti hech qachon havas 
qilgulik emasligini kitobxonga turli vositalar yordamida yetkazadi. Lagerda bir 
musulmoning vafoti adib tomonidan mahorat bilan yoritilgan desak xato 
bo‗lmaydi. 
Adabiyotshunos Abdug‗afur Rasulov roviy obrazi haqidagi kuzatishlarini 
quyidagicha ifodalaydi: ―Roviy – yozuvchining ishonchli vakili. Roviy – 
adibning badiiy asarlaridagi ko‗rar ko‗zi, eshitar qulog‗i, so‗zlaydigan tili, 
ushlaydigan qo‗li. Roviy – rakurs nuqtasi, baholovchi markaz. Roviy – asardagi 
ruh ifodachisi, ayni vaqtda roviy yozuvchining o‗zi emas. Roviy – yozuvchi 
inon-ixtiyorini bajaruvchi, san'atkorlik uquvini ifoda etuvchi vosita. Nihoyat, 
roviy – so‗zshunos, har bir so‗z holati, imkoniyati, evrilishi, tovlanishlarini o‗ta 
nozik his qiladi‖
17
.
Ko‗ringanidek, roviy obrazining vazifasi kitobxonni badiiy haqiqat 
dunyosiga silliqqina olib kirishdir. Roviy muallifning aynan o‗zi bo‗lmasa-da, 
unda yozuvchining hikoya qilish uslubi namoyon bo‗ladi, ma'naviyati, ruhiyati 
aks etadi.
Ko‗rinadiki, ushbu hikoyada Said Ahmad tilidan voqealar bayon etiladi. 
Demak roviy adibning o‗zi. u o‗zicha emas, o‗zi ko‗rganlarini sodda, ravon, 
tushunarli qilib tasvirlaydi 
Dunyoda vatandan ulug‗roq makon va vatansevarlikdan muqaddas 
tuyg‗u yo‗q: «Hubbil Vatan min-al iyman». Unga bo‗lgan tuyg‗uning 
qanchalar yuksakligini bildirish uchun ijodkorlar «Vatan» deya bosh harflarda 
yozishadi.
―Oftob oyim‖ hikoyasi ham ham vatanparvarlik ruhida yozilganligi bilan 
alohida ahamiyatga ega desak xato bo‗lmaydi. Said Ahmad hikoayda qamoqda 
yaponlarning o‗zaro oqibati bilan bir qatorda vatanparvarligi haqida ham 
hikoya qiladi. Ushbu hikoya nima sababdan Oftob oyim deya nomlangan 
17
Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик: Илмий-адабий мақолалар, талқинлар, этюдлар. – Т.: Шарқ, 
2007. – Б. 310.
74
Ғафуров И. Бадиий воқеликнинг ўзига монанд тил // Ўттиз йил изҳори. – Т.: Адабиѐт 
ва санъат нашриѐти, 1987. – Б. 278.


51 
degan haqli savol barchamizda tug‗ilishi tabiiy. Unda yaponiyaning go‗zal 
xonimi, Parij modalar uyini zabt etgan mashhur geyshaning farzandi haqida 
ham fikr yuritiladi. U vatani uchun jonini fido qilmaganligi sababli hamma 
undan yuz o‗giradi. Ammo bizning fikrimizcha ―kamikadze‖ning bu ishi u 
qadar fojea emas. Balki bunga musulmon bo‗lganimiz nuqtai-nazaridan 
qarayotgandurmiz. O‗z joniga qasd qilish bu vatanparvarlik emas. Ustiga ustak 
bu o‗zi bilan bir qatorda begunoh odamlarni ham o‗ldirish hisobiga amalga 
oshsa. Shu sababli ham biz hikoyani tahlil qilishda mutlaqo boshqa yo‗ldan 
borishga harakat qildik. O‗ylaymizki bu tahlilimiz hech kimni ranjitmaydi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin