54
ta‘kidlash lozim bo‗ladiki, badiiylik saviyasi borasida Said Ahmadning
hikoyalarilari alohida ilmiy ish bo‗lishga loyiq. Chunki har bir so‗z musavvirona
ziynatlangan. Shu bilan birga muallif shaxsi alohida obyekt bo‗lib yuzaga
chiqadi. Chunki unda inson va hayot tushunchalari parallel keladi. Muallifning
hayotni qanday anglashi, uning uchun hayot nimani beradi-yu, u hayotdan
nimani kutadi – bilarning barchasiga javob izlanadi. Said Ahmadning hayot
borasidagi qarashlari o‗tmish faylasuflari va adiblari bilan qiyoslanadi. Ulardagi
o‗xshashlik va farqli jihatlarning sabablari va omillari keltiriladi.
Biz Said Ahmad ijodini mana shu ko‗lamda o‗rganib chiqishga harakat
qilamiz. Albatta, kamchiliklar va nuqsonlar bo‗lishi ehtimoldan xoli emas.
Qolaversa, bir narsani alohida ta‘kidlash kerakki, Said Ahmad ijodining tadqiqi
to‗xtab qolishi kerak emas. Uni har tomonlama, xususan adib alohida tekshirib
ko‗rish, ilmiy xulosalarni berish lozim bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: