Mundarija: kirish asosiy qism



Yüklə 229,76 Kb.
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü229,76 Kb.
#42398
1   2   3   4   5   6   7   8
aholi daromadlarinign.docx555555

Bilvosita ishbay tizimida ishchining ish haqi uning shaxsiy ish unumiga emas, balki ko’proq boshqa ishchilarning mehnat natijalariga bog’liq.

To’g’ri ishbay tizimida ishchining ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko’rsatgan xizmati uchun doimiy ishbay baholash bo’yicha ish haqi to’lanadi.

Ish haqining egri ishbay tizimida ishchining maoshi bevosita u xizmat qilayotgan ishchilarning ishlab chiqargan maxsulotiga yoki ko’rsatgan xizmatiga bog’liq bo’ladi.

Mazkur tizim asosiy ishchilarning ish unumdorligini oshirish va mumkin qadar ishni tezlatish uchun yordam tariqasida ular bilan bir qatorda band bo’lgan yordamchi ishchilarga mehnat haqi to’lash uchun ishlatiladi.



Ish haqining ishbay-progressiv tizimida bajarilgan ish uchun belgilangan boshlang’ich me’yorga asosan, qo’shimcha chiqarilgan mahsulot uchun esa belgilangan me’yor (norma)dan yuqoriroq bo’lgan baho bilan haq to’lanadi.

Mehnatga haq to’lashning akkord-ishbay tizimida ish haqining miqdori (akkord bahosi) ishning umumiy hajmi uchun belgilanadi.

Mehnat haqining ishbay-mukofot tizimida alohida shaxs yoki guruhga bajarilgan ish uchun beriladigan maoshga qo’shimcha haq (ya’ni mukofot) ko’zda tutiladi. Mukofot erishilgan yutuqlarning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari bilan belgilanadi.

Endi vaqtbay ish haqi tizimlari xususida to’xtalib o’tamiz.



Mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay tizimi ishchiga berilgan daraja va ishlagan vaqti miqdoriga yarasha tarif stavkasi bilan belgilanadi.

Mehnataa haq to’lashning vaqtbay-mukofotli tizimi vaqtbay ishlovchi ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashdan moddiy manfaatdorligini oshirishga qaratilgan tizimdir. Mukofotlash ko’rsatkichlari muayyan ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari (masalan, uskunalarning bekor turishini qisqartirish, xomashyo, materiallarni tejash va hokazolar)ga qarab turlicha bo’lishi mumkin.

Me’yorlashgan topshiriq bilan vaqtbay-mukofotli mehnatga haq to’lash tizimi ham hozirgi kunda keng tarqalib borayotgan tizim bo’lib, uni qisqa qilib mehnatga haq to’lashning vaqtbay-ishbay aralash shakli, deb yuritish mumkin.

Mehnatga haq to’lashning yuqorida keltirilgan shakllari va tizimlarining iqtisodiyot tarmoqlarida qo’llanish ko’lamlari turlicha. Biroq shuni aytib o’tish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan mehnatga haq to’lash shakllari o’rtasidagi nisbat vaqtbay ish haqi foydasiga o’zgarib boradi. Chunki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi raqobat axborot va kompyuter texnologiyalarini joriy qilish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va xizmat sohalarini keskin rivojlantirishga olib keladi. Natijada vaqtbay ish haqining qo’llanish sohalari kengayib boraveradi.




Yüklə 229,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin