Mundarija Kirish Buyurtmali kalkulyatsiya qilish usuli mohiyati


Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning usullari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#177954
1   2   3   4   5   6   7
Buyurtmalar boyicha kalkulyatsiyalashga asosiy yondashuv 2

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning usullari

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
-Xo‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar.
-Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq boMgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu jumladan: ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar.

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:


  • ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi. Ushbu tamoyilni o'z faoliyatida amalga oshirish uchun har bir hisobchi buxgalteriya sohasidagi amaldagi me'yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak. Bunday hujjatlarga korxonalarning barcha o'ziga xos sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash bo'yicha tipik ko'rsatmalar va tavsiyalar kiradi;

  • xarajatlarni hisobi ob'ektini, kalkulyatsiya ob'ektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Ko’p hollarda kalkuyatsiya ob'ekti va xarajatlar hisobi ob'ekti bir-biriga mos kelmaydi. Kalkulyatsiya ob'ekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi ob'ekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi;

Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti va usullari (davomi)


  • bilvosita xarajatlarni taqsimlash usulini tanlash. Har bir korxona ushbu tanlovni mustaqil ravishda amalga oshiradi va uni majburiy ravishda hisob siyosatida qayd etadi;

  • korxona xarajatlarini davrlar bo'yicha taqsimlash. Buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar ularni tugatish vaqtida aks ettirilishi kerak. Pul oqimlari bilan bog'lash muhim emas;

  • Kapital qo'yilmalar va joriy xarajatlar hisobini alohida yuritilishi. Ushbu tamoyil "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida " nizom bilan asoslanadi;

  • Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash usullarini mustaqil tanlash.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin