DARS TURLARI VA ULARNING TUZILISHI,VA ULARGA QOʻYILADIGAN OʻQUV VOSITALARI VA VAZIFALARI
Mundarija:
Kirish.
1.Darsda yangi bilimni bayon qilish
I BOB.Dars va unga qo`yiladigan talabalar
1.1.Dars va unga qo`yiladigan talabalar
1.2. Ta’lim tizimida dars va uy vazifasi Dars, uning turlari va tuzilishi mavzusini o’rganish bo’yicha quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilandi .
Xulosa
KIRISH.
Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilishdagi qarashlari. Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg’onish davri madaniyatining ta’siri ostida vujudga kelish faoliyatini o’rganish.
Hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars tizimi. O’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini chuqur egallashlari, uning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy - axloqiy sifatlarini tarbiyalashdagi vazifalarini o’rganish.
Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars xususiyatlarini o’rganish.
Zamonaviy didaktik talablar asosida tashkil qilingan, Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi mavzusi bo’yicha darsning texnologik xaritasini ishlab chiqish.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk Chex pedagogi Ya.
A. Komenskiy ( 1592 - 1670 ) tarixda birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf - dars tizimini yaratgan. Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda ham tez tarqaldi. Ta’limni tashkil qilishning birdan - bir shakli deb e’tirof etilgan [10-14]. Sinf - dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq bo’lmadi. Ularda oktabr to’ntarilishiga qadar o’rta asr maktablariga
xos ta’lim tizimi davom etib keldi. Bir o’qish xonasida 6 yoshdan 15- 16 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi bilan bir vaqtda mashg’ulot olib borilar edi. Shuningdek, bir o’qish xonasidagi ( 20 – 30 ) o’quvchilarning bilim darajasi ham turlicha bo’lar edi. Dars, uning turlari va tuzilishining mazmuni Hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf- dars tizimi. Hozirgi kunda respublikamizda ta’limning oldiga qo’yilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maktab ta’limini tashkil etishning, dars turlarining yangidan - yangi shakllari yaratilmoqda. Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar gurihi bilan olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi. Dars - o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir . Dars - o’quv ishlarining markaziy qismidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib borilmoqda:
Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval orqali olib boriladi.
Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi.
Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma - xil usullar orqali olib boriladi. Ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib tashkil etiladi.
Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materiallarini tizimli bayon qilib berishni, xilma - xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim va ko’nikma, malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi3. O’qituvchi dars materiallarini bayon qilish jarayonida o’quvchilarga muammoli vaziyat tug’diradigan savollar bersa va javob qidirsa, fikrlash va izlanishlar yo’li bilan mavzu materiallari puxta o’zlashtirilib oladigan bo’ladilar . Bunday holatda umumsinf jamoasi va har qaysi o’quvchining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan bo’lishi kerak. Hozirgi kunda darsda uzoqdan - uzoq vaqt sarflab o’quvchilarning bilimini aniqlash va baholash, bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashda o’quvchilar ishtirokini cheklab qo’yish habi holatlarga barham berildi. Bilimlarni bayon qilish jarayonida o’quvchilar faolligi (og’zaki yoki yozma mashqlar, labaratoriya - tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog’i kerak bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarning oldindan o’zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga xizmat qiladi va to’g’ri baholash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birgalikda, o’quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr yuritishlari, qunt, irodani mustahkamlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, tegishli ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati doim diqqat markazida bo’lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda tutilishi kerak. Dars jarayonida o’tilayotgan o’quv materiallarining boshqa fanlarga aloqador mavzulari bilan bog’liqligini ko’rsatish ham eng muhim ahamiyatga egadir . Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy darsning o’ziga xos xususiyatlari. Dars - yuqorida aytib o’tilgandek, o’qitishni tashkil etishning o’zgarmas shakli emas. O’quv amaliyotida va pedagogik tafakkur doimo darsni takomillashtirish yo’llarini izlaydi4. Turli - tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi kerak bo’ladi:1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo’lishi kerak.
2.Har bir dars mustahkam g’oyaviy - siyosiy yo’nalishlarga ega bo’lishi kerak.
Har bir dars hayot bilan, amaliyot bilan bog’langan bo’lishi kerak.
Har bir dars xilma - xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilishi kerak.
5. Darsga
|
ajratilgan
|
har
|
bir
|
soat
|
va
|
daqiqalarni
|
tejash, undan
|
foydalanish
|
kerak.
|
|
|
|
|
|
|
unumli
Darsda o’quv materiallarining mazmuniga oid ko’rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish kerak bo’ladi.
Dars mashg’ulotini butun sinf bilan umumiy olib borish bilan har qaysi o’quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.
9.Har bir darsda mavzuning harakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojat qilish va undan unumli foydalanish kerak. Shu bilan birgalikda ko’plab imkoniyatlarni va yangiliklarni qidirib topish kerak bo’ladi. Shundagina darslarimiz qiziqarli va tushunarli bo’lishiga imkon yaratgan bo’lamiz. Darsning turlari va mazmuni5
Bir soatlik darsga mo’ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg’ulot turi dars turi deb yuritiladi.
Ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilardan iborat:
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
O’tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.
Takroriy - umumlashtiruvchi va kirish darslari.
O’quvchilarning bilim va malaka, ko’nikmalarini tekshirish va baholash darsi.
Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birgalikda qo’llanilishi tushinilad)6.
Har bir dars turining ma’lum tuzilishi va xususiyatlari bor. Bu narsalar esa, o’qituvchining o’quv materialini to’g’ri va samarali tushintirishga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning
o’zlashtirilishini nazorat qilib borishga yordam beradi. Ma’lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir dars turining elementlari bo’lishi mumkin. Masalan, o’quv yurtlarimizda eng ko’p qo’llaniladigan dars turlaridan biri - yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.Yangi bilimlarni bayon qilish. 2.Yangi bilimlarni mustahkamlash. 3.Yangi bilimlar ustida mashq qilish.
4.Yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalarini topshirish.
Demak, dars bishidan oxirigacha bir dars turi bilan olib borilmaydi . Balki, shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (ikkinchi bir dars turi elementi - savol javob o’tkazish), yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish (uchinchi bir dars turi element - masala va misollar yechtirish, Grammatik tahlil, grafik ishlar olib borish), uyga vazifa kabi ko’plab turlarini qo’llash mumkin.
5Yo’ldashev Z. Usmonov A. “Pedagogik texnologiya asoslari“ Toshkent. O’qituvchi - 2004.
6Zaripov K. “Yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bosqichlari “Xalq ta’limi - 1997. 4- son.
Shunga qaramay, darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga yangidan - yangi bilimlarni berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar shu o’tiladigan mavzuga moslashtiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb yuritiladi. Ma’lum bir dars turi bilan ish olib borilayotganda, boshqa bir dars elementlari asosiy dars turidan o’rin olishi va ayni paytda asosiy dars turning tuzilishini, uning qismlarini anglatadi . Biroq, dars turlari tuzilishidagi har qanday qism didsktik usul dars tuzilishi bo’lavermaydi. U o’qitish usuli bilan bog’langandagina dars tuzilishini tashkil qila oladi. Ya’ni dars tuzilishining o’zgarishi bilanoq dars olib boorish usuli ham o’zgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi bosqichi boshlanadi. Dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o’tishi va shu orqali darsning shakli hamda usullarining o’zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Masalan, Aralash dars turning tuzilishi quydagicha:
1.Uy vazifalarini so’rash, tekshirib ko’rish. 2.Yangi materiallarni bayon qilish.
Yangi materiallarni mustahkamlash.
Uy vazifalarni topshirishni o’z ichiga oladi.
Dars - maktab ta’limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy o’quvchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda uyishtiriladigan va aniq maqsadga yo’naltirilgan didaktik tadbir hisoblanadi. Dars - insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni o’quvchilarga juda ham qisqa vaqtda
o’rgatishning eng
|
samarali
|
usullaridan
|
biri hisoblanadi. Ta’limning dars
|
shakli Turkistonda
|
uzoq
|
zamonlardan
|
buyon qo’llanilib kelingan .
|
Darsni tashkil etish va uning samaradorligini ta’minlashda o’qituvchining o’rni juda ham beqiyos bo’lgan7. Chunki, o’quvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt o’qiganligiga emas, balki o’tilgan darslarni qanchalik o’zlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida ta’limning dars shakli bo’lganligi bilan mashg’ulotlarni sinf - dars tizimi tarzida tashkil etish tajribasi bo’lmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning o’rinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari ta’limiy chegaralar har bir o’qituvchining o’zi tomonidan belgilangan. Qadimda ta’lim muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari mavjud bo’lgan. Dars ta’limining jamoa bo’lib amalga oshirilish tarzini ko’rishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda, dars maktab yoshidagi bolalarni umumiy o’qitishni osonlashtiradi.
Ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qo’shadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga ko’maklashadi. Darsda o’quv mashg’ulotlarining individual, guruh bo’lib va umumiy sinf shakllari birlashadi. Har qanday jamiyatda dars davlat tomonidan ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari ta’lim jarayoning qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalarni uyg’unlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek, o’quvchilarni dars davomida komil inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalaridan biridir. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars o’quv muassasasining mulkiy mansubligidan qa’ti nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo’ysundirilganligi, o’quvchilarni komil shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilganligi, ilmiyligi hamda izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi, insonparvarlik ruhida ekanligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga ega ekanligi va boshqalarni misol keltirishimiz mumkun.
Zamonaviy ta’lim tajribasida bir dars uchun albatta belgilangan standart vaqt mavjud. Bu belgilangan vaqt esa, ta’lim muassasalarining tabiati, ta’limning bosqichlari va o’quvchining imkoniyatidan kelib chiqib 45, 40, 35, 30 minutni tashkil etadi.
Ta’lim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari o’ta muhim sanaladi. Zamonaviy ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar o’quv muassasalarining nizomlarida aks ettirilgan8. Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni o’quvchi xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qo’llash kabi qismlardan iborat bo’lishi shart deb hisoblab kelingan. O’quv jarayonlarida darsni tashkil etishning oldindan belgilab qo’yilmagan va barcha uchun majburiy bo’lmagan turli xil yo’llarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi . Dars davomida olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash doim mavzuni mustahkamlashning asosi bo’lib kelgan. Bir necha darsni yangi mavzuning bayoniga bag’ishlash, ayrimlarini esa labaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Eng muhimi, o’tilayotgan mavzu o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilib, ularda ko’nikma paydo bo’lishi va bu ko’nikmalarni amaliyotda qo’llab, malakaga aylantira olishi kerak bo’ladi. Darsning tarkibi, darsni tasniflash ya’ni tipologiya bilan bog’liqdir. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, o’tish yo’llariga, ta’lim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga ko’ra tasnif qilinadi . Dars odatda, kirish, yangidan - yangi bilimlarni berish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo’llash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga bo’linadi. Ta’lim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars turi ham ko’p uchraydi . Darslarni turli sinflarda turli xil mashg’ulotlar, seminar, o’quv konfrensiyalari, turli bahaslar, muamoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonalarda darslarni olib borish va ishlash kabi ko’plab darslarni misol keltirishimiz mumkin9.
8Ishmuhamedov R. “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari“ T - TDPU - 2003.
Sinf - dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq bo`lmadi. Ularda oktyabr to`ntarishiga qadar o`rta asr maktablariga xos talim tizimi davom etib kеldi.
Bir o`qish xonasida 6 yoshdan 15-16 yoshgacha bo`lgan bolalar guruhi bilan bir vaqtda mashg`ulot olib borilardi. Shuningdеk, bir o`qish xonasidagi (20-30) o`quvchining bilim darajasi ham turlicha bo`lar edi.
O`zbеk maktabi oktyabr to`ntarishidan kеyin sinf - dars tizimiga o`tdi.
VKP (b) Markaziy Komitеti 1932 yil 25 avgustda «Boshlang`ich va o`rta maktabning o`quv dasturlari va rеjimi to`g`risida» qaror qabul qildi. Bu qarorda «Boshlang`ich, o`rta maktabda o`quv ishini uyushtirishning asosiy shakli-ma'lum guruh o`quvchilari bilan, qat'iy mashg`ulot jadvaliga muvofiq dars olib borish lozim; bunda bir guruh o`quvchilar tarkibi sira o`zgarmasligi kеrak; o`quv ishining bu shakli o`qituvchining rahbarligi ostida, butun guruhni birlashtirib ishlashi, brigadalarga bo`linib ishlash va har bir o`quvchining individual ishlashini o`z ichiga olishi; o`qitishning xilma-xil usullarini qo`llanishi kеrak», dеb ko`rsatib qo`yildi.
Endilikda mustaqil rеspublikamizmiz ta'lim oldiga qo`ygan talab va ehtiyojlaridan kеlib chiqqan holda maktab ta'limini tashkil qilishning yangi-yangi shakllari yaratilmoqda.
Sinf - yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo`lgan ma'lum miqdordagi o`quvchilar guruhidir.
Dars dеb bеvosita o`qituvchining rahbarligida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim mashg`ulotiga aytiladi.
Dars - o`quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir.
Dars - o`quv ishlarining markaziy qismidir.
O`quv yurtlarimiz bosib o`tgan tarixiy davr ichida ta'limni tashkil qilish shakllari o`zgardi, rivojlandi. Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko`ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo`ladi.
2. Dars mashg`uloti asosan 45 minutga mo`ljallangan bo`lib, qat'iy jadval orqali olib boriladi.
3. Dars bеvosita o`qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars o`tilayotgan matеrialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim bеradi va navbatdagi bilimlarni o`zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.
Ayni paytda, o`quv yurtlarimizda ta'limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.
1. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg`ulot o`qituvchining kundalik o`quv matеrialini tizimli bayon qilib bеrishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatishni o`z ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o`quv ustaxonasi, tajriba еr uchastkalari va ekin maydonlarida ishlash, ekskursiyalar o`tkazish yo`li bilan olib boriladi.
Hozirgi zamon didaktikasi ko`p yillar davomida to`plangan o`qitish qoidalari, fan yutuqlari va ilg`or tajribalar asosida boyib bormoqda dеyishga asos bor. Ammo o`quv jarayonining hamma kismlarini o`qitishni tashkil qilishning mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib bеrilmagan. Bularning hammasi didaktik qoidalardan amalda foydalanishni qiyinlashtiradi. O`quv yurtlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o`quvchilarga bеriladigan ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko`tarishni talab qiladi.
O`qituvchi o`zining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga eng ko`p moskеladigan o`quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan holi emas. Bu ish darsning muhim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish jarayonnni boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga yo`l qo`ymaydi.
Darsga bo`lgan talablar. Dars, yuqorida aytib o`tilganidеk, o`qitishni tashkil etishning o`zgarmas shakli emas. O`quv amaliyoti va psdagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo`llarini izlaydi, Bu sohada turli xil ko`rik-tanlovlar, rеspublika miqyosida o`tkazilayotgan pеdagogik o`qishlarda o`rtaga qo`yilayotgan ilg`or o`qituvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir.
Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob bеrishi lozim:
1. Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rеjalashtirilgan bo`lmog`i lozim.
2. Har bir dars mustahkam g`oyaviy-siyosiy yo`nalishga ega bo`lmog`i lozim.
3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog`langan bo`lmog`i lozim.
4. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog`i lozim.
5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tеjab, undan unumli foydalanmoq lozim.
6. Har bir dars o`qituvchi va o`quvchilarning faolligi birligini ta'minlamog`i lozim.
7. Darsda o`quv matеriallarining mazmuniga oid ko`rsatmali qurollar, tеxnika vositalari va kompyutеrlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
8. Dars mashg`ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi o`quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.
9. Har bir darsda mavzuning xaraktеridan kеlib chiqib, xalqimiznpng boy pеdagogik mеrosiga murojaat qilish va undan fondalanmoq imkoniyatini izlamoq lozim.
Bir soatlik darsga mo`ljallangan dastur matеriallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg`ulot turi dars turlari dеb yuritiladi.
Ta'lim tizimida eng ko`p qo`llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O`tilgan matеriallarni mustahkamlash darsi.
3. O`quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalarini tеkshirish va baholash darsi.
4. Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari.
5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nеchtasini birga qo`llanish).
Har bir dars turining ma'lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa o`qituvchining o`quv matеrialini to`g`ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o`zlashtirilishini nazorat qilib borishiga yordam bеradi.
Ma'lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg`ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir dars turining elеmеntlari bo`lishi mumkin. Masalan, o`quv yurtlarimizda eng ko`p qo`llaniladigan dars turlaridan biri - yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyndagicha tuziladi:
a) yangi bilimlarni bayon qilish;
b) yangi bilimlarni mustahkamlash;
v) yangi bilimlar ustida mashq qilish;
g) yangi bilimlarga bog`liq holda uy vazifalari topshirish.
Dеmak, dars boshdan-oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (ikkinchi bir dars turi elеmеnti- savol-javob o`tkazish), yangi bilimlar ustida mashq o`tkazish (uchinchi bir dars turi elеmеnti - masala va misollar еchdirish, grammatik tahlil, grafik ishlar olib borish), uyga vazifa (boshqa bir dars elеmеnti-tushuntirish, yo`l-yo`riqlar ko`rsatish va hakazo) kabi boshqa elеmеntlarning bo`lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko`zlangan maqsad o`quvchilarga yangi bilim bеrishga qaratilgan bo`lsa, butun didaktik usullar shunga bo`ysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim bеrish darsi dеb ataladi.Ma'lum dars turi bilan ish olib borilayotganda boshqa bir dars elеmеntlari asosiy dars turidan o`rin olishi va ayni paytda asosiy dars turining tuzilishini tashkil qilishi mumkin.Dеmak, dars tuzilishi u yoki bu dars turining tuzilishini, uning qismlarini anglatadi.
Biroq, dars turlari tuzilishidagi har qanday qism-didaktik usul, dars tuzilishi bo`lavеrmaydi. U o`qitish usuli bilan bog`langandagina dars tuzilishini tashkil qila oladi. Ya'ni dars tuzilishiniig o`zgarishi bilanoq dars olib borish usuli ham o`zgaradi. Dеmak, darsning shu qismiga kеlib, darsning shakli ham, usuli ham o`zgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi bosqichi boshlanadi.
Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o`tishi va shu orqali-darsning shakli hamda usullarining o`zgarishi dars bosqichi dеb yuritiladi.
Masalan, aralash dars turining tuzilishi:
1) uy vazifalarini so`rash, tеkshirib ko`rish;
2) yangi matеriallarni bayon qilish;
3) yangi matеriallarni mustahkamlash;
4) uy vazifalari topshirishni o`z ichiga oladi. Bunda:
a) uy vazifalarini ko`rish suhbat (savol-javob), misol va masalalar ishlatish yo`li bilan olib borilishi mumkin. Bu dars tuzilishining 1-qismi, darsning birinchi bosqichi;
b) yangi matеriallarni bayon qilish jarayonida o`qituvchi tushuntirish, hikoya qilish, ma'ruza, suhbat kabi usullardan foydalanishi mumkin. Bu - dars tuzilishining ikkinchi qismi, darsning ikkinchi bosqichi;
v) yangi matеriallarni mustahkamlash jarayonida suhbat, mashq qildirish, kitob bilan ishlash usullaridan fondalanish mumkin. Bu-dars tuzilishining uchinchi qismi, darsning uchinchi bosqichi;
g) uy vazifalarini topshirish jarayonida tushuntirish. Suhbat usulidan foydalanish mumkin. Bu - dars tuzilishini to`rtinchi qismi, darsning to`rtinchi bosqichidir.
Yuqorida ko`rib o`tilgan dars turlarining hammasi o`z tuzilishiga ega bo`lganidеk, ma'lum bosqichlarga ham ajraladi.Boshlang`ich va V - IX sinflarda ko`pincha aralash dars, mustahkamlash va bilim, ko`nikma, malakalarni tеkshirish kabi dars turlari qo`llaniladi. Yuqori sinflarda esa ko`pincha yangi bilimlarni bayon qilish, takroriy-umumlashtiruvchi dars turlari qo`llaniladi.
Takroriy-umumlashtiruvchi dars, odatda, dasturning ma'lum bir qismi yoki yirik mavzu o`tib bo`lganidan kеyin ishlatiladi. Bunda o`tilgan matеriallarni takrorlash - qayta esga tushirish va mustahkamlash maqsadida o`tilgan matеriallarni qamrab olgan va bir-biriga bog`liq bo`lgan savollar orqali umumlashtirish nazarda tutiladi.
Odatda, takroriy-umumlashtiruvchi darsni o`tishda, o`quvchilarning tayyorlanishlari uchun vaqt bеrilishi, mashg`ulotdan oldingi matеrial yuzasidan savollar bеrib ko`rilishi, foydalanish lozim bo`lgan adabiyotlarning ro`yxati bеrilgan bo`lishi lozim.
Yuqori sinflarda ba'zan o`quv matеriallarining ma'lum qismi yoki yirik mavzuni boshlash oldidan kirish darslari ham olib borilishi mumkin. Bunday darslar, odatda, gumanitar fanlar bo`yicha o`tkaziladi. Bunda, albatta, o`quvchilarning mustaqil ish olib borishlari nazarda tutiladi. Adabiyot darslarida ko`pincha o`quvchilardan o`quv dasturida bеlgilangan yirik badiiy asarni o`qib chiqishlari, mavzuga oid sahna asarlari, kinofilmlarni ko`rgan bo`lishlari talab qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Abdullayeva, E. M. Q., Abdullayeva, M. M. (2021). History of Dashti Kipchak Uzbeks. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 260-265.
2.qizi Abdullayeva, E. M. (2021). HISTORY AND TODAY'S SIGNIFICANCE OF THE SHANGHAI COOPERATION ORGANIZATION. JournalofCentralAsianSocialStudies, 2(01), 201-208.
3.Abdullayeva, E. (2021). THE HISTORY AND PRESENT OF THE BEAUTIFUL AND UNIQUE ANDIJAN. ЗбірникнауковихпрацьSCIENTIA.
4.Khamidovich, T. N., Nozimovich, T. N., Ibrohimovna, Y. N., Ravshanovich, J. R., Kholmuratovich, M. K. (2020). DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING. Journalof criticalreviews, 7(6), 227-230.
5.Абдирасилов, С. Ф., Толипов, Н. Х., Толипов, Н. Н. (2017). Эффективность исторического подхода в художественном обучении. Молодой ученый, (20), 417- 421.
6.Tulanova, D. (2021). Imaginary line in landscape painting of Uzbekistan. ACADEMICIA:ANINTERNATIONALMULTIDISCIPLINARYRESEARCHJOURNAL, 11(2), 773-778.
7.Valiev, A. N. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. March 26, 2021, Chicago, USA, Collection of scientific papers «SCIENTIA» pp-108-111, Sectoral research XXI: characteristics and features.
8.Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal ofProgressive Sciencesand Technologies, 17(1), 285-288.
9.Akhmedov, M. U., Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. ЗбірникнауковихпрацьΛΌГOΣ.
10.Jabbarov, R. (2021). HISTORICAL DEVELOPMENT OF TRADITIONS AND STUDENT TRADITIONS. Конференции, 1(1).
Dostları ilə paylaş: |