Mundarija kirish: Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari Oʻzbekiston Fransiya



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#92801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘zbekiston va Fransiya




MUNDARIJA 
Kirish:……………………………………………………………………………2 
1.Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik……………….3 
2. O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari…………8 
3. Oʻzbekiston Fransiya: Hamkorlikning strategik istiqbollari……………………15 
4. Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiy texnikaviy aloqalar..........................24 
Xulosa……………………………………………………………………………27 
Adabiyotlar ro'yxati..............................................................................................28 



KIRISH 
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq va do‘stona aloqalarning 
boshlanishi uzoq davrga borib taqaladi. Ya’ni, XV asr boshlarida Temuriylar 
hukmdori Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan maktubi bilan 
boshlanadi, chunki bu paytda Usmonli turklarning bosqinchi qo‘shinlari Yevropa 
davlatlariga katta tahdid solib turgan edi. Shu sababli Amir Temur va Yevropa 
monarxlari tashqi xavf bo‘lmish Usmonli imperiyasiga qarshi birlashishga harakat 
qildilar. Temuriylar Usmonli dushmanlarni yo‘q qilishda Yevropa davlatlarini 
o‘ziga ittifoqchi deb bildi. Bu Amir Temurning 1402-yilda Fransiya hukmdori Karl 
VI ga yozgan maktubida yaqqol bilinadi. Ularning o‘zaro yozishgan maktublarining 
bir qismi Fransiya hujjat arxivida saqlanadi. Ushbu maktublarda Amir Temur Karl 
VI ning Sharqiy davlatlarga nisbatan siyosatini yoqlagan holda, Fransiya va o‘z 
davlati o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirishga ahamiyat qaratadi: “Bizning 
u ulugʻ amirdan kutganimiz shuldurki, doimo bizga shohona maktublarni yuborib, 
salomatliklarini bildirib tursalar, toki biz xotirjam boʻlgaymiz. Yana sizning 
savdogarlaringiz bu tarafga qatnab tursalar, biz bu yerda ularni aziz-u mukarram 
tutgʻumizdir, shuningdek, bizning savdogarlar u tarafga yuborilsa, siz ham ularni 
aziz-u mukarram tutsangiz, hech kimsa ularga zoʻrlik qilmasa va zarar-zahmat 
yetkazmasa! Chunki dunyo savdogarlar bilan oboddir!”. Qirol Karl VI ning 1402-
yil 15-iyunda Sohibqiron nomiga yuborgan maktubida Amir Temurning o‘zaro 
hamkorlik to‘g‘risidagi taklifi Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul 
qilinganligi aks etadi. “Yaratganning marhamati bilan ` 238 «Zamonaviy dunyoda 
ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya franklar qiroli Karl 
muhtaram hazrat va muzaffar podshoh Temurbekka salom yoʻllaydi va tinchlik 
tilaydi” soʻzlari bilan boshlanadigan mazkur maktubda Fransiya bilan Amir Temur 
davlati oʻrtasida savdo aloqalarini oʻrnatish masalasiga katta ahamiyat qaratiladi va 
shunday soʻzlar bilan yakunlanadi: “Biz sizning ishlaringizni, foydali 
takliflaringizni qabul qilamiz, imkoni bor joylarda (ularga) barobar va undan 
ortiqroq iltifot koʻrsatishga vaʼda beramiz”. Vatanimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, 
Oʻzbekiston dunyoning boshqa mamlakatlari bilan bir qatorda Fransiya bilan ham 
siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni oʻrnatdi. Shunday qilib, O‘zbekiston va 
Fransiya o‘rtasidagi dastlabki munosabatlarning tamal toshi Amir Temur va Karl VI 
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklari orqali qo‘yilgan hamda bu birdamlik munosabatlar 
hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasida yangi sur’atlarda rivojlanib bormoqda. 
O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil fevralda o‘rnatilgan. 
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 1992-yilda ochiladi, 1995- yil esa 
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi va o‘zaro ikki 
davlat o‘rtasidagi aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yo‘lga qo‘yildi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin