12
ortiq kelishuvlarni imzoladilar. Tomonlar turli darajalarda, zarur holatlarda, tegishli
vazirliklarni jalb qilgan holda, o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan, xususan,
xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga
tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni
rivojlantirish va ikki mamlakatdagi do‘stlik guruhlarining faoliyatini
jadallashtirishdan manfaatdor ekanligini qayd etdilar.
3. Madaniy sohada Tomonlar 2022-yilning 22-noyabr kuni ochilgan Luvr
muzeyidagi “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va
Аrab dunyosi institutidagi “Samarqandga yo‘l, ipak va oltin mo‘jizalari”
ko‘rgazmalarining o‘tkazilishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar
madaniyat va madaniy meros sohalarida hamkorlikni kuchaytirish istaklarini
bildirdilar hamda 2021-yil 6-yanvarda imzolangan Аhdlashuv deklaratsiyasiga
muvofiq Toshkent shahrida Fransiya-O‘zbekiston madaniyat markazini tashkil etish
bo‘yicha ishlarni davom ettiradilar.
4. Taʼlim sohasida Tomonlar taʼlim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni
kuchaytirish, shuningdek, fransuz tilini o‘qitish va o‘qituvchilarni tayyorlashni
takomillashtirish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
Tomonlar Toshkent shahridagi Fransuz litseyi faoliyatini mamnuniyat bilan qayd
etdilar, ushbu taʼlim muassasasi maqomining doimiyligini taʼminlash va faoliyatiga
ko‘maklashish istagini bildirdilar, shuningdek, Tomonlar Samarqand shahrida yangi
Fransuz alьyansining ochilish jarayonini soddalashtirishni taklif qildilar. Tomonlar
Parij shahrida 2022-yil 27–28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ikkinchi O‘zbekiston
va Fransiya universitetlari forumi tashkil etilishidan mamnun ekanliklarini
bildirdilar.
Dostları ilə paylaş: