1
MUNDARIJA
Kirish:……………………………………………………………………………2
1.Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik……………….3
2. O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari…………8
3.
Oʻzbekiston Fransiya: Hamkorlikning strategik istiqbollari……………………15
4. Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiy texnikaviy aloqalar..........................24
Xulosa……………………………………………………………………………27
Adabiyotlar ro'yxati..............................................................................................28
2
KIRISH
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq va do‘stona aloqalarning
boshlanishi uzoq davrga borib taqaladi. Ya’ni, XV asr boshlarida Temuriylar
hukmdori Amir Temurning Fransiya qiroli Karl
VI ga yozgan maktubi bilan
boshlanadi, chunki bu paytda Usmonli turklarning bosqinchi qo‘shinlari Yevropa
davlatlariga katta tahdid solib turgan edi. Shu sababli Amir Temur va Yevropa
monarxlari tashqi xavf bo‘lmish Usmonli imperiyasiga qarshi birlashishga harakat
qildilar. Temuriylar Usmonli dushmanlarni yo‘q qilishda
Yevropa davlatlarini
o‘ziga ittifoqchi deb bildi. Bu Amir Temurning 1402-yilda Fransiya hukmdori Karl
VI ga yozgan maktubida yaqqol bilinadi. Ularning o‘zaro yozishgan maktublarining
bir qismi Fransiya hujjat arxivida saqlanadi. Ushbu maktublarda Amir Temur Karl
VI ning Sharqiy davlatlarga nisbatan siyosatini yoqlagan holda, Fransiya va o‘z
davlati o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirishga ahamiyat qaratadi: “Bizning
u ulugʻ amirdan kutganimiz shuldurki, doimo bizga shohona maktublarni yuborib,
salomatliklarini bildirib tursalar, toki biz xotirjam boʻlgaymiz.
Yana sizning
savdogarlaringiz bu tarafga qatnab tursalar, biz bu yerda ularni aziz-u mukarram
tutgʻumizdir, shuningdek, bizning savdogarlar u tarafga yuborilsa, siz ham ularni
aziz-u
mukarram tutsangiz, hech kimsa ularga zoʻrlik qilmasa va zarar-zahmat
yetkazmasa! Chunki dunyo savdogarlar bilan oboddir!”. Qirol Karl VI ning 1402-
yil 15-iyunda Sohibqiron nomiga yuborgan maktubida Amir Temurning o‘zaro
hamkorlik to‘g‘risidagi taklifi Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul
qilinganligi aks etadi. “Yaratganning marhamati bilan ` 238 «Zamonaviy dunyoda
ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya
franklar qiroli Karl
muhtaram hazrat va muzaffar podshoh Temurbekka salom yoʻllaydi va tinchlik
tilaydi” soʻzlari bilan boshlanadigan mazkur maktubda Fransiya bilan Amir Temur
davlati oʻrtasida savdo aloqalarini oʻrnatish masalasiga katta ahamiyat qaratiladi va
shunday soʻzlar bilan yakunlanadi: “Biz sizning ishlaringizni,
foydali
takliflaringizni qabul qilamiz, imkoni bor joylarda (ularga) barobar va undan
ortiqroq iltifot koʻrsatishga vaʼda beramiz”. Vatanimiz o‘z mustaqilligiga erishgach,
Oʻzbekiston dunyoning boshqa mamlakatlari bilan bir qatorda Fransiya bilan ham
siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni oʻrnatdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston va
Fransiya o‘rtasidagi dastlabki munosabatlarning tamal toshi Amir Temur va Karl VI
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklari orqali qo‘yilgan hamda bu birdamlik munosabatlar
hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasida yangi sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil fevralda o‘rnatilgan.
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 1992-yilda ochiladi, 1995-
yil esa
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi va o‘zaro ikki
davlat o‘rtasidagi aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yo‘lga qo‘yildi.