13
hududini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishi yuzasidan istaklari
yakdilligini bildirdilar.
7.
Tomonlar turizm sohasida, xususan, turistik hududlar salohiyatini ishga solish
bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. Fransiya tomoni
O‘zbekistonning 2023-yilda Xiva shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo”
birinchi turistik forumini o‘tkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Mintaqaviy va xalqaro siyosat
8. O‘zbekiston va Fransiya xalqaro va mintaqaviy darajada xavfsizlik, tinchlik va
barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shish istaklarini tasdiqladilar.
Ikkala
Tomon Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va tegishli mintaqaviy tuzilmalar doirasida o‘z
harakatlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tomonlar
nizolarni muzokaralar orqali, xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Ustaviga to‘liq amal qilgan holda hal qilish bo‘yicha qatʼiyatlarini qayta
tasdiqladilar.
9. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi
munosabatlarning rivojini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ular Yevropa Ittifoqining
“Global darvoza” strategiyasi va Samarqand shahrida 2022-yil 17–18-noyabr
kunlari bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi
konferensiyasi doirasida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatladilar. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi
munosabatlarni yanada kuchaytirishga imkon beradigan, 2022-yilning
iyul oyida
matni kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi
Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim bo‘yicha muzokaralar
yakunlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
10. Tomonlar Аfg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va mintaqadagi
xavfsizlikni taʼminlashga hissa qo‘shishdan manfaatdor ekanini bildirdilar, 2022-yil
26-iyulda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Аfg‘oniston bo‘yicha
xalqaro
konferentsiyada Fransiya tomonining ishtirok etgani buni yaqqol tasdiqlaydi.