Mundarija kirish: Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari Oʻzbekiston Fransiya



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#92801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘zbekiston va Fransiya

Munosabatlarning mantiqiy davomi 
Xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ustuvor 
yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Yevropa ittifoqi va uning yetakchi 
aʼzo davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish hamda kengaytirish jarayonini 
davom ettirishdan manfaatdor. Ular orasida Fransiya Respublikasi ham bor.Shu 
maʼnoda, joriy yil 8-9 oktyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning 
Fransiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi koʻp tomonlama oʻzbek — fransuz 
munosabatlariga yangicha ruh berish yoʻlida keyingi yillarda yanada faollashgan 
harakatlarning mantiqiy davomi boʻldi. 


17 
Tashrif mobaynida davlatimiz rahbari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, 
Fransiya Senati Raisi Jerar Larshe, shuningdek, ushbu mamlakatning eng yirik 
kompaniya va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashdi. Oʻzbekiston 
yetakchisi YUNЕSKO bosh direktori Odri Azule bilan muzokaralar oʻtkazdi.Kun 
tartibidan oʻzbek — fransuz siyosiy muloqotini yanada mustahkamlash, savdo-
iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar 
almashinuvlarni faollashtirish masalalari oʻrin oldi. Avtomobillar tashuvi, 
sayyohlik, harbiy-texnikaviy hamkorlik, koinotni tadqiq qilish, investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirish, madaniyat hamda boshqa sohalarga daxldor 
hukumatlararo va vazirliklararo 10 ta hujjat imzolandi.Qayd etish joizki, tashrif 
arafasida tomonlar umumiy qiymati 5 milliard yevroga yaqin investitsiya loyihalari 
boʻyicha kelishuvlar, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan umumiy qiymati qariyb 600 
million yevro boʻlgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik 
dasturi qabul qilindi.Fransuz tomoni bugun Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan 
Harakatlar strategiyasi Fransiya yetakchisining islohotlar dasturi bilan, avvalo, 
siyosiy va iqtisodiy modernizatsiya, qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq 
tizimini takomillashtirish, hokimiyat organlari ishini xalq va davlat manfaatlariga 
xizmat qilishga yoʻnaltirish borasida oʻxshash jihatlar borligini qayd etdi.Ikki 
davlatning dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishga doir 
yondashuvlari yaqin yoki mos ekani eʼtirof etilib, mintaqaviy hamda xalqaro 
hamkorlik, xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashishning yangi shakllarini 
rivojlantirish muhimligiga eʼtibor qaratildi. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda 
barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqa davlatlarining izchil 
taraqqiyotga erishish maqsadida oʻzaro manfaatli hamkorlik hamda yaxshi 
qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutishi alohida 
taʼkidlandi.Davlat rahbarlari mintaqada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning 
muhim sharti sifatida Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish zarurligini yana 
bir bor qayd etdilar.Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Fransiya 
hukumatlararo komissiyasi faoliyatiga alohida urgʻu berildi. Oʻzaro savdo hajmini 
koʻpaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini 
roʻyobga chiqarish muhimligi aytildi.Shunisi diqqatga sazovorki, oliy darajadagi 
tashrif Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga kuchli qiziqish 
bildirayotgan Fransiya tomoni taklifi bilan boʻlib oʻtdi. Masalan, “Veolia” fransuz 
kompaniyasi Oʻzbekiston bilan mamlakatning suv taʼminoti tizimlarini 
modernizatsiya qilish boʻyicha kelishuvga erishdi, “Orano” uran konlaridagi qazish 
ishlarida ishtirok etmoqchi, “Thales” kompaniyasi kosmik texnologiyalarni 
rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish niyatida, “Airbus” esa yuk samolyotlarini 
yetkazib berish harakatida.Bugun, hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, bir 
tomondan, Oʻzbekistonda hayotning barcha jabhasini erkinlashtirish va 


18 
modernizatsiya qilish boʻyicha roʻyobga chiqarilayotgan koʻp qirrali islohotlar, 
boshqa tarafdan — rasmiy Toshkentning mamlakat atrofida xavfsizlik va barqarorlik 
belbogʻini yaratish yoʻlidagi faol harakatlari hamda bular Parijning Markaziy 
Osiyodagi siyosatiga hamohang ekanligi mazkur jarayonlarga oʻzgacha surʼat baxsh 
etmoqda. Mintaqaga nisbatan Fransiya pozitsiyasi Markaziy Osiyodagi barcha 
davlatlar suvereniteti, xavfsizligi va farovonligini yoqlashi bilan hamisha ajralib 
turgan.Keyingi yillarda oʻzbek — fransuz munosabatlarida hamkorlikning koʻplab 
sohalarida ijobiy natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etish mumkin. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin