O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi turon zarmed universiteti



Yüklə 144,83 Kb.
səhifə1/5
tarix04.10.2023
ölçüsü144,83 Kb.
#152156
  1   2   3   4   5
Oʻzbekistonning Ipak yoʻli doirasida savdo-iqtisodiy va energetika sohalaridagi munosabatlari





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM
FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
TURON ZARMED UNIVERSITETI


«BUYUK IPAK YO’LI
VA JAHON SIVILIZATSIYALAR TARIXI»
FANIDAN


MAVZU:
Oʻzbekistonning Ipak yoʻli doirasida savdo-iqtisodiy va energetika sohalaridagi munosabatlari. Oʻzbekistonning xalqaro madaniy-gumanitar va turizm sohasidagi hamkorligi

Bajardi: ____________________________________
Tekshirdi: ________________________________

Buxoro shaxar 2023

Oʻzbekistonning Ipak yoʻli doirasida savdo-iqtisodiy va energetika sohalaridagi munosabatlari. Oʻzbekistonning xalqaro madaniy-gumanitar va turizm sohasidagi hamkorligi

REJA:


  1. Oʻzbekiston — Koreya Respublikasi munosabatlari. 

  2. Oʻzbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari

  3. O'zbekistonning “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti Yaponiyaning Toyo universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

Koreya Rerpublika 1991-yil 30-dekabrda Osiyo — Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi. Oʻzbekiston bilan KR oʻrtasida 1992-yil yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning 1992, 1995, 1999-yillarda Koreya Respublikasiga va Koreya Respublikasi prezidentining 1994-yilda Oʻzbekistonga rasmiy tashriflari chogʻida imzolangan hujjatlar oʻzaro hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratdi. 1999-yilda oʻzaro tovar aylanmasi hajmi salkam 526,8 mln. AQSH dollariga yetdi. Koreya Respublikasi Oʻzbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr asbob-uskuna, xom teri, ipak, kimyoviy oʻgʻit olib, Oʻzbekistonga transport vositalari, elektr va mexaniq jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari, boʻyoqlar, turli xil jihoz va apparatlar, toʻqimachilik mahsulotlari yuboradi.


Oʻzbekistonda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 80 ga yaqin korxona boʻlib, ular transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, toʻqimachilik kabi sohalarga mansub. "OʻzDEU avto", "OʻzDEUelektroniks", "Kabul-Oʻzbek kompani LTD", "OʻzSamsoʻngelektroniks" kabi qoʻshma korxonalar shu jumlaga kiradi. Ular avtomobil, xalq isteʼmol mollari, radio elektron maqsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Nurafshondada va Toshkentning "Koʻkcha" dahasida qurilgan toʻqimachilik korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinmoqda. Fargʻona va Namangan shaharlarida ham shunday korxonalar barpo etiladi. Shuningdek, Koreya Respublikasining 19 ta kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi da oʻz vakolatxonasini ochgan. 1994-yildan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Koreya va Koreya-Oʻzbekiston qoʻshma qoʻmitasi ishlab kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Koreya Respublikasining 10 ta banki bilan vakillik munosabatlari oʻrnatgan. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bir necha yillar davomida respublika vazirliklari va idoralari bilan faol aloqa qilmoqda. Shu tashkilot yoʻli bilan oʻzbek yigit-qizlari muntazam ravishda Koreya Respublikasida malaka oshirishmoqda. Toshkent iqtisodiyot universitetida va Moliya instituti huzuridagi litseyda kompyuter sinflari tashkil etilgan. Oʻzbekistondagi boshqa litsey va kollejlarni oʻquv asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Koreya Respublikasi Maorif vazirligining 1992-yil maydan beri ishlayotgan Toshkentdagi koreys taʼlim markazida oliy oʻquv yurtlari muallimlari va talabalari uchun tanlov asosida malaka oshirish yoʻlga qoʻyilgan. 1993-yil martda Toshkent sharqshunoslik institutida koreyashunoslik fakulteti ochilgan. Oʻzbekiston jahon tillari universitetida "Koreys tili markazi", Samarqand chet tillar institutida "Koreys tili va madaniyati markazi" ishlaydi. Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot va video hamda audio kassetalar bilan jihozlagan.
Ikki mamlakat oʻrtasida madaniy aloqalar tobora kengayib bormoqda. Oʻzbek madaniyat va sanʼat arboblari Koreya Respublikasida oʻz mahoratlarini namoyish etish, Oʻzbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini oʻtkazish odat tusiga aylanmoqda. 1998 va 1999-yillardagi ana shunday xaftalik doirasida Toshkentda koreys kitoblari va fotosuratlari koʻrgazmasi, koreys sanʼat arboblari va rassomlari koʻrgazmasi uyushtirildi. Sport turlari va koreys anʼanaviy oʻyinlari namoyish etildi. Kinofilmlar koʻrsatildi, nihoyat Alisher Navoiy nomidagi teatrda mashxur koreys ashula va raqs ansambllari katta tomosha koʻrsatishdi.
5-fevral kuni Pekin shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
Ikki mamlakat yetakchilarining rasmiy uchrashuvi Xitoy poytaxtidagi Butunxitoy xalq vakillari kengashi uyida boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar avvalida Rais Si Szinpin davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, unga qishki Olimpiadaning ochilish marosimida shaxsan ishtirok etgani uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi.
Oʻzbekiston Prezidenti, oʻz navbatida, taklif va samimiy qabul uchun tashakkur bildirib, doʻst Xitoy rahbariyati va xalqini Olimpiya oʻyinlarining ochilishi juda yuksak saviyada oʻtgani bilan tabrikladi, bu marosim bugungi Xitoyning ulkan muvaffaqiyat va yutuqlarini namoyish etganini taʼkidladi.
Yetakchilar Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan batafsil fikr almashdilar.
Yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va oʻzaro manfaat prinsiplariga asoslangan davlatlararo munosabatlar bugun yuksak darajaga koʻtarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oliy darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama aloqalarning faollashishiga xizmat qildi.
Tovar ayirboshlash 2021-yil yakuniga koʻra rekord koʻrsatkichga yetdi. Xitoydan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 9 milliard dollarni tashkil etdi.
Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida sanoat, kimyo tarmogʻi, energetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda yuqori texnologik loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Yashil” iqtisodiyot, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish va elektron savdo sohalaridagi hamkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Ipak yoʻli” jamgʻarmasi bilan uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha amaliy sheriklikning strategik loyihalarini ilgari surishga qaratilgan yangi “yoʻl xaritasi” shakllantirilmoqda. Moliyaviy-texnik koʻmak dasturi kengaytirilmoqda.
Uchrashuvda ushbu tashrif doirasida imzolangan besh yillik Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturini keng koʻlamda amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.
Mutanosib tovar ayirboshlashga erishish, faol hududlararo almashinuvlarni qayta tiklash va samarali transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha birgalikda chora koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.
Kambagʻallikka va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Xitoy tajribasini oʻrganish va joriy qilish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Sogʻliqni saqlash, anʼanaviy tibbiyot, turizm, taʼlim, madaniyat va sanʼat sohalaridagi hamkorlik dasturini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Muhim iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ilgari surish maqsadida qoʻshma Hukumatlararo qoʻmita va uning sohalar boʻyicha kichik qoʻmitalarining navbatdagi majlislarini oʻtkazish masalalari kelishib olindi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Afgʻonistonda tez fursatda tinchlik oʻrnatilishiga va iqtisodiy tiklanishga koʻmaklashish masalasi koʻrib chiqildi.
Rais Si Szinpin Oʻzbekistonning joriy yilda Shanxay hamkorlik tashkiloti raisi sifatidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatladi.
Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy yetakchisi va xalqini oy taqvimi boʻyicha kirib kelgan Yangi yil bilan tabrikladi va qishki Olimpiada muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.
Oʻzbekiston va Xitoy rahbarlarining uchrashuvi ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Tokio shahridagi Toyo universiteti hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida Toyo universiteti Kuzatuv kengashi raisi Shinji Fukukava, Universitet prezidenti Esuko Yaguchi va boshqa qator masʼullar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirildi.
Uchrashuv doirasida Aziz Abduhakimov Toyo universiteti rahbariyatiga O‘zbekistonda turizm va madaniy meros sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyatidagi yangiliklar haqida maʼlumot berdi.
Shinji Fukukava O‘zbekiston va Yaponiya taʼlim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida katta salohiyatga ega ekanini taʼkidladi. Shu o‘rinda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-akademik almashuvlarni faollashtirish, yaponiyalik professorlarni O‘zbekistonga yo‘llash va o‘zbekistonlik talabalarning Toyo universitetida amaliyot o‘tashi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Esuko Yaguchi O‘zbekiston bilan gumanitar, aniq va amaliy fanlar, “yashil” va “barqaror” turizm masalalari hamda obyektlar restavratsiyasi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar borasida hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qildi.
Yaponiya tomon O‘zbekistonning Ipak yo‘li mamlakatlari fuqarolari uchun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida 85 davlat granti ajratishga doir tashabbusini yuqori baholadi.
Tomonlar turizm sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, jumladan O‘zbekistondagi buddaviylik merosini o‘rganish, buddizm obidalari restavratsiyasi, arxeologik qazishmalarni amalga oshirish, ilmiy seminar va izlanishlarni olib borishga oid kelishuvga erishishdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Toyo universiteti rahbariyati va professorlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilish va uning davomida yurtimizning turistik va taʼlim salohiyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishildi.
Bundan tashqari, Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Toyo universiteti talabalari uchun yozgi kampus tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Toyo universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolanib, u akademik hamkorlik, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, turizm sohasida Yaponiyaning ilg‘or tajribasini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
“Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi vakillari ishtirokida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga kitoblarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi ishtirok etdi.
Muloqot davomida D.Satibaldi qozogʻistonliklar Oʻzbekistonda taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va mamlakat oliy taʼlim muassasalariga eng ilgʻor texnologiyalar joriy etilayotganini yuksak qadrlashini taʼkidladi. “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasining Buyuk Ipak yoʻlidagi turizm, tarixi va madaniyatiga oid jahon adabiyoti bilan jihozlangan kutubxonaning shakllantirilishi mamlakatimizda kadrlar malakasini yanada yuksaltirish hamda Markaziy Osiyoda turizm industriyasini rivojlantirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.
A.Abduhakimov Qozogʻiston tomonining tashabbusi uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan turizm sohasini rivojlantirish, bu yoʻnalishda kadrlar tayyorlash, yangi mintaqaviy turistik yoʻnalishlarni joriy etish boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, Markaziy Osiyoga tashrif buyuruvchi mamlakatlar uchun yagona “SilkVisa”ning tez orada yoʻlga qoʻyilishida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini taʼkidladi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda Samarqand shahrida Turizm va sport vazirligi huzurida tashkil etilgan. Mazkur oliy taʼlim muassasasini ochishdan maqsad mamlakat turizm industriyasining kadrlar salohiyatini va turizm sohasida xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning tarixiy-madaniy va gumanitar aloqalarini rivojlantirishdan iborat.
Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahrida boʻldi.
Tashrif davomida ikki davlat oʻrtasida gumanitar almashinuvlarni kengaytirish, taʼlim, fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sanʼat, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro muzokaralar jarayonida davlatimiz rahbari tomonidan quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
– 
Yüklə 144,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin