Oʻzbekistonning Ipak yoʻli doirasida savdo-iqtisodiy va energetika sohalaridagi munosabatlari
sogʻliqni saqlash sohasida. Mazkur sohadagi aloqalar ham tobora rivojlanib bormoqda. Xususan, 2019-yilda boʻlib oʻtgan “Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili” tadbirlari doirasida mamlakatimizda “Qozogʻiston tibbiyoti kunlari” (21-29-noyabr) tashkil qilindi. Joriy yilning mart oyida ikki davlatning sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida oʻzaro anglashuv hujjati imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida qozogʻistonlik hamkorlar bilan birgalikda «Serebra» avtomatlashtirilgan tizimi asosida ishemik va gemorragik insult diagnostikasi sohasida tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tajriba loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Tibbiyot sohasida ikkala davlat hamkorligiga katta hissa qoʻshgani uchun 2019-yilda Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Ye.Birtanov “Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Soha mutaxassislari oʻrtasidagi hamkorlik ayniqsa, pandemiya davrida yanada mustahkamlanmoqda.
Muxtasar aytganda, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar bugun xalqaro maydonda ham ishonchli, muhim va uzoq muddatli hamkorlik namunasi sifatida eʼtirof etilmoqda. Madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi darajasi shubhasiz, oʻzaro aloqalarning boshqa yoʻnalishlariga ham oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazadi. Bunday hamkorlik asosini eng avvalo, xalqlar birdamligi, fuqarolarning bir-biriga ishonchi va doʻstona munosabati hamda qon-qarindoshchilik rishtalarining mustahkamlanishi tashkil etadi.