Oʻzbekistonning Ipak yoʻli doirasida savdo-iqtisodiy va energetika sohalaridagi munosabatlari
Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilining rasmiy ochilish marosimi boʻldi. Ushbu tantanali marosimni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib, qardosh qozogʻistonliklarni yurtimizga tashrifi bilan qutladi. Shu munosabat bilan, mamlakatimizda qozogʻistonlik sanʼat va madaniyat namoyondalari tomonidan 80 dan ziyod turli tadbirlar tashkil qilindi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Oʻzbekiston va Qozogʻiston rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi uchrashuvida Nur-sultonda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilishini aytib oʻtdi. Uning fikricha, bu haykal ikki xalqning maʼnaviy yaqinligi va koʻp asrlik doʻstligi ramzi sifatida bunyod etiladi.
Uchinchidan, millatlararo munosabatlar sohasida. Mamlakatimizda yashovchi qozoq millatiga mansub aholi soni 803,4 mingtani tashkil qiladi. Bu qozoq etnosining Qozogʻiston tashqarisida, MDH mamlakatlarida yashaydigan eng yirik qismi hisoblanadi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda 1992-yildan buyon Qozoq milliy madaniy markazi faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunga kelib ushbu markaz tarkibida Qoraqalpogʻiston Qozoq milliy madaniy markazi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Xorazm, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi uning boʻlinmalari, shuningdek, Toshkent shahar boʻlinmasi ish yuritadi. Markaz faoliyati qozoq millatiga mansub fuqarolarning madaniy ehtiyojlarini qondirish, qozoq tilini oʻrganishga koʻmaklashish, qozoq xalqining anʼanalari va urf-odatlarini asrash, yoshlarning qozoq tilida taʼlim olishlarini taʼminlash maqsadida oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish, yosh iqtidorlarni qoʻllab-quvvatlash kabi turli yoʻnalishlarda olib boriladi. Markaz faollarining tashabbusi bilan Navoiy viloyatining Konimex tumanida tarixiy etnografik muzey, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida «Shaxsham» etnografiya muzeyi ochilgan. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar doirasida har yili «Aytis» oqinlar musobaqasi, «Altibaqan», «Tusaukeser»va boshqa milliy bayramlar oʻtkaziladi. Shu bilan birga, mamlakatimizda «Nurli jol» gazetasi chop etilmoqda.
Toʻrtinchidan,