O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi turon zarmed universiteti


madaniyat, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, taʼlim, turizm va sport sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi



Yüklə 144,83 Kb.
səhifə3/5
tarix04.10.2023
ölçüsü144,83 Kb.
#152156
1   2   3   4   5
Oʻzbekistonning Ipak yoʻli doirasida savdo-iqtisodiy va energetika sohalaridagi munosabatlari

madaniyat, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, taʼlim, turizm va sport sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasidagi bitim asosida amalga oshirib kelinadi.
Bugungi kunda ikkala davlat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni quyidagi yoʻnalishlarda mustahkamlanib borayotganini koʻrish mumkin.
Birinchidantaʼlim sohasida. Oʻzbekiston va Qozogʻiston taʼlim muassasalari oʻrtasida talabalar almashinuvi, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish, tajriba almashish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Hozirda mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari va Qozogʻistonning 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik kelishuvlari amal qilmoqda. Davlatlarning Fanlar akademiyalari oʻrtasida tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan, jumladan, birgalikda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, kelgusida universitetlar konsorsiumini tashkil qilish boʻyicha kelishuvlar bunga misol boʻla oladi.
Ayni vaqtda, mamlakatimizdagi 400 ta maktabda mashgʻulotlar qozoq tilida olib boriladi. 162 ta maktabda esa taʼlim faqat qozoq tilida beriladi. Oliy taʼlim muassasalari tizimida Toshkent davlat pedagogika universitetida, Guliston davlat universitetida, shuningdek, Nukus, Jizzax va Navoiy davlat universitetlarida qozoq tili va adabiyoti fakultetlari tashkil qilingan.
Ilm-fan, taʼlim sohasida shu kungacha amalga oshirilgan ishlar natijasidan kelib chiqib aytish mumkinki, kelgusi yilda ijodiy va ilmiy ziyolilar forumini tashkil etish tashabbusi mazkur yoʻnalishdagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.
Ikkinchidan, sanʼat va madaniyat sohasida. Qozogʻistonning sanʼat va madaniyat vakillari mamlakatimizda anʼanaviy tarzda boʻlib oʻtadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida muntazam ishtirok etib kelishadi.
Bundan tashqari, 2018-yil “Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili“ deb eʼlon qilinishi doirasida oʻzbekistonlik sanʼat ustalari 5 marotaba konsert, oʻzbekistonlik teatr truppalari 4 ta gastrol namoyishlari, 4 ta tasviriy va amaliy sanʼat koʻrgazmalari, 1 marotaba folklor ekspeditsiya, shuningdek, “Oʻzbek kinosi kunlari” va “Oʻzbek madaniyati kunlari” kabi tadbirlar tashkil qilindi.
2019-yil 15-aprel kuni esa “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 
Yüklə 144,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin