Mundarija kirish: Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari Oʻzbekiston Fransiya



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#92801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘zbekiston va Fransiya

 
 
 
 
 
 
 


24 
Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar 
Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar ham rivojlanmoqda. 
Bu aloqalar 1993 yil oktabrda imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik 
toʻgʻrisidagi bitim asosida olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq Oʻzbekiston 
fuqarosi F.ning turli oʻquv yurtlarida malaka oshirib kelmokda. Ikki mamlakat oliy 
oʻquv yurtlari oʻrtasida talaba va prof.oʻqituvchilar almashish, stajirovka, 
oʻqituvchilar malakasini oshirish kurslari, birgalikdagi seminarlar tashkil etish 
rivojlangan. Oʻz navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, "Parijsyud" va "Parij 
IV" universitetlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro universitetlari, Toshkent 
iqtisodiyot universiteti, "Bretansyud" universiteti bilan Oʻzbekiston jahon tillari 
universiteti oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. F. Oʻzbekistonga Yevropa 
Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham kadrlar tayyorlash sohasida texnikaviy 
yordam koʻrsatyapti. F. Bosh vaziri huzuridagi Davlat boshqaruvi xalqaro instituta 
(DBXI) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasiga texnikaviy yordam koʻrsatish boʻyicha 1 mln. 400 ming ekyu 
kiymatidagi dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshiriddi, fransuz mutaxassislari 
akademiya tinglovchilariga maʼruzalar oʻqishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston 
Respublikasi vazirliklarining xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka 
oshirish kurslarida oʻqib kelayotir. 
Oʻzbek va fransuz olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat bilan 
davom etmokda. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va F. ilmiy 
tadqiqotlar milliy markazi oʻrtasidagi samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 
Ayniqsa, arxeol., astronomiya, oʻsimliklarni himoya qilish sohalaridagi hamkorlik 
yaxshi natija bermoqda. 
1998 yil oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi F.ning 
Atrof muhit va energiyani boshqarish markaziga tashrif buyurdi. Kuyosh 
energiyasidan foydalanish boʻyicha oʻzbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha 
Yevropa hamjamiyati doirasida SOR ERNICUS fantini olishga muvaffaq boʻldi. 
Tashrif davomida mazkur loyihaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. F. 
bilan madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlikda 1995 yildan Toshkentda faoliyat 
yuritayotgan F. Tashki ishlar vazirligi qoshida tuzilgan Markaziy Osiyoni oʻrganish 
fransuz instituti katta rol oʻynayapti. Institut fransuz va oʻzbek olimlari hamda 
tadqiqotchilari hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib 
boradi, ilmiy asarlar chop etadi. Institut arxeol., sanʼat, musiqashunoslik, Markaziy 
Osiyoning qad. va zamonaviy tarixi buiicha boy kutubxonaga ega boʻlib, dunyoning 
barcha mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid chop etilgan asarlarni yigʻishga 
kirishgan. Int kisqa vaqtda "19-asrdan beri Markaziy Osiyodagi islomiy islohotlar", 
"Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yoʻllari", "Rossiyada islom", 


25 
"Temuriylar merosi", "Qoʻlyozmalarni saklash", "Islom va musiqa" mavzularida 
xalqaro konferensiyalar tashkil kildi va ularning materiallarini chop etdi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan F.ning ilmiy tadqiqotlar ilmiy 
markazi oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida arxeol. sohasida samarali hamkorlik 
olib borilmoqda. 1995 yil yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining geol. va geofizika instituta bilan J. Furye hamda Grenobl 
universitetlari oʻrtasida seysmologiya sohasida shartnoma tuzilgan. Oʻzbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi Kime va oʻsimlik moddalari instituti F.ning 
"Lotoksan" tashkiloti bilan birgalikda uzoq muddatli shartnomalar asosida 
kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.Hoz paytda F. ilmiy tadqiqotlar markazi 
bir qator sohalarda, xususan, chorvachilik, vinochilik, nodir metallar, oʻsimliklar 
asosidagi yangi doridarmonlar, neft va gaz mahsulotlari va b. sohalarda hamkorlik 
oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Toshkent texnika universiteti bilan Parij 
universiteti oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan 
agrosuratlarni oʻrganuvchi oʻzbekfransuz ilmiy markaziga asos boʻldi. 
Fransuz sanʼat muxlislarini oʻzbek sanʼati bilan tanishtirish Oʻzbekiston 
mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlangan. 1994 yilda tanikdi oʻzbek 
sanʼatkorlari Turgʻun Alimatov va Munojot Yulchiyeva Parij sahnalarida konsert 
berib, fransuz sanʼat muxlislari olqishlariga sazovor buldi, Parijda ularning bir necha 
lazer disklari chiqaridsi. "Soʻgʻdiyona" ansambli Liondagi milliy konservatoriyada 
uz repertuarini ijro etdi. Oʻzbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996 yil birinchi 
marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola etgan bulsa, 1997 yilda xalq 
qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998 yilda esa Xorazm xalq qoʻshiklari ijrochisi 
Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan "Ijodiy fantaziya 
festivali"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Konsert kunlari "Musavvir" va "Us to" 
birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi kurgazmasini tashkil etishdi. 2004 yil 
davomida Oʻzbekiston BA F.ning yirik shaharlarida oʻzbek zamonaviy tasviriy va 
amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996 yil Parijning "Katta saroy" 
muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati" koʻrgazmasida Oʻzbekiston 
tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali 
namoyish etildi. 1994 yil Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini nishonlash 
doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Oʻzbekiston sanʼat 
ustalarining konserti utkaziddi. "Temuriylar sanʼati va tarixini urganish hamda 
uzbekfransuz madaniy aloqalari" assotsiatsiyasining "Temurid" jur. ning maxsus 
soni Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab chiqarildi. 1996 yil Parijda Amir Temur 
tavalludining 660 yilligi, 1997 yil esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva 
sh.larining 2500 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari utkazildi. Buxoro va 
Xiva sh.lari yubileyi tantanalariga "Oʻzbekiston madaniyati kunlari" ulanib ketdi. 


26 
Shuningdek, Fransiyada oʻzbek yozuvchilarining , Oʻzbekistonda fransuz 
yozuvchilari asarlarining tarjimalari amalga oshirilib kitoblari nashr etilmoqda. Bu 
ishlarni amalga oshirish uchun Fransiya Tashki ishlar vazirligi Alisher Navoiy 
nomidagi dasturni ishlab chiqdi. 2003 yil fransuz yozuvchisi Fransiya Bressanning 
Fransiyada fransuz tilida nashr etilgan "Maftunkor Samarkand" kitobining takdimoti 
bulib utdi. Toshkentdagi F. elchixonasida 2002 yildan V. Gyugo nomidagi fransuz 
madaniy markazi ishlamoqda. 2004 yil fevralda Parijda "Ibn Sino" uyushmasi 
tuzildi. 1998 yil apreldan Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston — Fransiya" dustlik jamiyati 
faoliyat yuritmoqda. Samarkand va Lion, Buxoro va RyuelMalmezon sh.lari 
oʻrtasida toʻgʻridantoʻgʻri hamkorlik aloqalari urnatilgan. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin