Mavzu : kognitiv psixologiyada tafakkur shakillarini urganish



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/5
tarix17.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#115443
  1   2   3   4   5
Mavzu diqqatning neyrokognitologiyasi fan kognitiv psixologiya




MAVZU :KOGNITIV PSIXOLOGIYADA TAFAKKUR SHAKILLARINI URGANISH
MUNDARIJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
I-BOB. Kognitiv psixologiyaning mohiyati hamda neyrokognitologik psixologik nazariyalar tahlili
1.1 Kognitiv psixologiya hamda neyrokognitologik psixologik nazariyalar tahlili
1.2 Bilish jarayonlari va professional faoliyat
Bob yuzasidan xulosalar.
II-BOB. Diqqatning neyrokognitologiyasi o’rganilishining amaliy-empirik tahili hamda metodikalar orqali aniqlash usullari
2.1 Diqqatning mohiyati hamda neyrofiziologik asoslarini o’rganish
2.2 Diqqatning neyrokognitologiyasi o’rganilishining amaliy-empirik tahili hamda metodikalar orqali aniqlash usullari
Bob yuzasidan xulosalar.
XULOSA VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
Kirish
Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko`p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko`rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko`zi bilan ko`rgan har qanday obyektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o`z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar — har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo`shishga moyil bo`ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo`larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o`z diqqatini har qanday mayda o`zgarishlarga ham qaratishga o`rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo`lib boradi. Iqtisodchi-moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o`rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va voqealarni badiiy bo`yoqlarda, o`ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o`sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog`liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo`lmish bilish jarayonlari — idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o`sishidagi roliga to`xtab o`tamiz.
Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o`ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo`lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo`qligini birovlardan so`ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o`zi o`qiyotganligini boshqalardan so`ramaydi. Bunday ishlar o`z-o`zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o`rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko`proq qiziqtiradi va siz «Xotiram ustida ishlashim kerak» degan xulosaga kelasiz.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin