Mavzu : kognitiv psixologiyada tafakkur shakillarini urganish


O’rganilayotgan mavzuning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/5
tarix17.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#115443
1   2   3   4   5
Mavzu diqqatning neyrokognitologiyasi fan kognitiv psixologiya

O’rganilayotgan mavzuning maqsad va vazifalari. O’rganilayotgan mavzuning maqsadi diqqat jarayonlarining mohiyatini anglash, hamda ularning neyro-fiziologik asoslarini o’rganish, shuningdek, diqqatning neyrokognitologiyasi haqidagi psixologik nazariyalarni chuqur o’rganishdir. Shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni

  • Kognitiv jarayonlar tushunchasini anglash;

  • Tafakkur neyrofiziologik asoslarini o’rganish;

  • Tafakkur haqida psixologik nazariyalar bilan tanishish;

  • Tafakkurning mohiyati hamda neyrofiziologik asoslarini o’rganish

  • Ularning turlari, xossalari, hamda vazifalarini tahlil qilish;

  • Tafakkurning neyrokognitologiyasi haqida umumiy tushunchalarga ega bo’lish;

O’rganilayotgan mavzuning obyekti va predmeti. O’rganilayotgan mavzuning obyekti va predmeti kognitiv hodisalar, jarayonlarning hamda diqqat va xotirani o’rganishdagi psixologik va fiziologik nazariyalardan unumli foydalanish. Neyrofiziologik nazariyalar diqqat jarayonlarini fiziologik asoslarga, tamoyillarga asoslanib o’rganilsa, psixologik nazariyalar esa kognitiv hodisalar mohiyatini ochib berishga yordam beradi va shu orqali o’rganilayotgan kurs ishini predmetini ham o’zida aks ettiradi.
Kurs ishining metodologik asosi: Tafakkur va uning nazariy asotsiativ, kognitiv, geshtalt, mantiqiy va bixeviorizm asoslarini ilmiy jixatdan o’rganish va tahlil qilish tadqiqotnini metodologiyasini tashkil etadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish qismi, ikki bob, 4 mavzu xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.
I-BOB. Kognitiv psixologiyaning mohiyati hamda neyrokognitologik psixologik nazariyalar tahlili
1.1 Kognitiv psixologiya hamda neyrokognitologik psixologik nazariyalar tahlili
Kognitiv jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob rеaktsiyalarini bеrish bilan bog`liq jarayonlarning barchasini o`z ichiga oladi. Kognitiv jarayonlar ongning o`zida paydo bo`lib, ongning o`zida tugallanadi dеgan fikrni Sеchеnov mutlaqo noto`g`ri fikr dеb hisoblagan edi. Kognitiv hodisa xali yuzaga kеlmagan natijadan ham darak bеradi.
Kognitiv jarayonlar signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob rеaktsiyasini bеrishga xizmat qiladi.
Kognitiv jarayon, ma'lumki o`ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tеgishli bo`lmalari funktsiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa kеtishi, qaеrda saqlanishi va qayta ishlanishini ko`rsatuvchi javob rеaktsiyasining boshqaruvchisidir.
Kognitiv jarayonlar o`z navbatida bilish jarayonlari, emotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy holatlari va shaxsning individual xususiyatlari dеb nomlangan qismlarga bo`lib o`rganiladi.
Kognitiv hodisalar–bu faoliyatning hozir ta'sir etayotgan (sеzgi, idrok) yoki qachonlardir, ya'ni turmush tajribada (xotira) yuz bеrgan qo`zg`oluvchiga javob tarzida ro`y bеradigan ana shu ta'sirni umumlashtiradigan, ular pirovard natijada olib kеladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko`ra olishga yordam bеradigan, bir xil ta'sirlar natijasida faoliyatni (xis–tuyg`u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar oqibatida uni tormozlaydigan, odamlar xulq–atvoridagi (tеmpеramеnt, xaraktеr va b.) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir.
Tashqi olamni aks ettirishda rol o`ynaydigan jarayonlar dеganda sеzgi, idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz. Biroq boshqa kognitiv jarayonlar ham ta'sir ko`rsatadi.
Kognitiv jarayonlarda I signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun xos bo`lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir.
Xohlagan kognitiv jarayonning sodir bo`lishi va davom etishi shunday bir ruhiy hodisaga bog`liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta'sir o`tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo`lib, shaxsning aktivligini hamda uning ob'еktiv borliqdagi narsa va hodisalarga tanlovchi munosabatini xaraktеrlaydi. Diqqat bo`lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo`lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so`nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko`lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg`ishi, ko`chishi, mazmuni va diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el–yurt xurmatiga sazovor bo`lish uchun ongni bir nuqtaga to`plab faoliyat ko`rsatish zarur.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o`zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o`rganish uchun uni alohida kognitiv jarayonlarga bo`lib o`rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o`zi qiyin. Masalan, ko`rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko`ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko`rgan yoki o`qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to`g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo`ladi. Xattoki, tasodifan qo`limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o`sha narsaning bu yerda qanday paydo bo`lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o`z kognitiv jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o`hshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o`xshash) va uni saqlash (xotira) haqida ko`p gapiradigan bo`lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko`tardi.
Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson kognitivasi kompyuterdan ko`ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko`proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko`rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko`rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko`z o`ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o`ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o`rniga 25 kadr berib, o`sha 25-kadrda «Koka-kola iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro`y bermagan ekan.
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro`y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o`ylanamiz: qayerda ko`rgan ekanman? hech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko`zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko`rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo`lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o`y-fikrlar kelaveradi. o’shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi.
Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi — odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o`zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o`z ongida barcha mavjud ma’lumotni o`ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o`zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o`ziga xos va qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz.

XULOSA
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o`zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o`rganish uchun uni alohida kognitiv jarayonlarga bo`lib o`rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o`zi qiyin. Masalan, ko`rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko`ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko`rgan yoki o`qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to`g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo`ladi. Xattoki, tasodifan qo`limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o`sha narsaning bu yerda qanday paydo bo`lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o`z kognitiv jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o`hshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o`xshash) va uni saqlash (xotira) haqida ko`p gapiradigan bo`lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko`tardi.
Kognitiv Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson kognitivasi kompyuterdan ko`ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko`proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko`rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko`rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko`z o`ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o`ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o`rniga 25 kadr berib, o`sha 25-kadrda «Koka-kola iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro`y bermagan ekan.
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro`y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o`ylanamiz: qayerda ko`rgan ekanman? hech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko`zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko`rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo`lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o`y-fikrlar kelaveradi. o’shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi.
Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi — odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o`zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o`z ongida barcha mavjud ma’lumotni o`ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o`zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o`ziga xos va qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin