Mavzuning dolzarbligi. Kognitiv jarayonlar ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo`lib, agar siz o`z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo`lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o`zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o`rganish uchun uni alohida kognitiv jarayonlarga bo`lib o`rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o`zi qiyin. Masalan, ko`rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko`ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko`rgan yoki o`qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to`g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo`ladi. Xattoki, tasodifan qo`limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o`sha narsaning bu yerda qanday paydo bo`lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ko‘p sonli nazariyalarning mavjudligiga qaramasdan, diqqat hamda Diqqatning neyrokognitologiyasi, Diqqatning mohiyati hamda neyrofiziologik asoslarini o’rganish jarayonlari muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. diqqat tabiati, diqqatning neyrokognitologiyasi jarayonlari haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda. Ayniqsa, diqqatning nazariyalari orasida J.Piage, T.Ribo nazariyasi, P.Ya.Galperinning diqqatning qiziqarli konsepsiyasi A.A.Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyili, D.N.Uznadze fikrlari, D.E.Brodbentning fikrlari qiymatlidir. Inson xotirasining faoliyat sifatida o‘rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, xususan, P.Janening ishlari sabab bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. Jahon psixologiyasida bu konsepsiya L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson oliy kognitiv vazifalari kelib chiqishining madaniy-tarixiy nazariyasida rivojlantirildi. So‘ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi.