Asosiy Endi «Aqliy hujum» metodidan foydalanishni ko’rsatib o’tamiz:
Kognitiv hodisalar, holatlar, jarayonlar haqida tushunchalar haqida so’zlab bering?
Bilish jarayonlari va professional faoliyat haqida gapirib bering?
Tafakkurning mohiyati, fiziologik asoslari va psixologik nazariyalar haqida nimalarni bilasiz?
Tafakkurning kognitologiyasi haqida umumiy tushunchalar nimalardan iborat?
Endi, «Venn diagrammasi» metodi asosida o’qitishni ko’rib chiqamiz. Bu metodni kichik guruhlar ishini tashkil etish uchun, shuningdek, o’quvchilarni individual ishlashini tashkil etish uchun ham ishlatiladi. Metod ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy bilimlar, ma’lumotlarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Bu metoddan muayyan bob, bo’lim bo’yicha yakuniy darslarni tashkil etishda, takrorlash darslarini o’tkazishda foydalanish maqsadga muvofiq. Metod quyidagi bosqichlarda amalga oshriladi:
Ta’lim oluvchilar guruhlarga bo’linadi yoki individual ishlashi uchun sharoit yaratiladi; Ekranga yoki doskaga topshiriq mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi; Har bir guruhga yoki individual ishtirokchilarga mavzu yuzasidan alohida topshiriqlar beriladi; Topshiriqlar bajarilgach, guruhning bitta a’zosi taqdimotini o’tkazadi; Taqdimotlar katta guruhda muhokama qilinadi.
Biz tanlagan mavzu bo’yicha ham guruhni 2 yoki 3 ta kichik guruhga bo’lish va ularga quyidagicha Venn diagrammasi tuzishni tavsiya etish mumkin:
Ushbu mavzuni yoritishda «FSMU» texnologiyasidan ham unumli foydalanilsa bo’ladi: