Mundarija kirish: Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari Oʻzbekiston Fransiya



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#92801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘zbekiston va Fransiya

Birinchidan, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida siyosiy muloqotlar faollashdi. 2017 
yilning may oyida Parijda va shu yilning aprel oyida Toshkentda Oʻzbekiston hamda 
Fransiya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Muzokaralar 
yakuniga koʻra, tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston va 
Fransiya TIVning 2017-2018 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. 
Bu tomonlarning oliy darajadagi siyosiy muloqotni kuchaytirishga eʼtibor 
qaratayotganidan dalolatdir. 
Ikkinchidan, avvalgi yillarda yoʻlga qoʻyilgan parlamentlararo aloqalarga yangi 
surʼat berildi. 2017 yil oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 
Fransiya Respublikasi Senati bilan hamkorlik boʻyicha guruhining amaldagi tarkibi 
yangilandi.Oʻzbekiston parlamenti jamiyat taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatish imkonini 
beruvchi sifat jihatidan oʻzgacha, real vakolatlarga ega boʻla boshlagan bir paytda 
qonun 
chiqaruvchi 
organimiz 
Yevropaning 
demokratiya 
rivojlangan 
mamlakatlaridan boʻlmish Fransiyadagi parlament faoliyatining shakl va 
mexanizmlarini oʻrganishdan manfaatdor. 
Uchinchidan, savdo-iqtisodiy hamkorlikda ham ijobiy oʻsish kuzatildi. 2018 yil 
birinchi yarmi yakunlariga koʻra, tovar ayirboshlash hajmi 146,2 million dollarni 
tashkil qildi va bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 12 foiz koʻp. 
Bundan tashqari, 2001 yildan buyon Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik 
boʻyicha oʻzbek — fransuz hukumatlararo komissiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. Shu 
yilning iyul oyida Fransiyada oʻtkazilgan komissiyaning soʻnggi (yettinchi) 
yigʻilishi yakunlariga koʻra, oʻzbek mahsulotlarini “koʻhna qitʼa”ning ushbu 
davlatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazishni maqsadli ravishda tashkil etish uchun 
Fransiyada ilk bor Oʻzbekiston savdo uyi ochildi.Fransuz kompaniyalari oʻzbek 
sheriklari bilan hamkorlik qilishga amaliy qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. 
Xususan, oʻtgan yili “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” oʻzbek — fransuz 
qoʻshma korxonasini barpo etish boʻyicha loyiha ijrosiga kirishildi. Ushbu zavodni 
2018 yil oxirida foydalanishga topshirish koʻzda tutilmoqda. 


19 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin