22
Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari — Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatiya
munosabatlari 1992 yil fevralda oʻrnatilgan boʻlsada, mamlakatlar orasidagi aloqalar
uzoq tarixga borib taqaladi. Fransiya qiroli Karl VI de Valua (1368 — 1422) va Amir
Temur davridagi oʻzaro savdo-sotiq va doʻstona munosabatlarga oid yozishmalar
bizga maʼlum.
1992 yil Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, 1995 yil Oʻzbekistonning
Fransiyadagi elchixonasi oʻz
faoliyatini boshlagach, oʻzaro aloqalar,
delegatsiyalarning tashriflari yoʻlga qoʻyildi. Ikki tomonlama aloqalar
rivojlanishining tamal toshlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning 1993 yil oktabrda Fransiyaga davlat tashrifi paytida qoʻyilgan boʻlib,
unda bir qator shartnomalarga imzo chekildi. Oʻzbekiston Respublikasi va
Fransiya
Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi "shartnoma, hukumatlar
oʻrtasida investitsiyani himoyalash va oʻzaro ragʻbatlantirish haqidagi bitim,
hukumatlarning madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimi shular
jumlasiga kiradi. 1994 yil aprelda Fransiyaning sobiq prezidenti F. Mitteran eng
rivojlangan yetti davlat rahbarlari orasida birinchi boʻlib, Oʻzbekiston
Respublikasiga davlat tashrifi bilan keldi. Prezident Islom Karimovning Fransiyaga
1996 yil apreldagi ikkinchi tashrifi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov hamda Fransiya prezidenti Jacques Chiracning 1996 yil iyunda Florensiya
da Yevropa Ittifoqi rahbarlarining sammitidagi, 2002
yil davlat rahbarlarining
NATOga aʼzo davlatlar rahbarlarining Pragadagi sammitida uchrashuvlari ikki
tomonlama aloqalarni yangi darajaga koʻtarish imkoniyatini berdi. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil 21—24 apreldagi ikkinchi
tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi poyunaga koʻtardi. Islom
Karimovning Fransiya Respublikasi Prezidenti Jacques
Chirac bilan uchrashuvi
chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada
rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Ushbu tashrif davomida Islom
Karimov UNESCO qarorgoxdsa tashkil kilingan "Temuriylar davrida fan,
madaniyat va taʼlimning rivoji" mavzusidagi koʻrgazmada ishtirok etdi.
Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida oʻzaro tovar aylanmasi 2003 yil 72,3 mln. AQSH
dollari, shundan eksport 24 mln., import 48,3 mln. dollarni tashkil etdi. Eksportda
paxta tolasi 74,4%, toʻqimachilik mahsuloti 13,4%, kimyo mahsulotlari 8,8%,
agrosanoat majmuasi mahsulotlari 2,9%ni, importda esa elektronika va elektr
uskunalar 26,2%, kimyo mahsulotlari 23,3%, mexanika uskunalari 13,7%,
farmatsevtika va parfyumeriya mahsulotlari 13,6%, maishiy texnika 7,9%, transport
vositalari 5,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 3,6%ni tashkil etdi.
2003 yilda Oʻzbekistonda F.ning 14 kompaniyasi va 2 banki ("Kredi Kommersial
de Frans" va "Sosiyete Jeneral") ishladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 15
23
qoʻshma korxona, 100% fransuz sarmoyasi bilan 2 korxona faoliyat olib boradi.
2004 yil 14 —16 yanvarda Oʻzbekiston — Fransiya savdoiqtisodiy hamkorlik
hukumatlararo komissiyasining 2majlisi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat hamkorligi
rejalariga muvofiq, "Sosiyete Jeneral" bankining krediti hisobiga "Buxoro viloyatida
suv taʼminotini yaxshilash" dasturi (8,1 mln. AQSH dollari) amalga oshiriladi va 2
ta "Boeing 767-300ER" samolyota (187,9 mln. AQSH dollari) sotib olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi "Rom Pulek" fransuz
kimyo korxonasi bilan rasmiy aloqa oʻrnatgan. Toshkentda bu korxonaning
vakolatxonasi ochilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Pochta
va telekommunikatsiya
agentligi bilan F.ning pochta va telekommunikatsiya vazirligi oʻrtasida
telekommunikatsiya jihozlarini i.ch. va ulardan foydalanish soxasidagi hamkorlikni
chuqurlashtirish haqida bayonnoma imzolangan. Oʻzbek xonandasi Matluba
Dadaboyeva 1996 yil birinchi marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola
etgan bulsa, 1997 yilda xalq qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998 yilda esa Xorazm
xalq qoʻshiklari ijrochisi Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan
"Ijodiy fantaziya festivali"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Konsert kunlari
"Musavvir" va "Us to" birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi kurgazmasini
tashkil etishdi. 2004 yil davomida Oʻzbekiston BA F.ning yirik shaharlarida oʻzbek
zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996 yil Parijning
"Katta saroy" muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati" koʻrgazmasida
Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan
haykali namoyish etildi. 1994 yil Mirzo Ulugʻbekning 600
yillik yubileyini
nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy anjuman,
Oʻzbekiston sanʼat ustalarining konserti utkaziddi. Oʻzbekiston BA F.ning yirik
shaharlarida oʻzbek zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi.
1996 yil Parijning "Katta saroy" muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik
sanʼati" koʻrgazmasida Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin
olgan
Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi.
Dostları ilə paylaş: