ASAKA
AGROTEXNALOGIYALAR
TEXNIKUMI
Raqamli axborotni qayta ishlash analitigi
01-gurux 2-bosqich talabasi
Karimov Nodirbekning
Chorvachilik fanidan
Mustaqil Ishisi
Topshiruvchi : N.Karimov
Qabul qiluvchi : M.To`raxonov
Mavzu : Qoramollarni parvarish qilish
Reaja:
1. Qoramolchilik
2. Qoramollar teyleriozining profilaktikasi.
3. Ularni kasalliklari haqida
Qoramolchilik - chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini goʻsht, sut mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan taʼminlaydi. q. chiqindisi boʻlgan goʻng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qoʻllaniladi (baʼzi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Qoramolchilik xoʻjalik tarmogʻi sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo boʻlgan. Dastlab qoramoldan goʻshti uchun hamda ish hayvoni sifatida foydalanilgan. Sut isteʼmol qilina boshlagach, odamlar undan yogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashni oʻrgandilar, natijada sut Qoramolchilikining ahamiyati oshdi, sut sanoati shakllandi.
Qoramolchilik qadimdan hozirgi Oʻzbekiston hududida intensiv sharoitlarda va yaylov usulidarivojlangan. 19-asr oxiriga qadar Qoramolchilikning asosiy qismini kammahsul, jussasi mayda jaydari hamda zebusimon qoramollar tashkil qilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab respublikada mahalliy va zebusimon qora-mollarni madaniy qoraola, qizilchoʻl va shvits zotlari bilan chatishtirish asosida mahsuldor podalar guruhini shakllantirish hamda nasldor sof zotli qoramollarning reproduktor xoʻjaliklarini tashkil etish, davlat va kooperativ xoʻjaliklari Qoramolchilik sut-tovar fermalarini rivojlantirish va sutchilik komplekslarini tashkil etish, Qoramolchilikni ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va sanoat texnologiyalari asosiga oʻtkazish ishlari amalga oshirildi. Qoramolchilikning sut, sut-goʻsht, goʻsht hamda naslchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklar, naslchilik zavodlari, xoʻjaliklari va fermalari tashkil etildi. natijada 80-yillarga kelib qoramollar zotdorligi 98—99% ga yetkazildi. Nasldor sigirlarning 3800–4100 kg sut beradigan podalari barpo etildi. Goʻshtchilik komplekslarida parvarish qilingan novvoslar vazni 12—13 oyligida 400–420 kg ga koʻtarildi. Tumanlarda tashkil etilgan xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonalarida qoramollarni jadal boqish va boʻrdoqilash ijobiy natijalar berdi. Qoramolchilik amaliyotining taraqqiy etishida ilgʻor tajriba va fan yutuqlari muhim rol oʻynadi. 1932-yilda chorvachilik tajriba st-yasining va 1939-yilda Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutining tashkil etilishi chorvachilik va xususan Qoramolchilik sohasida muhim burilish boʻldi. Qoramolchilik rivojining tipologik, ozuqa va seleksiya asoslari ishlab chiqildi hamda amaliyotga keng joriy qilindi. 1924-yilda qoramollar soni 1229,4 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 407,5 ming boshni tashkil qilgan boʻlsa, 1991-yilda bu koʻrsatkichlar tegishlicha 4580,8 va 1856,4 ming boshga, 2004-yilda 5873 va 2556,7 ming boshga yetdi. 1924-yilda goʻsht yetishtirish (tirik vaznda, ming t) 84,0, 1991-yilda 789, 2003-yilda 935,5; sut yetishtirish tegishlicha 262,0, 3034,2 va 4030,3 ni tashkil etdi. sigirlardan oʻrtacha sut sogʻib olish 1924-yilda 400 kg dan 1990-yilda 1685 kg ga, qoramollarni goʻshtga topshirish vazni 150 kg dan 401 kg gacha koʻtarildi. Keyingi 14—15 yil mobaynida qoramollar soni va yetishtirilgan yalpi chorva mahsulotlari hajmi oʻsdi. Qoramolchilik sohasida tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarida mahsuldorlik koʻrsatkichlari yaxshilandi. 1990 — 2003-yillarda respublikada qoramollar soni 1293,9 ming boshga yoki 28,3%ga, sigirlar soni 700,3 ming boshga yoki 37,7% ga koʻpaydi.
Oʻzbekistonda Qoramolchilik boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida olib boriladi. Qoramolchilik fan sifatida oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining zoomuhandislik va veteri-nariya fakultetlarida oʻqitiladi.
Xorijiy davlatlarda sut yoʻnalishidagi Qoramolchilik, ayniqsa, Gollandiya, Daniya, Germaniya, Isroil, AQSH, Kanada, Yaponiya va Yangi Zelandiyada rivojlangan (sigirlarning oʻrtacha sut sogʻimi 8—11 ming kg). Goʻshtdor q. AQSH, Fransiya, Angliya, Italiya, Kanada va Avstraliyada tashkil etilgan (goʻsht olinadigan 14—15 oylik novvoslar vazni 500—550 kg). Dunyo mamlakatlarida urchitilayotgan qoramollar soni 1,33 mlrd. bosh atrofida (1999). Jahonda turli tabiiy iqlim sharo-itlariga moslashgan 250 dan ortiq qoramol zotlari boqiladi.
Qoramol — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi hayvonlar. Qoramolga haqiqiy buqalar turkumiga mansub yirik xonaki kenja turlar — sigir, buyvol, qoʻtos hamda gayal, bizon, zubr va boshqa kiradi. Mil.dan bir necha ming yil avval Yevropa, Osiyo, Amerikada tarqalgan. Xonaki Qoramol yovvoyi buqa (tur) dan kelib chiqqan. Yevvoyi buqalarning oxirgi ajdodlari 17-asr boshlarida qirilib ketgan. Qoramol 8 ming yil ilgari Xindistonda, soʻng Gʻarbiy Osiyo, Oʻrta dengiz, Oʻrta Yevropada xonakilashtirilgan. Kraniologik belgilariga qarab, Qoramol toʻrt asosiy kenja turga boʻlinadi: dasht va tekis zona yevropa Qoramoli — uzu n shoxli; togʻ va oʻrmon zonasi Qoramoli — kalta shoxli; Markaziy Osiyo Qoramoli; Jan.Osiyo va Shimoliy Afrika Qoramoli — zebu. Qoramollar yoshi va jinsi boʻyicha buzoq, tana, novvos, gʻunajin, sigir, buqa va boshqa guruhlarga boʻlinadi. Mahsuldorlik turlariga qarab sut, sut-goʻsht va goʻshtsut yoʻnalishidagi zotlarga ajratiladi. Oshqozoni toʻrt kamerali, yelini toʻrt soʻrgʻichli. sigirlar 20 (35), buqalar 15—20 yil yashaydi. Sut yoʻnalishidagi sigirlardan xoʻjaliklarda 12—13 yil, zotli buqalardan 5—10 yil foydalaniladi. Qoramol 5 yoshgacha (ayrim sekin oʻsadiganlari 6—7 yoshgacha) oʻsadi. Urgʻochi buzoq 7—9, erkagi 14—18 oyligida jinsiy yetiladi. Sigirlarning boʻgozlik davri 285 kun. Sigir, odatda, bittadan buzoqlaydi, egizaklari kam uchraydi. Urgʻochi buzoq zotiga qarab 18—45, baʼ-zan 50 kg gacha, erkak buzoq urgʻochi buzoqdan 1–3 kg ortiq tugʻiladi. sigirlari 200—600, buqalari 300–900 kg. Qoramol mahsuldorligi uning zoti va boqilishiga bogʻliq. Sersut sigirlardan bir kunda 8–40 kg, bir yilda oʻrtacha 3500–4000 kg (17000 kg gacha), yogʻliligi 3,6—4% boʻlgan sut sogʻib olinadi. Sigirlarning sersutligiga qarab 1 kg sut uchun 0,8—1.3 ozuqa birligi sarflanadi. Sogʻim davri 280—320 kun. Goʻsht uchun boqiladigan q. zotlaridan sogʻim davrida 1000 kg gacha sut sogʻib olinadi. Tez yetiladigan zotlardan toʻrtinchi, kech yetiladiganlaridan beshinchi-oltinchi, baʼzan yettinchi sogʻim davrida eng koʻp sut sogʻib olinadi. sigir suti odam uchun qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, oziq-ovqat sanoati uchun muhim xom ashyo (tvorog, pishloq va boshqalar). Goʻsht uchun boqiladigan zotlarda goʻsht mahsuldorligi yuqori (goʻsht chiqimi 48—70%), 1,5—2 yoshli buzoqlarning tirik vazni 400–450 kg. Mol goʻshti yuqori kaloriyali, parhez oziq-ovqat mahsuloti. Terisidan turli navli charm, chiqindilari qayta ishlanib, goʻsht-suyak va qon uni, endokrin preparatlari, stearin, yelim, sovun va boshqa tayyorlanadi. Buqa va hoʻkizlardan ish hayvoni sifatida foydalaniladi. Dehqonchilik uchun muhim boʻlgan organik oʻgʻit (goʻng) olinadi. Bir shartli bosh mol bir yilda 10 t goʻng beradi.
Q boqish sharoitiga yaxshi moslashadi, koʻp hajmdagi ozuqani, dagʻal oʻsimliklarni ham tez hazm qiladi. U yaylov oʻtlari, silos, ildizmeva, aralash yem, shuningdek, protein, mineral va vitaminli ozuqalar bilan boqiladi. Vazni, mahsuldorligi, fiziologik holati, oziqlanishi, protein, mineral moddalar va vitaminlarni hazm qilishiga qarab oziqlanish normasi belgilanadi. Bogʻlab (ogʻilxonalarda) va yaylovlarda boqiladi.
Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan sutning 98—99% va goʻshtning 63—65% Qoramollar hisobiga toʻgʻri keladi. Barcha toifadagi xoʻjaliklarda urchitilayotgan Qoramollar soni 5873,9 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 2556,7 ming boshni tashkil qildi (2004).
Oʻzbekistonda boqiladigan asosiy zotlar: qizilchoʻl, bushuyev, qora-ola va shvits q. zotlari, shuningdek, qisman jaydari va zebusimon sigir zotlari ham uchraydi.
QORАMOLLАRNI BOʼRDOQILАSH Respublikamiz aholisini sifatli goʼsht mahsulotlari bilan talab darajasida taʼminlashda qoramollarni zoti, zotdorligi, yoshi, saqlash va parvarishlash sharoiti hamda oziqlantirish texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda goʼsht ishlab chiqarish uchun boʼrdoqilanayotgan yosh chorva mollarini oziqlantirishda xoʼjalikda mavjud oziqalardan tashqari oziq-ovqat sanoati, konserva zavodlari, pivo va vino ishlab chiqarish zavodlari, paxta va yogʼ sanoati chiqindilari hamda oshxona chiqindilari kabi arzon ozuqalardan foydalangan holda yosh qoramollarni 18 oyligidayoq 400-450 kg –ga yetkazish texnologiyasini qoʼllash samarali natijalar beradi. Yosh qoramollardan jadal texnologiya asosida goʼsht yetishtirish quyidagi uch davrdan iborat: 4-6 oylik erkak buzoqlar 4 oy davomida parvarish hamda keyingi 4 oy davomida oʼstirish va oxirgi 2-4 oyda jadal boʼrdoqilash davrlarini oʼz ichiga oladi. Parvarishlash davrida ozuqaning 35 % ni dagʼal, 30 % ni omuxta ozuqalar qolgan 35% % ni shirali ozuqalar tashkil qiladi. Oʼstirish davrida kontsentrat ozuqalar miqdori 39 % ga koʼpaytirish orqali jadallashtiriladi. Oʼrtacha kunlik oʼsish 800 grammni tashkil qiladi. Boʼrdoqilash texnologiyasi boʼyicha 150 kun boʼrdoqilanadi. Boʼrdoqilash davri ham 3 davrga boʼlinadi. 30 kun tayyorlash, 60 kun asosiy va 60 kun yakuniy. Ushbu davrda yosh qoramollar vazni kuniga 900- 1000 grammdan oʼsadi. Boʼrdoqilashning 1-davrida oziqlantirish ratsionining toʼyimliligi boʼyicha quruq moddaga nisbatan 38 % ni shirali, 19% ni dagʼal hamda 43 % ni kontsentrat ozuqalar tashkil qiladi. 2 davrdan boshlab mollarning ratsioniga paxta sheluxasi kiritiladi hamda kontsentrat ozuqalar miqdori 44% ga yetkaziladi. Boʼrdoqilashning 3 davrida oʼrtacha kunlik oʼsish 1000 gramni tashkil qiladi. Mollarga beriladigan ozuqalar yaxshilab maydalanadi, aralashtiriladi, osh tuzi va mineral tuzlar qoʼshilib omuxta holida beriladi. Ratsionda kontsentrat ozuqalar 56 % ga koʼtariladi, shirali ozuqalar 27 %, paxta sheluxasi 17 % ni tashkil etib, oʼrtacha 13,5 kilogramm ozuqa birligiga yetkaziladi. Dehqon va shaxsiy yordamchi xoʼjaliklarda mollarni boʼrdoqilashda yengil tipdagi binolar va ayvon, bostirmalarda foydalanish hamda oziqlantirishda esa somon, pichan, paxta sheluxasi, shrot, kepak, oziq-ovqat sanoati , poliz va sabzavot ekinlari chiqindilaridan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiq. Dagʼal ozuqalarni toʼyimliligini oshirish uchun 3-4 sm uzunlikda maydalanadi, pivo va vino bardasi yoki kepak atalasi qoʼshib uvitiladi. 100 kg somonga 100-120 litr 1 % li tuzli suv qoʼshilib, har bir bosh qoramolga 80-100 grammdan mochevina qoʼshib beriladi. Bunday usulda tayyorlangan ozuqa qoramollar oshqozonida tez hazm boʼladi va toʼyimliligi oshadi. M Kasallikning kechishi va klinik belgilari.
Teyleriozni Hyalomma avlodiga
mansub ikki egalik detritum va uch egalik anatolicum deb nomlanuvchi kanalar
tarqatadi. Ular hayvonlarning qonini so‘rish bilan bir vaqtda o‘z so‘lak bezlaridagi
kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarni hayvon tanasiga yuboradi. Kasallikning birinchi
belgisi molni kana chaqqanidan 17-21 kun o‘tgach kurak oldi, son va yelin usti limfa
tugunlari kattalashadi, tana harorati 40,6-41,2
0
C gacha ko‘tariladi.
Dostları ilə paylaş: |