Turkmaniston hududida joylashgan bu manzilgoh 1955 – 1963 yillarda tadqiq qilina boshlagan



Yüklə 491,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix17.06.2023
ölçüsü491,37 Kb.
#131664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9



 



MUNDARIJA: 
KIRISH………………………………………………………………..…….3 
I BOB. JANUBIY O‘RTA OSIYODA ILK SHAHARLARNING PAYDO 
BO‘LISH XUSUSIYATLARI………………………………………………..9 
1.1. O‘rta Osiyo hududida ilk shaharsozlik va davlatchilikning tashkil 
topishining o‘ziga xos xususiyatlari……………………………………………….9 
1.2. Marg‘iyona va uning ilk shaharlari.............................................................18 
 
II BOB. OLTINTEPA – JANUBIY O‘RTA OSIYONING QADIMGI 
SUG‘ORMA DEHQONCHILIK MANZILGOHI SIFATIDA.......................29 
 
2.1. Oltintepa qadimiy shahar yodgorligi: xronologiyasi va tipologiyasi.............29 
2.2. Oltintepa qadimiy shahar yodgorligining moddiy manbalari………………38 
 
XULOSA………………………………………………………………… ..46 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………….50 



KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. XX asr oxirida xalqimiz-
ning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi, O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. 
Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi, yangi jamiyat 
qurish uchun tub o‘zgarish va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda 
barpo etilayotgan siyosiy tuzum demokratik, huquqiy davlat bo‘lsa, ijtimoiy 
tuzumni-qonun ustivor bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir. O‘zbekistonda tarixiy 
jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga 
o‘tish, xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar 
amalga oshirildi. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy
ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho 
mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma'naviy boyliklar, qadriyatlar, 
davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan 
ushbu ma'naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix 
fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimov ta'kidlaganidek: “....Tarix xotirasi,... milliy o‘zlikni anglashni, ta'bir joiz 
bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi”
1

Shuningdek, Prezident I. A. Karimov o‘zining bir qator risola va nutqlarida “Milliy 
mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba - bu haqqoniy yoritilgan tarixdir” - 
deb ko‘rsatadi
2
.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixchilari oldida haqqoniy tarixning 
yoritilishi lozim bo‘lgan masalalari ko‘lami ham aniqlandi. Mustabid sovetlar 
hukmronligi davrida, kommunistik mafkura ta'sirida o‘zbek xalqi tarixida kechgan 
jarayonlar sinfiylik, partiyaviylik prinsiplari asosida ma'muriy-buyruqbozlik tizimi 
manfaatlariga bo‘ysundirilgan holda soxtalashtirildi, noto‘g‘ri talqin etildi. Bu 
davrga oid tadqiqotlarda o‘zbek xalqi tarixining ayrim muammolari umuman 
chetlab o‘tildi. Bunday masalalar jumlasiga o‘zbek davlatchiligi tarixini kiritish 
mumkin.
1
Qarang: Каримов И. А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид: барқарорлик шартлари ва 
тараққиёт кафолатлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – Б. 102. 
2
Каримов И. А. Миллий истиылол мафкураси – халы эътиыоди ва буюк келажагига ишончдир. – Тошкент: 
Ўзбекистон, 2000. – Б. 14. 



Bugungi zamon mustabid sovet tuzumi mafkurasi asoratlariga, eskicha fikr-
lashga barham berish, tarixiy voqealar va jarayonlarni baholashda milliy manfaat-
lardan kelib chiqish zarurligini talab qilmoqda. O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi 
tarixini umumjahon taraqqiyoti nuqtai nazaridan, aniq tarixiy faktlarga tayanib, 
xolis va ilmiy asosda tadqiq etib, xalqqa yetkazish zaruriyati paydo bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1998-yil 26-iyunda bir 
guruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvida Respublika tarixchilari 
oldiga aynan shunday vazifa qo‘yildi. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyunida qabul qilingan “O‘zbekiston Respub-
likasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
qabul qilingan Qarorida ham o‘z ifodasini topgan. Unda xususan, o‘zbek xalqi va 
uning davlatchiligining haqqoniy tarixini o‘rganish, “eng qadimdan hozirga qadar 
davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti masalalarini o‘rganish» lozimligi 
qayd etilgan
3

Ma'lumki, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda arxeologiya fani muhim 
rol o‘ynaydi. Chunki, mazkur fan orqali vatanimiz tarixi ning eng qadimgi 
davrlardagi tarixinining dolzarb muammola riga oydinlik kiritiladi. Bu 
jarayonda yurtimiz va qo‘shni davlatlar hududidan topilgan yodgorliklar 
alohida ahamiyatga ega. Bunday yodgorliklar sirasiga Seleng‘ur, 
Siyobcha, Jarqo‘ton, Sopollitepa, Kaltaminor, Chust madaniyati, Anov I, 
Anov II, Qovunchi madaniyati, Namozgoh, Oltintepa kabi yodgorliklar 
kiradi. 
Ana shunday qadimiy yodgorliklardan biri – Turkmaniston hududi-
da joylashgan Oltintepa manzilgohidir. Bu manzilgoh bronza davriga oid 
bo‘lib, uzoq yillar davomida yaxshi o‘rganilmagan yoki va e'tibordan 
chetda qolganligi ajablanarlidir.
3
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “ЎзР ФА Тарих институти фаолиятини такомиллаш-
тириш тўғрисида”ги Қарорри // Ўзбекистон овози. 1998 йил 28 июль 




Yüklə 491,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin