2.2. Oltintepa qadimiy shahar yodgorligining moddiy manbalari
Keyingi yillardagi tadqiqotlar tufayli O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari,
xususan, Marg‘iyona va Baqtriya hududlari paleolit davridan boshlab odamzotning
makoni bo‘lib kelganligi, mezolit davrining oxirlari va neolit davrida ularning
merosxo‘rlari oddiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik asosida mahsulot ishlab
chiqarishganlar. Bu jamoalar avlodlarining davomchilari esa bronza davrida,
ayniqsa, uning so‘nggi bosqichlarida yirik aholi markazlarining, ya'ni ilk
shaharsozlikning paydo bo‘lishida uning haqiqiy ijodkorlari bo‘ldilar. Bu
jarayonning mahalliy asosda paydo bo‘lganligi va Sharq sivilizatsiyasining
ajralmas qismi ekanligini olimlarimizning qator izlanishlarida o‘z yechimini topdi.
O‘rta Osiyoda va xususan, O‘zbekistonda shaharlashish yoki urbanizatsiya
masalalarini o‘ragnishda V. M. Masson, A. Asqarov, Yu. F. Buryakov, V. I.
Gulyayev, A. S. Sagdullayev, P. Adams, V. I. Sarianidi, E. V. Rtveladze, Yu. V.
Andreyev, E. V. Sayko, T. Sh. Shirinov kabi olimlarning tadqiqotlari muhim
ahamiyatga egadir. Bu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi bronza davri va ilk
temir asrida O‘rta Osiyo janubiy mintaqalarida yashagan xalqlar tarixida muhim
burilish davri bo‘lgan. Zero, bu davr ibtidioy jamiyat tuzumining jadal tarzda
inqirozi, sinfiy munosabatlar va davlatchilikning vujudga kelishi bilan
xarakterlanib, aynan shu davrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan
bog‘liq holda dastlabki shaharlar paydo bo‘ladi.
O‘rta Osiyo ilk shaharlar tarixini qiyosiy o‘rganishda sivilizatsiyaning bir-
lamchi o‘choqlari hisoblangan Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, Mezo-
amerika va boshqalar ham muhim ahamiyatga ega. Binobarin, qadimgi sivili-
zatsiyaning dastlabki o‘choqlari jahonning turli mintaqalarida va sharoit,
xususiyatlari bilan bog‘liq holatda vujudga kelgan bo‘lsa-da, ular sinfiy jamiyatga,
51
Гуляев В. И. Города Мая...– С. 76–77.
52
Павленно Ю. В. Раннеклассовые общества....– С. 138; Дандамаев М. А., Луконин В. Г. Культура и
экономика Древнего Ирана. – М.: Наука, 1980. – С. 41–71.
39
davlatchilik va shahar madaniyatiga o‘tish jarayonlarini yagona dialektik xususiyat
birlashtirib turadi. Masalan, birinchi sivilizatsiyalar jamiyati sotsial strukturasini
qaraydigan bo‘lsak, bu jarayon eski va yangi dunyoning qaysi mintaqasida sodir
bo‘lishidan qat'iy nazar, u tarixiy taraqqiyotning umumiy qonuniyati asosida
namoyon bo‘ladi.
53
Arxeolog, urbanolog V. I. Gulyayev yangi dunyodagi qadimgi
Mayya jamiyatining sotsial strukturasini ochib berishda Mesopotamiya va Misr
manbalaridan unumli foydalangan. Taniqli olim V. M. Masson ham turli qit'alarda
tashkil topgan birinchi sivilizasiyalarni boshqalari bilan taqqoslab o‘rganishni
ma'qullaydi. Ammo V. M. Masson va ayrim tadqiqotchilar, jumladan, K. K.
Lamberg – Karlovskilar O‘rta Osiyoda bronza davrida vujudga kelgan oazis (voha)
sivilizatsiyasi birlamchi o‘chog‘ bo‘lmasdan, balki u qo‘shni mamlakatlar
hududidagi sivilizatsiya, xususan, Mesopotamiya, Eron, Hindiston ta'sirida tashkil
topgan bo‘lishi mumkin, degan mulohazalarni olg‘a suradilar
54
. Ammo, taniqli
arxeolog olimlardan A. Asqarov va T. Shirinov bunday tezislar jamiyat tarixiy
taraqqiyoti umumiy qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini ta'kid etadilar, ya'ni bu
mualliflar O‘rta Osiyo janubida tashkil topgan shahar madaniyati va sinfiy jamiyat
mutlaqo mustaqil ravishda vujudga kelganligi va birinchi sivilizatsiya tashkil
topgan mintaqalar singari u ham o‘sha qonuniyatlarni o‘zida to‘la aks ettirgan,
degan yangi xulosalarni bildiradi.
55
Urbanizatsiya jarayonini o‘rganish qaysi bir mintaqada sodir bo‘lmasin, u
xalqlar tarixini o‘rganish bilan bog‘liqdir. Xususan, V. I. Gulyayev shaharlashish
madaniyati haqida fikr bildirib, shahar jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy
strukturani to‘g‘ri oydinlashtirib boradigan manba bo‘lib, bu hodisaning kelib
chiqishi, uning ichki tizimini va o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalab beruvchi
alomatlarni namoyon qiladi, deydi
56
.
Ko‘p yillar davomida tadqiqotchilar orasida O‘rta Osiyo jamiyatida urbani-
zatsiya jarayoni antik davrda boshlangan degan fikr humkron bo‘lib kelayotgan
53
Аскаров А., Ширинов Т. Эпоха бронзы Юга Средней Азии. – Самарканд, 1993. – С. 10.
54
Массон В. М. Первые цивилизации. – Л., 1989. – C. 193 Ламберг-Корловски К. К. Модели взаимодействия
в III тысячилетий до н.э: от Месопотамия до долины Инда // ВДИ. – 1990. – №1. – С. 3–21.
55
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 11–12.
56
Гуляев В. И. Города-государства Мая (структура и функции города в раннеклассовом обществе) – М.:
Наука, 1979. – С. 92.
40
edi. Ammo urbanizatsiya xususiyatlariga ega bo‘lgan Marg‘iyonadagi Yoztepa,
Shimoliy Baqtriyadagi Qiziltepa, shuningdek, Shimoliy Parfiyadagi Yelkantepa II,
Dog‘istondagi Madau, Izzatko‘li, So’g‘ddagi Yerqo‘rg‘on, Farg‘onadagi Dalvarzin
singari aniq shahar madaniyatiga ega bo‘lgan ilk temir davri arxeologik
yodgorliklari inobatga olinmasdan kelindi. Bu yodgorliklar barcha xususiyatlari
bilan aslda O‘rta Osiyoning haqiqiy shaharlari edi, degan aniq xulosani Yu. A.
Zadneprovskiy bildiradi
57
.
A. Asqarov, T. Shirinovlarning so‘nggi yillarda olib borgan tadqiqotlari bu
jarayonga yangi ilmiy oydinliklar kiritdi. O‘rta Osiyo ilk temir asri shahar
madaniyati qisqa tarixiy hodisa bo‘lsa-da, u tashqaridan, ya'ni o‘zga yurtlardan
kirib kelingan emas, balki urbonik ob'ektlarning uzoq davrlar taraqqiyoti mahsuli
sifatida namoyon bo‘lgan, uning kelib chiqishi bronza davri madaniyati bilan
bog‘liq, degan yangi xulosalar bildirildi
58
. Binobarin, O‘rta Osiyoning janubiy
sarhadlarida, jumladan, Baqtriya va Marg‘iyona hududlarida bronza davri
madaniyati (miloddan avvalgi III–II minginchi yillikning oxirlari)dayoq o‘troq
dehqonchilik bilan bog‘liq hududlarda, mahalliy, tub negizga asoslangan
irrigatsiya asosidagi an'anaviy sug‘orma dehqonchilik vohalari tashkil topgan edi.
Ana shunday tarixiy vohalarda dehqonchilik iqtisodi bilan bog‘liq ilk shahar
markazlari vujudga keldi. Bu davr shahar markazlariga Turkmanistondagi
Oltintepa, Namozgohtepa, Ulug‘tepa, Gonur I, Janubiy O‘zbekistondagi
Sopollitepa, Jarqo‘ton, Shimoliy Afg‘onistondagi Mundigak, Sharqiy Erondagi
Shahri-So‘xta, Shimoliy Erondagi Gissar kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bulardagi
shahar madaniyat o‘choqlari Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari oralig‘ida – bir
tomondan Shumer va Elam, ikkinchi tomondan Xarappa sivilizasiyasi oralig‘ida
joylashgan bo‘lib, ularning barchasi yaqin aloqadorlikda rivojlanishda bo‘lganligi
e'tirof qilinadi
59
/ To‘g‘ri, yuqorida nomlari zikr etilgan bronza va ilk temir davriga
doir yodgorliklar ilk urbonik jarayoni nuqtai nazardan hozircha to‘laligicha
o‘rganilmaganligi adabiyotlarda qayd etilgan. Ko‘pgina olimlar eng qadimgi
57
Заднепровский Ю. А. Древние города и этапы урбанизации Средней Азии. Зоны и этапы урбанизации. –
Т.: Фан, 1989. – С. 51.
58
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 11–12.
59
Аскаров А. К вопросу во выделении культуры Сапалли // Древняя Бактрия. – Л., 1974 – С. 154.
41
vaqtdan o‘rta asrlar davrigacha vujudga kelgan urbonik jarayon taraqqiyoti
haqidagi modellarini ham taklif qilishmoqda. Masalan, Yu. A. Zadneprovskiy
O‘rta Osiyoning dastlabki shahar bosqichini ilk temir asri bilan bog‘lagan holda
Oltintepa, Namozgohtepa bronza davri yodgorliklarini “Qadimgi Sharq tipidagi
shaharlar” deb atab, noaniqliklarga yo‘l qo‘ygan. Zero, bu yodgorliklar ilk temir
asridan xronologik jihatdan ancha uzoq
60
. Yuqorida zikr etilgan tadqiqotchilar
orasida B. A. Litvinskiy dastlab protogorod va miloddan avvalgi II ming yillik – I
ming yillikning birinchi yarmiga doir eng qadimgi shahar-qishloqlarni e'tirof qilib,
antik davr shaharlarini miloddan avvalgi VI–IV asrlar bilan belgilab, urbonik
evolyusion jarayonni bir muncha oydinlashtirib bergan
61
. Ammo, A. Asqarovning
firkicha, bu davrlashtirishda ham ayrim noaniqliklar mavjud. Jumladan, bu olim
“protogorod” va “shahar” atamalariga muayyan aniqliklar kiritmaganligini
ta'kidlaydi. Bu masalaga doir V. M. Massonning tadqiqotlari e'tiborga molikdir.
Masalan, u urbanizatsiyani ikki asosiy bosqichga, ya'ni Qadimgi Sharq (mil. avv. II
ming yillik – I ming yillik o‘rtalari) va antik davr (mil. avv. III, IV–V asrlar)ga
bo‘lib, ilk shaharlarning vujudga kelishida ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotga
asoslangan qator shahar tipidagi qishloqlarning vujudga kelishini konkret tarixiy
jarayon bilan bog‘lagan holda to‘g‘ri tushuntirib bergan bo‘lsa-da, biroq miloddan
avvalgi III ming yillikka doir Oltintepani shahar sifatida xarakterlamaydi, ya'ni
Oltintepa shaharmi yoki protogorodmi, bu haqda aniq fikr bermaydi.
62
Bu borada
A. Asqarov bir muncha aniqliklar kiritib, Oltintepani “ibodatxona shahar” degan
fikrni bildiradi. Shaharlar tarixi ustida tadqiqot olib borgan olimlardan biri V. I.
Sarianidi shahar tipidagi yodgorliklar miloddan avvalgi III ming yillikda, bronza
davrida tashkil topganligi haqida fikr bildirib, unga Janubiy Baqtriyadagi Dashli-1
yodgorligini misol tarzida ko‘rsatadi
63
.
60
Заднепровский Ю. А. Древние города и этапы урбанизации Средней Азии. Зоны и этапы урбанизации. –
Т.: Фан, 1989. – С. 51; Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 12.
61
Литвинский Б. А. Древний среднеазиатский город (Местные традиции и иноземные модели) // Древний
Восток. – Города торговля (III-I тыс. до н.э.), – Ереван, 1973. – С. 102–105.
62
Массон В. М. Процесс урбанизации в древней Средней Азии // Тезисы докладов сессии, посвященной
итогам археологических исследований в 1972 году в СССР. – Т., 1973. – С. 36; Массон В. М. Типология
древних городов и исторический процесс // Древние города. Материалы к Всесоюзной конференции
«Культура Средней Азии и Казахстана в эпоху раннего средневековья». – М.: Наука, 1977. – С. 5–7.
63
Сарианиди В. И. Древние земледельцы Афганистана. – М.: Наука, 1977. – С. 19–21.
42
A. Asqarov o‘z shogirdlari bilan Janubiy O‘zbekistonda ko‘p yillar uzluksiz
tadqiqot ishlari olib borib, urbonik jarayonlarni o‘rganishda muhim natijalarga
erishdi. Jumladan, u Sopollitepa va Jarqo‘tonda ko‘p yillar qazishma tekshiruv
ishlarini bajargan holda bu yodgorliklarni ilk shahar yoki protogorod toifasiga
kiritdi.
64
Yana bir ushbu soha bilimdoni N. Negmatov esa urbonik jarayonning
boshlanishini eneolit va ilk bronza davri ekanligi haqida xulosalar beradi.
65
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan tadqiqotchilar tomonidan urbonik
jarayonning boshlanishini bronza davri, ya'ni miloddan avvalgi III–II minginchi
yillikning eng so‘nggi bosqichlariga mansub va O‘rta Osiyodagi bu davr yodgor-
liklari ilk shaharlardir deb tan olingan. Ammo shaharsozlik madaniyatining ayrim
tomonlari hozircha to‘liq ochib berilgan emas. Bunga O‘rta Osiyo urbanizatsiya
jarayoni Qadimgi Sharqdan farqli o‘laroq, bu yerda o‘rganilayotgan davrdagi
yodgorliklarda yozuv bilan bog‘liq manbalarning hozircha qo‘lga kiritil-
maganligidir va ilk shaharlarini o‘rganishdagi yagona manba arxeologiya
materiallari bo‘lib qolayotganidir. Bundan tashqari, sobiq ittifoq tarixchilari
orasida uzoq vaqt bronza davri ibtidoiy jamiyat tuzumi degan xulosa bilan ilk
shaharlar muammosini tadqiq qilishda ilmiy manba bo‘lmay keldi.
Shuni aytish lozimki, ibtidoiy institutlarning inqirozi va sinflashish jarayoni
bir vaqtning o‘zida muayyan jamiyat negizida sodir bo‘ladi. Insoniyat jamiyati
tarixiy taraqqiyoti jarayoni uzluksiz sakrashlar va evolyusion taraqqiyot mahsuli
sifatida alohida mintaqa, vaqt va zamonda sodir bo‘lib, o‘z davri uchun progressiv
hodisa edi. Ilk shaharlar jahonning qaysi mintaqasida tashkil topgan bo‘lmasin, bu
hodisa uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan tarixiy yuksalish va inqiroz jarayonlarini
boshdan kechirgan. Oddiy tarzda vujudga kelgan “Chifdom” tipidagi dastlabki
davlatchilik nihoyatda sodda, uyushmagan holda, beqaror bo‘lgan. Lekin
davlatchilikning ilk bosqichiga xos inqirozlarni o‘z boshidan kechirgan. Bir necha
yuz yillar o‘tishi davomida kuchli, barqaror davlatlar tashkil topib, bunday tarixiy
jarayonni O‘rta Osiyo ilk temir davrida aniq kuzatish mumkin.
64
Асқаров А. А., Жўрақулов М. Ж. Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осиё. – Самарқанд, 1984. – Б. 87–97.
65
Негматов Н. Н. К концепции урбанизации Азии: модель и ступенчатость. // Зоны и этапы урбанизации.
Тезисы докладов региональной конференции. – Т.: Фан, 1989. – Б. 28.
43
Yuqorida zikr qilingan masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni tahlil
etishda A. Asqarov va T. Shirinovlar ilk shahar masalasining nazariy jihatlarini
e'tiborga oldilar. “Shahar” va “sivilizatsiya” tushunchalarini o‘zaro dialektik aloqa-
dorlikda qarab, bir qator ilmiy xulosalarni ishlab chiqdilar
66
. Ularning fikricha,
shahar tushunchasining shakllanishi bir qadar murakkab hisoblanadi va bu haqda
turli nuqtai nazarlar mavjud. “Shahar” tushunchasi, uning son jihatidan tahlili,
struktural-morfologik xususiyatlari asosida sharhlab borildi.
67
Ko‘p yillik tadqiqotlar va manbalarning tahlili shundan dalolat beradiki,
bronza davridagi Janubiy O‘rta Osiyo ilk shaharlari qishloq xo‘jalik okruglarining
markazi, shuningdek, muayyan vohaning ma'muriy va diniy markazlari
hisoblangan. Yuqorida bayon etilganidek, ilk shaharlarning struktural – morfologik
va funksional tahlillari haqidagi masala yuzasidan olimlar orasida turlicha
qarashlar mavjud. Ilk shaharlarni xarakterlashda, ayniqsa, struktural tahlili muhim
bo‘lib, shundan kelib chiqqan holda shahar funksiyasini aniqlash mumkin.
Shuningdek, ilk shaharlarning strukturasini belgilashda avvalo arxeologik
alomatlarni aniqlash muhimdir.
O‘rta Osiyo bronza davridagi ilk shaharlarning xususiyatlarini belgilashda
A. Asqarov va T. Shirinovlar ishlab chiqqan metodologik belgilar bir muncha
xarakterlidir. Xususan, ular ilk shaharlarga xos bo‘lgan ko‘pchilik mutaxassislar
tomonidan ma'qullangan 9 ta asosiy belgilarni keltiradilar
68
. Jumladan: 1) jamiyat
yuqori tabaqalari turadigan monumental saroyning mavjudligi; 2) monumental
saroy va ibodatxonasi bo‘lib, u oazisning sig‘inish markazi sifatida mavjudligi; 3)
atrofi devorlar bilan o‘rab olingan ark, ya'ni e'tiborga molik joy va jamiyatning
nufuzli kishilari yashaydigan saroy komplekslarining mavjudligi; 4) maydoni 3-6
ga dan kam bo‘lmagan joyga ega kompleks qurilishlari bilan band bo‘lgan va
boshqa jamoa xo‘jaliklari joylashgan muayyan joyning markazlashuvi holati va
irrigatsiya – dehqonchilik bilan bog‘liq oazisi; 5) hunarmandchilik kvartalining
mavjudligi. Yuksak rivojlangan hunarmandchilik – sopolchilik, zargarlik,
66
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 13–15.
67
O’sha joyda…– C. 10–17.
68
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура… – C. 20.
44
metallurgiya, to‘qimachilik, qurilish, teri, toshni hamda boshqa narsalarni qayta
ishlash bilan bog‘liq alomatlarning mavjudligi; 6) “dohiylar” qabri va aso, zargar-
lik buyumlari, boylikni bildiruvchi muhr ramzlari; 7) oddiy aholi kvartallaridan
farq qiladigan monumental qurilishlar (saroy, butxona, ibodatxona)ning
mavjudligi, shuningdek, ularning tashqi ko‘rinishi, rejalashtirilishi, boshqalardan
ajralib turishi, uylarning saranjomligi (sufa, devorlarning ohak aralashmasi bilan
suvalganligi), xona pollarining suvalganligi, ular bilan bog‘liq topilmalarning
mavjudligi; 8) ushbu madaniyat hududiga xos bo‘lmagan topilmalar: sopol, suyak,
tosh, metall buyumlar, qaysiki, savdo munosabatlarini bildiruvchi alomatlarning
mavjudligi; 9) primituv yozuv, gliptika, epigrafika topilmalarining mavjudligi.
To‘g‘ri, A. Asqarov bu model O‘rta Osiyo ilk shaharlari uchun universal
bo‘lmasdan, balki u o‘rganilayotgan mintaqa va shahar xususiyatiga bog‘liq
ekanligini ham unutmaslik lozimligini qayd qiladi.
O‘rta Osiyo ilk shaharlarini xarakterlovchi bu alomatlarning 1, 2, 3, 4, 7 lari
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qolganlari ikkinchi darajali hisoblansa-da, vaqt va
zamonda shahar rivoji jarayonida bu alomatlar doim o‘zgarib borganligini
ko‘rsatadi. Masalan, ilk shaharlarning tashkil topishda savdo munosabatlari hyech
qanday rol o‘ynamagan, shaharning geografik joylanishiga qarab, savdo ishlari
muhim omilga aylanishi mumkin. Shuningdek, ilk shaharlar uchun yozuvning
bo‘lishi, albatta, shart bo‘lmasligi, og‘zaki mifologik an'analar rivojlangan bo‘lishi
mumkin. Lekin bu vaqtlarda davlat apparati ancha sust taraqqiy qilgan.
Shunday qilib, O‘rta Osiyo bronza davri ilk shaharlari morfologik jihatdan
kompleks qurilishga, maydoni 3-6 ga dan kam bo‘lmagan hududni o‘z ichiga
olgan, arxitektura binolarining bir muayyan joyda to‘planganligi, monumental
binolar bilan bog‘liq dunyoviy va diniy inshootlarining, shuningdek,
hunarmandchilik kvartali, qalin devorlar bilan o‘rab olingan qal'a, muhrlar va
boshqa topilmalar bilan bog‘liq xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy jihatdan qaralganda ilk shahar ishlab chiqarish kuchlarining
markazlashgani, avvalo, dehqonlar jamoasining kuchli differensiatsiyalashganligi
va shu kabi omillar “chifdom” tipidagi sodda davlatchilikning vujudga kelishidan
45
dalolat beradi. Xullas, ilk shaharlar voha dehqonlarining xo‘jalik, ma'muriy va
sig‘inish markazi hisoblangan. Ilk shaharning tashkil topishi tarixiy hodisa sifatida
qadimgi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy sohalarda yuzaga
kelgan murakkab jarayonning mahsuli bo‘lib, bu manzara, ayniqsa, arxeologik
manbalarda o‘z aksini topgan. Fandagi muammoviy masalalardan biri – bu
shaharlashish, ya'ni shaharning vujudga kelish masalasidir.
Shaharlashish omillari aniq tarixiy sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya va
jo‘g‘rofiy holatdan kelib chiqib, uning ichki qurilishi ham doimo o‘zgarib boradi.
Shaharning tug‘ilishi to‘g‘risida ikki nuqtai nazar mavjud. Shulardan biri ommaviy
ta'limot bo‘lib, fanda «shahar revolyusiyasi» nomi bilan ataladi. Bu atama dastlab
o‘tgan asrning 50-yillaridayoq G. Chayld tomonidan qo‘llanilgan edi. Ikkinchisi,
“evolyusiya” nomi bilan atalib, bu ta'limot birinchisini inkor qilgan holda
shaharning bosqichma-bosqich taraqqiyoti tufayli vujudga kelishini nazarda tutadi.
Bu ta'limot G. Adams, V. M. Masson, Yu. V. Andreev, A. A. Asqarov, T. Sh.
Shirinovlar tomonidan ilgari surilmoqda. Bizningcha, shaharning vujudga kelishi
evolyusion taraqqiyot asosida bo‘lishi haqidagi ta'limot bir muncha to‘g‘ridir.
Chunki shahar tarixiy tushuncha bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va
texnikaviy taraqqiyot mahsulidir.
46
XULOSA
Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyonada ilk shaharlarning vujudga kelishida
avvalo, tabiiy muhitning barqarorligi, yer, suv, iqlim va boshqa jo‘g‘rofiy
omillarning mavjudligi, eng muhimi, irrigatsiyaga asoslangan sug‘orma dehqon-
chilikning samaradorligi, shuningdek, texnologik taraqqiyot singari omillarning
mavjudligi natijasida dehqon va dehqon bo‘lmagan jamoalarni oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta'minlanishga sharoit yaratildi. Bu iqtisodiy omillar aholining
barqaror, qo‘nim yashashiga qaratilgan edi.
O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida rivojlangan bronza davriga kelib,
g‘ildirakli aravalar kashf qilindi, sopol idishlarni pishirish, metallni eritish va
qoliplarga quyish texnologiyalari kashf qilinib, mehnat qurollarining takomillashu-
viga, ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishiga va oqibatda mehnat unum-
dorligining oshishiga olib keldi. Endilikda yerga ishlov berish, xususan, haydash
yo‘li bilan yumshatish uchun omoch va aravalarga qo‘shiladigan hayvon kuchidan
foydalanish singari xo‘jalik yangiliklari vujudga keldi. Uy-joylarni dahalarga
bo‘lish, me'moriy komplekslarni reja asosida qurish kabi texnologik yangiliklar
joriy qilindi. Shaharlashishning vujudga kelishida ijtimoiy omillar, ya'ni
jamiyatning tabaqalanishi, shu asosda ma'muriy boshqaruvning shakllana borishi,
diniy yetakchilikning tashkil topishi singari omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu omillarning yagona dialektik aloqasi tufayli shaharlashish jarayoni sodir bo‘ldi.
Sug‘orma dehqonchilikning tashkil topishi aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta'minlashda muhim omil bo‘ldi. Bu hodisa keyinchalik kishilarning
muayyan muzofotda muqim yashashga olib keldi. V. M. Massonning xulosasiga
qaraganda, O‘rta Osiyoda tashkil topgan qishloqlarning ayrimlari kishilarning bir
necha ming yilliklar davomida qo‘nim yashaganligidan guvohlik beradi
69
.
Masalan, eneolit davriga kelib, ya'ni miloddan avvalgi IV–III ming yillikda
uylarning hajmi kengayib, soni ham ko‘payadi, shu asosda yashash massivlari
kvartallar, ularni gir aylantirib olgan devorlar va ko‘chalar tashkil topib, bu
manzarani olimlar shaharning embrion belgilari edi, deb talqin qiladilar.
69
Массон В. М. Средняя Азия и Древний Восток – М–Л, 1964. – С. 26.
47
Bronza davriga kelib, ya'niqishloqlar son jihatidan ko‘payadi, ularning sifati
ham o‘sib boradi. Endilikda yangi vohalar o‘zlashtirila boriladi, irrigatsion kanallar
quriladi, sug‘orma maydonlar kengayadi va hokazo. Xullas, bu taraqqiyot oqibatda
sifat o‘zgarishlariga olib keldi.
Ayrim yirik qishloq-qo‘rg‘onlarning, jumladan, Oltintepa, Gonur-1, Jarqo‘-
ton, Dashli-3 singarilarning ichki qurilishi boshqalardan jiddiy farq qilib, endi
ularda hovli, ibodatxona, hunarmandchilik kvartallari, mudofaa devorlari bilan
o‘rab olingan qal'a kabi monumental binolar paydo bo‘ldi. Bu davr ijtimoiy
hayotidagi muhim o‘zgarishlardan biri mulkchilikning paydo bo‘lishini
ifodalaydigan muhrning paydo bo‘lishi edi. Bu hodisa dehqonchilikda ishlab
chiqarishning rivojlanishini, shu asosda boshqaruv apparatining tashkil topishi,
ayrim kishilarning ixtiyorida ziyod mahsulotning vujudga kelganligidan guvohlik
beradi.
Demak, ilk shaharlar, avvalo, irrigatsiya dehqonchiligi mukammal rivojlan-
gan hududlarda tashkil topib, O‘rta Osiyo janubida ilk shaharlarining vujudga
kelishida agrar xo‘jalik faktori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shunday qilib, A. Asqarov, T. Shirinovlarning tahlillariga ko‘ra, O‘rta Osiyo
sharoitida miloddan avvalgi VI–I ming yilliklarda tashkil topgan qishloqlardan ilk
shaharlarning yuzaga kelish dinamikasi uch bosqichdan, ya'ni birinchi bosqich –
kichik jamoalardan tashkil topgan yashash makonlari, ikkinchi bosqich –
protogorod-shaharmonand makonlar (mil. avv. III–I ming yilliklar), uchinchi
bosqich III–I ming yilliklarda rivojlangan bronza va ilk temir asrlarida vujudga
kelgan ilk shaharlardan iborat.
O‘rta Osiyo ilk shaharlar madaniyati bevosita ilk dehqonchilik qishloqlari
negizida uzoq evolyusion yo‘lni bosib o‘tish tufayli tashkil topgan. Agrar
dehqonchilik xo‘jaligidan tashqari shaharlashish omillaridan yana biri – bu tabaqa-
lashgan jamiyatning ijtimoiy muhitidan dalolat beruvchi ma'muriy, xususan, saroy
kompleksi va sig‘inish (ibodatxona) markazlaridir. Bular ilk shaharlarning
birlashuvi uchun xizmat qilgan. Demak, ilk shaharlar siyosiy va sig‘inish
markazlari vujudga kelgan joylarda vujudga kelgan bo‘lishi ham mumkin.
48
V. M. Massonning fikricha, birinchi sivilizatsiya moddiy madaniyati
qanchalik aniq bo‘lmasin, ilk shaharlarning tashkil topishida, shuningdek, sinfiy
jamiyatning tashkil topishida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish asosiy harakatga
keltiruvchi kuch ekanligini unutmaslik kerak
70
.
Ilk shaharlar aholisining muayyan qismini hunarmandlar, boshqaruv
apparati, kohinlar, ibodatxona xizmatkorlari va boshqalar tashkil qilgan. Son
jihatidan qaralganda, bu aholi ilk shahar aholisining kichik bir qismi bo‘lgan.
Aynan shunday tabiiy yo‘l, ya'ni ilk shaharlarning tashkil topishi, qurilishi va
vazifasi Mesopotamiya, Mezoamerika va Hindistonda vujudga kelgan birinchi
sivilizatsiya o‘choqlariga ham tegishlidir. O‘rta Osiyo sivilizasiyasi balki birinchi
bo‘lmasa-da, ammo u mustaqil sivilizatsiya o‘chog‘i hisoblanadi. Shunday ekan,
O‘rta Osiyo ilk shaharlari madaniyati Qadimgi Sharqning umumiy urbonik
qonuniyati jarayonidan uzilib qolgan hodisa emas.
Ishimizning muxtasar qismida Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona muzofot-
larida shaharlarning vujudga kelishi haqidagi mulohazalarga doir yana bir fikrni
alohida eslatish lozim, ya'ni A. Asqarov rahbarligida 1969 yildan e'tiboran olib
borilayotgan dala tekshiruv ishlari boy arxeologik manbalar asosida fanga yangi
xulosalarni kiritdi. Jumladan, Janubiy O‘zbekiston – Qadimgi Baqtriya
hududlaridagi bronza davri yodgorliklarining o‘rganilishi, ularning Qadimgi Sharq
sivilizatsiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati ochib berildi. Xususan, Sopollitepa,
Pshaktepa, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bo‘ston kabi ilk va proto shaharlar va qishloq
qoldiqlari, ular bilan bog‘liq dafinalar qunt bilan o‘rganilib, Shimoliy Baqtriyada
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining yangi markazi – o‘troq dehqonchilik va uning
negizida ilk shahar madaniyatining yangi o‘chog‘i Sopolli madaniyatining fanga
kiritilishi bo‘ldi.
Xullas, Sopolli yodgorliklarini o‘rganish davomida qo‘lga kiritilgan boy
arxeologik manbalar O‘zbekiston xalqlari tarixida yangidan-yangi sahifalarni
ochdi. Jumladan, avvalgi tasavvurlarga zid o‘laroq, qadimgi dehqonchilik
madaniyati deyarli 1000 yilga qadimiylashtirildi. O‘zbekistonda shaharlashish
70
Массон В. М. Древние цивилизации Средней Азии // Древние цивилизации. – М.: Мысль, 1989. – С. 61.
49
madaniyati esa bundan 3,5 ming yil (Jarqo‘ton) avval, ya'ni miloddan avvalgi II
ming yillik o‘rtalari bilan belgilanadi. Qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi ilk davlatlar tarixi bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan isbotlandi.
Bular “Katta Xorazm” va “Qadimgi Baqtriya podsholik”lari edi. Antik davrga
kelib esa ular o‘rnida, O‘zbekiston hududlarida bir necha qudratli davlatlar tashkil
topdi.
|