1.2. Marg‘iyona va uning ilk shaharlari
Marg‘iyona – O‘rta Osiyodagi katta tarixiy madaniy viloyat. Qadimda u
Murg‘ob daryosining o‘rta oqimidagi hududlar va Marv vohasi (Turkmaniston)dan
iborat bo‘lgan. Marg‘iyona g‘arbda Parfiya, shimoli-sharqda So‘g‘d, Sharqda
Baqtriya, Janubda Ariya bilan chegaralangan. Poytaxti Qadimgi Marv hududida
joylashgan. U qadimgi forscha – Margush, “Avesto” kitobida va “Behistun”
qoyatosh yodgorligida qayd etilgan.
Marg‘iyona mamlakati tarixini dastlab arxeologik jihatdan o‘rganish ishlari
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillardayoq jahon
olimlari orasida ham bu mamlakat tarixi katta qiziqish uyg‘otgan edi
16
.
Marg‘iyona muzofotlarini arxeologik jihatdan batafsil o‘rganish ishlari
o‘tgan asrning 50-yillarning o‘rtalaridan boshlangan edi. Bu yo‘nalishda tadqiqot
olib borgan taniqli olim, arxeolog V. M. Masson Marg‘iyona kompleksini
Namozgoh VI madaniyati tarkibidagi Murg‘ob variantiga ajratgan holda, uni esa
ikki, ya'ni ilk ovchin va uning so‘nggi davrlariga ajratdi. Ilk ovchin miloddan
avvalgi 1600–1300 yillar va so‘nggi (taxirboy) davrini esa mil. avv. 1300–100
yilliklar bilan sanalagan edi
17
. V. I. Sarianidi esa ularni uch kompleksga, ya'ni
kelleli (mil. avv. 1750–1500 yillar), gonur (mil. avv. 1500–1250 yillar) va
to‘g‘aloq (mil. avv. 1250–100 yillar) bosqichlariga bo‘ladi
18
. Ayni vaqtda Murg‘ob
vohasining pastki oqimi muzofotlarida 100 dan ortiq so‘nggi bronza davriga
mansub yodgorliklar topilib o‘rganilgan bo‘lib, ularni olimlar 10 ta kichik
vohalarga bo‘ladilar.
19
Janubiy O‘rta Osiyoda, jumladan, Marg‘iyona hududlarida olib borilgan
ko‘p yillik dala tadqiqotlar bronza davrining so‘nggi bosqichlariga kelib,
Marg‘iyona va Baqtriya hududlariga qabilalarning ommaviy ravishda kirib kelishi
va hali hyech kim tomonidan o‘zlashtirilmagan bo‘z yerlarning o‘zlashtirilishi
16
Жуковский В. А. Древности Закаспийского края. Развалины старого Мерва. – СПб., 1894; Pumpelly R.
Explortion in Turkestana. – Washington, 1908, – V I. – Р. 28..
17
Массон В. М. Древнеземледельческая…, – С. 27–28.
18
Сарианиди В. И. Древности страны Маргуш. – Ашгабад: Ылим, 1990. – С. 74.
19
Сарианиди В. И. Древности страны Маргуш…. – С. 39–41; Масимов И. С. Новые исследования
памятников эпохи бронзы на Мургабе // Древние цивилизации Востока. – Т., 1986. – С. 171–181;
Удеумурадов Б. Н. К вопросу о выделении о седлых земледелбцев в среднем течении Мургаба // ИАН.ТССР.
СОН. – 1989. – №2. – С. 6.
19
boshlanadi. Olimlarning xulosalariga qaraganda, Janubiy Turkmaniston qabilalari,
balki Eron tekisliklarida yashagan aholi sharqiy yo‘nalish bo‘ylab migratsiya yo‘li
bilan kirib kelib, qisqa vaqt ichida Murg‘ob daryosi havzasi, Amudaryoning o‘rta
oqimi tarixiy Marg‘iyona va Baqtriya yerlarini egallash oqibatida bu hududlarda
o‘nlab dehqonchilik vohalari tashkil topadi. Shu asosda o‘z hajmi jihatidan yirik
yodgorliklar, jumladan, Oltintepa (46 ga), Namozgohtepa (70 ga), Ulug‘tepa (13
ga), Gonur 1 (20 ga), Jarqo‘ton (100 ga), Dashli 3 va boshqalari vujudga keladi.
Vohalarning bunday ko‘pligiga qaraganda, V. I. Sarianidining xulosalariga ko‘ra,
Namozgoh VI davri arafasida Janubiy Turkmaniston an'anaviy dehqonchilik
vohalari Murg‘ob daryosi havzasida joylashadi va shu bilan muvoziy ravishda
vohalar bilan birga yirik daryolarning havzalari ham o‘zlashtiriladi
20
.
Janubiy Turkmaniston va boshqa joylardan Marg‘iyona va Baqtriya hudud
lariga an'anaviy dehqon qabilalarning kirib kelishi, avvalambor, iqtisodiy
zaruriyatdan kelib chiqqan bo‘lib, yangi serhosil yerlarni o‘zlashtirish va
jamoalarni yashash imkoniyatlari bilan ta'minlashdan iborat edi.
Yuqorida zikr etilganidek, bronza davrining so‘nggi bosqichlariga kelib,
Marg‘iyona va Baqtriya hududlariga o‘zga vohalar qabilalarining kirib kelishi
boshlanadi va ko‘pgina yangi vohalar o‘zlashtirila boshlaydi.
Bu hududlarda ilk shaharlarning tashkil topishida muhim rol o‘ynagan
qabilalar Murg‘ob havzasida joylashib, bu davr Namozgoh V va Namozgoh VI
taraqqiyot bosqichining oxirlariga to‘g‘ri keladi. O‘sha zamonlardayoq bu jamoa
lar dehqonchilikka eng ma'qul serhosil va sersuv vohalarni o‘zlashtirishga
kirishadilar
21
. Ayni vaqtda Murg‘ob vohasida bronza davriga mansub 100 dan ortiq
yodgorliklar o‘rganilgan bo‘lib, ular Baqtriyadagi singari o‘nlab vohalarni tashkil
qiladi.
22
Murg‘ob havzasida ko‘p yillar davomida tadqiqotlar olib borgan V. A.
Sarianidining axborotiga ko‘ra, bu hududlarni o‘zlashtirish tarixi mil. avv. IV ming
20
Сарианиди В. И. Древности страны Маргуш… – С. 51.
21
Массон В. М. Экономика и социальный строй древних ибщест» (в свете данных археологии). – Ленинград,
1976. – С. 23–28.
22
Массон В. М. Памятники культуры архаического Дахистана…– C. 27.; Сарианиди В. И. Древности страны
Маргуш…– С. 71.; Удеумурадов Б. Н. К вопросу о выделении о седлых земледельцев в среднем течении
Мургаба // ИАН ТССР СОН. – 1989. – №2. – С. 6.
20
yillikka borib taqaladi. Namozgoh V oxiri va Namozgoh VI davri arafasida esa
Janubiy Turkmaniston dehqonchilik vohalaridan Murg‘ob daryosi havzasiga kirib
kelgan jamoalar, voha irrigatsiya tizimidan daryolarning keng maydonlarini
o‘zlashtiradilar.
Ko‘p yillar tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, har bir vohaning “poytaxt”
sifatidagi yirik yodgorligi bo‘lib, uning atrofida esa kichik qishloqlar joylashgan.
Bunday yodgorliklarning soni har bir vohada 3 tadan 30 tagacha bo‘lgan. Ana
shundaylardan Gonur, To‘g‘aloq, Tohirboy va Ovchin vohalari bo‘lib, ularning
atrofida 10 tadan 30 tagacha yodgorliklar joylashgan
23
.
Qadimgi Marg‘iyona hududlarida Namozgoh IV–VI bosqichlarida tashkil
topgan ilk shaharlar xususiyatiga ega bo‘lgan yodgorliklar g‘arbda Qizil Arvatdan,
sharqda Tejen daryosiga qadar yastanib yotgan hududlarda joylashgan Namozgoh-
tepa, Oltintepa, Ulug‘tepa, To‘g‘aloq, Gonurtepa kabi ko‘p qatlamli yodgorliklarda
o‘rganilgan.
Namozgoh V davrining yirik poytaxti darajasiga ko‘tarilgan yodgorliklari
Namozgohtepa bo‘lib, Janubiy Turkmanistonning Kopetdog‘ etaklarida Lunsuy
vohasida joylashgan. Maydoni 70 ga, madaniy qatlamining qalinligi joylarda 34
metrgacha boradi. Yodgorlikda 1949–1952 yillari B. A. Kaftin boshchiligidagi
arxeologik ekspeditsiya qazishmalar olib borib, O‘rta Osiyo eneolit va jez davriga
oid arxeologik davriy sistemani ishlab chiqdi. 1950-yillarning o‘rtalaridan boshlab
yodgorlikni V. M. Masson boshchiligidagi Sankt-Petrburg arxeologlar guruhi
o‘rgandi
24
. Namozgohtepa madaniy qatlamlari 6 ta xronologik bosqichlarga
(Namozgoh I–VI) bo‘lingan. Ulardan Namozgoh I–III eneolit davriga, Namozgoh
IV–VI esa jez davriga tegishlidir. Bu yodgorlik manbalari bazasida oddiy
qishloqdan yirik poytaxt darajasigacha bo‘lgan evolyusion taraqqiyotni kuzatish
mumkin bo‘ldi. Namozgohtepadagi 34 metrli ma'dan qatlamning 4 metrga yaqin
qatlami Namozgoh IV bosqichiga tegishlidir. Bu qatlamlar mil. avv. IV minginchi
yillikdan II ming yillikning oxirlarigacha oiddir.
23
Сарианиди В. И. Древности страны Маргуш….– С. 58.
24
Массон В. М. Миср и анская равнина в эпоху поздней бронзы и раннего железа // ИАН ТССР. – 1954. –
№2. – C. 57.
21
Tepalikda ko‘p xonali binolarning qoldiqlari qazib ochilgan bo‘lib, eneolit,
ya'ni Namozgoh I, II, III bosqichlariga qaraganda Namozgoh IV bosqichida bino-
korlikning muayyan tarzda takomillashuv dinamikasini kuzatish mumkin bo‘ldi.
Uylarning devorlari xom g‘ishtdan terilgan bo‘lib, har bir inshoot yonida esa
kichik hovli borligi ma'lum bo‘ldi. Xonalarning ko‘pi bu davrda to‘g‘ri burchak
shaklida qurilgan. Ular ichida supalar, o‘choqlar joylashgan, devorlarida narsalar
qo‘yish maqsadida tokchalar o‘rnatilgan.
Namozgoh IV bosqichi sopol idishlari rangli bo‘lib, naqshlar orasida
o‘simlik va hayvon suratlari uchraydi. Namozgoh IV davrining oxirlarida
kulolchilik charxi kashf qilindi. Natijada shunday o‘zgarishlar yuz berdiki,
oqibatda Marg‘iyonaning janubiy muzofotlari o‘z taraqqiyoti bilan Qadimgi Sharq
madaniyatiga yaqinlashib qoldi. Sopol idishlar endilikda maxsus xumdonlarda
pishiriladigan bo‘ldi. Kulol charxining hunarmandchilikda joriy qilinishi sopol
buyumlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratdi. Charxda yasalgan
idishlar qo‘lda tayyorlangan sopol buyumlardan jiddiy farq qilib, bu o‘zgarishlar
asosan dehqonchilik madaniyati uchun xarakterlidir.
Namozgoh IV davrining so‘nggi bosqichida me'morchilikda monumental
inshootlar qurish kuzatiladi. Namozgoh V jez davrining yuksak rivojlangan davri
bo‘lib, har sohada rivojlanishning yuqori darajasi kuzatiladi. Sopol ishlab chiqarish
korxonalarining mahsuloti to‘la-to‘kis tovar xarakterini oladi. Sopollarning mutlaq
aksariyati naqshsiz holda ishlab chiqarilar edi. Bu davrga kelib me'morchilikda
monumental inshootlar qurish keng tus oladi. Xullas, shu tarzda tom ma'nodagi ilk
shahar shakllanadi. Namozgoh V davrida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy o‘zgarishlar Namozgoh VI davrida yanada kengroq va chuqurroq davom
etadi. Namozgohtepada so‘nggi davr qatlamlari kam uchratilgan. Buning sababi,
deb yozadi A. Asqarov, aynan shu davrdan e'tiboran “metropoliyalarda”gi shahar
hayoti yangi muzofotlarga, xususan, Murg‘ob vohasi va Baqtriyaga ko‘chadi
25
.
25
Асқаров А., Жўрақулов М. Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осиё / – Самарқанд, 1984. – Б. 40–41.
22
Arxeolog olimlar Namozgohtepani ilk shahar markazi sifatida e'tirof
qiladilar
26
. Uning atrofida joylashgan Sho‘rtepa, Qo‘shtepa, Taychanoqtepa,
yelkantepa, Tekkemtepa singari kichik qishloqlar iqtisodiy va balki siyosiy
jihatdan ham Namozgohtepaga tobe bo‘lgan bo‘lishi mumkin
27
.
Xullas, Namozgohtepa tarixiy taraqqiyot pog‘onalari jarayonida muayyan
vohaning poytaxti, ilk shahar sifatida Janubiy O‘rta Osiyo tarixida muhim o‘rin
tutgan.
Marg‘iyona arxeologiyasida Namozgoh madaniyati Qadimgi Sharq siviliza-
siyasining ajralmas qismi bo‘lib, bu davrda qabilalararo munosabatlar doirasi va
chegarasi kengayadi. Marg‘iyonaning qadimgi dehqonlari janubda Shimoliy-
Sharqiy Eron qabilalari bilan (Hisor, Shoxtepa, Tyuringtepa va boshqalar),
shimolda esa O‘rta Osiyoning neolit davri Kaltaminor madaniyati jamoalari bilan
yaqin aloqada bo‘ldilar. Dehqonchilik, xonaki chorvachilik xo‘jaligi,
hunarmandchilikning
turli
sohalari,
jumladan,
kulolchilik,
metallurgiya,
to‘qimachilik, qurilish, zargarlik kabi sohalari keng rivojlandi. Namozgoh V
davrining so‘nggi bosqichida kulolchilik charxi kashf etildi. Natijada sopol
buyumlar ishlab chiqarish sohasida shunday sezilarli o‘zgarishlar yuz berdiki,
oqibatda O‘rta Osiyoning janubiy tumanlari o‘z taraqqiyoti bilan qadigi Sharq
madaniyatiga yaqinlashib qoldi
28
.
O‘rta Osiyoning janubidagi jez davri ilk shaharlaridan yana biri Oltintepa
hisoblanadi. Yodgorlik Meana qishlog‘i yaqinida joylashgan. Umumiy maydoni 60
ga, yodgorlik shimoli-sharqdan janubi-g‘arb tomonga cho‘zilib yotgan yirik
tepalikdan iborat bo‘lib, uning balandlik joyi 20 metrdan iborat. Yodgorlikni 1929
yilda A. A. Semyonov topgan, 1930 yillarda A. A. Marushenko, 1949 yildan M.
Ye. Masson va 50-yillardan boshlab esa V. M. Masson tomonidan har tomonlama
keng ko‘lamda qazib o‘rganilgan. Qazish ishlari davomida Oltintepaning qadimgi
dehqonchilik madaniyatiga oid yodgorlik ekanligi ma'lum bo‘ldi.
26
Массон В. М. На пороге раннеклассавого общества. Оазисы юга Средней Азии в первой трети 1 тыс. до н.
э / Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. – М–Л., 1966. – С. 102.
27
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 84.
28
Асқаров А., Жўрақулов М. Энеолит ва бронза…– Б. 150–151.
23
Bu yodgorlik ibtidioy jamoa tuzumi zaminida yuz bergan qator ijtimoiy, iqti-
sodiy va mafkura masalalariga doir yangiliklar bilan qadimgi Marg‘iyona va
Baqtriya xalqlari tarixini boyitdi. Bu davrga oid mudofaa devorlari, monumental
ibodatxona qoldiqlari, hunarmandchilik, uy-joy xo‘jalik komplekslari va boshqalar
o‘rganildi.
V. M. Massonning xabar berishicha, bu yodgorlikda Namozgoh IV davri
qatlami 4 metrgacha qalinlikda uchraydi. Oltintepada Namozgoh IV davriga oid 60
metr masofada mudofaa devorlari, ko‘pxonali xo‘jalik komplekslari o‘rganilgan.
Oltintepaning “devorlar tepaligi” deb atalgan qismidan diniy-e'tiqod markazi –
ibodatxona ochildi. Unin tashqi atrofi 5 metr balandlik dagi monumental mudofaa
devori bilan o‘rab olingan. Shuningdek, bu yodgor likda ko‘p xonali uylar qazib
tekshirildi. Olimlar fikricha, bunday uylarda katta patriarxal oila jamoalari
yashagan. Uylarning maydonlari keng, 50-70-100 m
2
keladi. Ular to‘g‘ri burchakli
uy-joy va xo‘jalik xonalaridan iborat. Turar-joylarning markaziy yoki burchak
qismida paxsadan o‘choq qurilgan.
Namozgoh V bosqichida hunarmandchilikning metallurgiya sohasi keng
rivojlandi. Mehnat qurollari endilikda asosan, bronzadan yasaladigan bo‘ldi.
Bronzadan randalash, o‘rish, parmalash qurollari yasaldi. Yasalgan bronza
pichoqlariga va boshqa buyumlarga turli shakldagi urug‘ jamoasi muhrlarini solish
keng tus oladi. Bu muhrlar “totem” belgisi sifatida, ayniqsa, ayollar qabrida ko‘p
uchraydi. Bu manzara, albatta, hali Namozgoh V davrida ham onalar mavqyeinin
yuqoriligidan dalolatdir.
Muhim kashfiyotlardan yana biri – Oltintepadan topilgan ibodatxona edi. Bu
inshoot paxsa va xom g‘ishtdan ishlangan zinapoyali ibodatxona bo‘lib, uning
nomi Zikkurat deb ataladi. Aslida Zikkuratlar Ikkidaryo oralig‘ida Uruk davrida
paydo bo‘lgan. Oltintepa inshooti katta to‘rt zinapoyali inshootga o‘xshaydi. Uning
poydevori 55 metr, balandligi 12 metrdan iborat. Zikkuratning yonida bir necha
xonalar ochilgan bo‘lib, ular Zikkurat xizmatkorlariga tegishli bo‘lsa kerak. Keng
xonalarning birida muqaddas o‘choq bo‘lib, unda muqaddas olov yonib turgan.
Yana bir xonaning tagidan qabrlar topilgan. Arxeologlar fikricha, qabrlarga
24
zikkurat – ibodatxonasining xizmatkorlari dafn qilingan. Namozgoh V bosqichida
avvalgidek turli xil qimmatbaho toshlardan marjonlar, tumorlar yasash,
hayvonlarning terrakotadan haykallarini yasash davom etgan. Bu davrda
hayvondan transport vositasi sifatida keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Hayvon
qo‘shilgan g‘ildirakli aravalar paydo bo‘ladi. Oltintepaliklarda ho‘kizga, bo‘riga
topinish alohida o‘rin oladi
29
. Arxeologik topilmalar tarkibida eng muhimlari oltin-
dan yasalgan buqa va bo‘ri boshchalaridan iborat haykalchalardir. Oltin boshli
buqa haykali kohin qabridan topilgan. Uning ko‘zi lojuvard toshidan ishlangan
bo‘lib, peshanasiga esa yarim oy shaklida feruza toshi qadalgan. Xuddi shunday
bo‘ri boshi haykali ham topilgan. Bunday qiyofadagi haykalchalar Ikkidaryo
oralig‘i Ur shahrida ko‘plab topilgan bo‘lib, bu topilmalar mil. avv. 2600–2500
yillar bilan sanalangan. Demak, Oltintepa topilmalari Qadimgi Shumer san'ati va
haykaltaroshligining madaniy ta'siridan dalolat beradi. Oltintepada Namozgoh V
bosqichida ochilgan ibodatxona esa ilk shaharlarga xosdir. V. M. Masson Oltintepa
V ning yuqori qatlamini o‘rganib muhim xulosalarga keldi. Shulardan Oltintepa
Namozgoh V, ya'ni bronza davrining rivojlangan bosqichiga kelib, bu yerda ilk
shahar madaniyatining shakllangan ligi haqidagi xulosa edi. Ilk shahar maydoni
qator turar-joy mahallalariga bo‘linib, ular mahallalararo tor ko‘chalar bilan
birlashti rilgan. Bu ko‘chalarning kengligi 1,5-2 metr. Bundan tashqari, shaharga
kirish darvozalari va ulardan shahar markazidagi maydonga olib boruvchi
magistral ko‘chalar barpo qilinganligi ma'lum bo‘ldi. Magistral ko‘chalarning
kengligi esa 4-5 metr bo‘lib, bularda g‘ildirakli aravalar bemalol yurishi mumkin
edi. Shunday qilib, Oltintepa qishlog‘i eneolit (Namozgoh I) va ilk bronza
(Namozgoh IV) davridan boshlab, mudofaa devori bilan o‘rab olina boshlangan
edi. Shahar xususiyatlarini belgilovchi elementlarning Oltintepada mavjudligi
urbonik sivilizatsiyaning yorqin namunasi hisoblanadi. O‘zining kelib chiqishi
bilan Shumer ibodatxonalarini eslatuvchi Oltintepa Zikkurati va uning yonida unga
tegishli monolit ansambl kompleksning oltin boshli ho‘kiz va bo‘ri singari
29
Массон В. М. Альтын-депе (исследов. 1965–1978) // Труды ЮТАКЭ. Т. XVIII. – Л.: Наука, 1981. – C. 30–
35.
25
topilmalar bilan birga ochilishi, bu joy, albatta, qadimgi ilk shahar mafkura
markazi ekanligidan dalolat beradi. Mafkura markazining shakllanishi shahar, ya'ni
urbanizatsiya jarayonining muhim elementi hisoblanadi.
Oltintepada kuzatilgan arxeologik manzara qishloqlarning galdagi taraqiqyot
qonuniyat zanjirida yangi sifat bilan bog‘liq jarayon – bu ilk shaharlarning vujudga
kelishi edi. Shahar xususiyatlarini ifoda etuvchi tadqiqot va xulosalar G. Adams va
G. Chayld asarlaridan ham ma'lum
30
.
Xullas, Gonur I maydoni 20 ga dan ziyodroq hajmdagi ilk shahar bo‘lib, bu
yerda ark – “kreml”, u bilan bog‘liq aholi yashash xonalari hamda hunarmandlar
kvartallari, turli shakldagi muhrlarning topilishi bundan guvohlik berib turibdi. U
Gonur vohasining markazi bo‘lgan
31
. Bunga qo‘shimcha qilib shuni qayd qilish
lozimki, Gonur I atrofida olib borilgan dala tadqiqot ishlari tufayli yana 14 ta
o‘rtamiyon hajmdagi (№1-14) qishloqlar qalamga olingan va qisman tekshirilgan
bo‘lib, bu makonlar o‘z davrida Gonur I markazga tobe bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Gonur I ning shu davrga taaluqli boshqa yodgorliklardan kattaligi, uning shu
muzofot, balki butun mamlakatning poytaxti bo‘lganligiga shubha yo‘q. Modomiki
shunday ekan, bu shahar Gonur vohasi balki butun Margush mamlakatining
poytaxti bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Marg‘iyonaning ilk shaharlaridan yana biri To‘g‘aloq I bo‘lib, uning maydo-
ni 12 ga, u shu vohaning poytaxt markazi bo‘lgan. Bu vohada 1974 yildan boshlab
olib borilgan dala tekshiruv ishlari tufayli 30 dan ko‘proq yodgorliklar qalamga
olinib, ularning ko‘pchiligida qazishma ishlar bajarilgan va natijada To‘g‘aloq I da
egallab yotgan maydoni va boshqa ilk shaharga xos xususiyatlari aniqlanib, uning
shu voha markazi bo‘lganligi aniqlandi
32
. Yodgorlik balandligi 4 metrdan iborat
tepalikdan iborat bo‘lib, uning markaz qismi maydoni 12 ga yaqin. Yodgorlikning
janubi-sharq tomonida joylashgan “qal'a” qoldig‘i kuzatilib, u uchburchak shakl
holatidagi 200x100 metr maydona ega. Bu yerdan sig‘inadigan sopol idish
30
Adams R. Mc. The Evolution of Urban Society. Early Mesopotamia and Prehispanic Mexic –Chicago, 1966. – P.
11.
31
Сарианиди В. И. Древности страны… – С. 33; Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С.
29.
32
Сарианиди В. И. Древности страны….– С. 34–45.
26
qoldig‘ining topilishi qiziqarlidir. Bu topilma aslida To‘g‘aloq I yonginasidan
topilgan bo‘lib, bu yerda sig‘inish “qal'asi”, ya'ni o‘ziga xos ibodatxona borligi
aniqlangan edi. Shuni izohlab o‘tish lozimki, To‘g‘aloq I sig‘inish ibodatxonasini
V. I. Sarianidi protozardushtiylik xarakteriga ega ekanligini qayd etadi
33
.
Qazishma ishlar tufayli ma'lum bo‘ldiki, To‘g‘aloq I uncha katta bo‘lmagan makon
bo‘lib, balandligi 1,5 metr tabiiy tepalikda bunyod etilgan va u 3 ta davriy
qurilishdan iborat.
Uchala qurilish gorizontlaridan olingan arxeologik ashyolar bronza
davrining so‘nggi bosqichiga, ya'ni mil. avv. II ming yillikning oxirlariga doir
ekanligi aniqlandi
34
.
Asosiy tepalikning shimoli-sharq tomonida kulollarning ikkita kvartali
borligi aniqlanib, ularni shartli shimoily va janubiy kvartallar deb yuritiladigan
bo‘ldi. Shuni qayd etish lozimki, kulolchilar kvartallari va ustaxonlari asosiy
makondan tashqarida joylashgan. Xumdonlar asosanikki yarusli shaklda taqdim
qilingan. Hammasi bo‘lib bu yerda 11 ta xumdon to‘la qazib tekshirilgan. Bularni
ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Bu xumdonlarning eng qadimgilari bronza
davriga, ya'ni Gonur I davriga, so‘nggi davrlarga taalluqlilari esa ahamoniylar
zamoniga to‘g‘ri keladi.
To‘g‘aloq I sopol ashyolari kompleksi ham umuman qaralganda, Gonur dav-
riga yaqin turadi. Makondan antrofomorf va zoomorf shaklidagi mayda terrakota
plastikalari ham topilib, ular orasida shikastlangan 20 dan ziyod ayol haykalchalari
bor. Zoomorflar shaklidagi haqkalchalardan ham bir nechtasi topilgan bo‘lib,
ancha sxematik tarzda yasalgan holda ular sig‘inish idishlarning sirtlariga ham
yopishtirilgan. Bu shakllarning ayrimlarida ikki hurkakli tuyalar tasvirlangan.
Aynan shunday sig‘inish idishlari Baqtriyada ham keng tarqalgan bo‘lib, ayrim
holatlarda ularni qabrlarga ham qo‘yishgan. To‘g‘aloq I arxeologik kompleksi
tarkibida toshdan ishlangan kichik idishlar, ko‘pincha albastrdan yasalgan
idishchalar uchraydi. Bundan tashqari, har xil toshlardan ishlangan turli
33
Сарианиди В. И. Древности страны Маргуш…. – С. 100–105; Сарианиди В. И. Храм и некропол
Тиллятепе. –М, 1989. – С. 52.
34
Сарианиди В. И. Древности страны Маргуш…– С. 40–43.
27
taqinchoqlar hamda bargsimon shaklida ikki tomoni obdon kertilgan paykonlar
ham mavjud. Metall buyumlardan silliq bilak uzuk, mix, to‘g‘nog‘ich kabilar
topilgan bo‘lib, bu ashyolar Baqtriya kompleksiga o‘xshashligi bilan
xarakterlanadi.
Shunday qilib, To‘g‘aloq I kompleksining markaziy qismi qal'a inshootidan
iborat bo‘lib, u to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lib. qal'a devor burchaklarida burjlar
bilan jihozlangan edi. Qal'a devorining sharqiy va g‘arbiy tomoni bittadan yarim
aylana burjlar o‘rnatilgan. Qal'aning shimolida qator uylar bo‘lib, ular V. I.
Sarianidining fikricha, tantana va hashamat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bu
binolar yagona kompleksga taalluqli edi
35
. Qal'aning devor qalinligi 4,5 metrdan
iboratligiga qaraganda, uning balandligi 10-12 metr bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Hashamat va tantana uchun qurilgan binolarda pilonlar, ya'ni katta gul ustunlar
topilgan. Tashqi dushmandan himoya uchun qal'a devorlarida shinaklar mavjud.
Qal'aning sharqiy qismida olovga sig‘inadigan asosiy sajdagoh bo‘lgan bo‘lishi
mumkin.
Umuman olganda To‘g‘aloq I ibodatxonasining umum rejalashtirilishi
Marg‘iyonada binokorlik san'atining yuksak rivojlanishidan dalolat bergan holda
Qadimgi Sharq me'morchiligining Marg‘iyona maktabining mavjudligini namoyon
etadi.
Xullas, Marg‘iyona mamlakatida bronza asrining so‘nggi davrida Oltintepa,
Namozgohtepa, Jarqo‘ton singari ilk shaharlar aynan tashkil topmagan bo‘lsa-da,
Gonur I, To‘g‘aloq I yodgorliklari ilk shahar xususiyatini anglatuvchi belgilari
bilan boshqalardan ajralib turardi. Demak, bular Marg‘iyona va Baqtriya
arxeologik komplekslarini yagona ildizga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, mil. avv. II ming yillikda an'anaviy o‘troq dehqonchilik
markazi Janubiy Turkmanistondan Murg‘ob daryosining qadimgi o‘zani bo‘ylab
o‘zlashtirilib, Bexustin yozuvlarida qayd etilganidek, gullab yashnagan “Margush
mamlakati”ga aylanadi.
36
35
Сарианиди В. И. Древности страны…– C. 102.
36
Сарианиди В. И. Древности страны…– С. 5.
28
Xullas, O‘rta Osiyoning janubiy sarhadlarida tashkil topgan ilk shaharlar
asosan, yuksak rivojlangan o‘troq, sug‘orma dehqonchilik mag‘zidan kelib chiqqan
madaniyat va iqtisodiy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga keldi. Fanda uzoq
vaqtlar muammoligicha qolib kelgan bu masalaga aynan keyingi o‘n yilliklarda
aniqlik kiritildi.
O‘rta Osiyo janubiy mintaqalarida dastlabki shaharlashish va bilan bog‘liq
ilk davlatchilikning vujudga kelish dialektik va evolyusion yo‘llari va bosqichlarini
isbotlab berishda arxeologiya fanining imkoniyatlari cheksiz ekanligi namoyon
qilindi. Natijada ma'lum bo‘ldiki, ilk sivilizatsiya o‘choqlari nafaqat Hind, Nil,
Xuanxe, yefrat va Tigr havzalarida, shuningdek, O‘rta Osiyoning janubiy, xususan,
O‘zbekiston, uning janubiy sarhadlarida ham Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi singari
mustaqil sivilizatsiya o‘choqlari vujudga kelganligi isbotlandi va jahon
mutaxassislari tomonidan tan olindi.
Avvalo, Jarqo‘ton ilk shahri va boshqalarning manbalarini atroflicha tahlil
qilish tufayli bu sarhadlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari oydin-
lashtirildi va ma'lum bo‘ldiki, bu jarayon o‘z navbatida mintaqalarda tashkil
topgan ilk shaharlarning Qadimgi Sharqdagi «nom»lari kabi vohalarda kichik-
kichik davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, diniy, mafkuraviy markazlari sifatida
shakllanganligi aniqlandi. Demak, ilk shaharlarning tug‘ilishi ilk shahar va
davlatchilik madaniyatining shakllanishi yagona dialektik jarayon ekanligi boy
manbalar asosida isbotlandi.
|