Turkmaniston hududida joylashgan bu manzilgoh 1955 – 1963 yillarda tadqiq qilina boshlagan


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsad va vazifa lari



Yüklə 491,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix17.06.2023
ölçüsü491,37 Kb.
#131664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsad va vazifa lari. 
Mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusining asosiy maqsadi, mavjud 
manbalar 
yordamida 
Janubiy 
Turkmaniston 
hududida joylashgan 
Oltintepa manzil gohini kompleks tarzda o‘rganishdan iborat. Shuni 
hisobga olgan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
– O‘rta Osiyo hududidagi ilk dehqonchilik va shaharsozlik 
madaniyatining vujudga kelish jarayonlari tarixini o‘rganish;
– Bronza davri O‘rta Osiyo shaharlari tipologiyasini tadqiq etish;
–Janubiy Turkmaniston hududida joylashgan Oltintepa manzilgohi 
tarixini mavjud arxeologik va moddiy manbalar asosida tadqiq etish; 
–Oltintepa manzilgohining shahar topografiyasini tahlil qilish;
–O‘rta Osiyo hududidagi ilk shaharsozlik madaniyatining vujudga 
kelishga doir ilmiy xulosalar chiqarish.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining manbalari. Mazkur bitiruv 
malakaviy ishining manbalari sifatida Janubiy Turkmaniston hududida 
joylashgan Oltintepa manzilgohida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar 
natijalari, shuningdek, mazkur mavzuning u yoki bu qirralari aks etgan 
tadqiqotlar, asarlar va ilmiy maqola hamda tezislarni ko‘rsatish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ob'yekti va predmeti. 
Tadqiqotning ob'yektini bronza davrida vujudga kelgan Oltintepa manzilgohi 
tarixi, uning predmetini esa mazkur manzilgohdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy jarayonlarni o‘zida aks ettirgan manbalar tashkil etadi. 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy-uslubiy asoslari. O‘zbekiston 
mustaqilligi davrida tiklangan ilmiy-uslubiy (metodologik) tamoyillar – ob'yektiv-
lik, tarixiylik, sabab va oqibatning dialektik bog‘liqligi hamda milliy istiqlol 
mafkurasining me'yorlari tashkil etadi. Mavzuning mohiyatini, mahalliy (lokal) 
xususiyatlarini chuqur anglashda, tadqiq qilishda O‘zbekiston mustaqilligi 
sharoitlarida mustahkamlanib borayotgan yangi tarixiy tafakkur va milliy 



manfaatlar mavqyei nuqtai nazaridan yondashish ham jiddiy ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Tadqiqot jarayonida mavzuga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy 
istiqlol mafkurasidan kelib chiqqan holda yondashildi. 
Muammoning turli masalalarini aniq va bevosita tadqiq etish borasida 
O‘zbekis ton Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ijtimoiy-gumanitar 
sohalarga oid va metodologik ahamiyatga molik qo‘rsatmalaridan dastur sifatida 
foydalanildi. Tadqiqotning nazariy asosini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining tarix fanini rivojlantirish yuzasidan qabul qilgan qarorlari 
tashkil etadi.

Yüklə 491,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin