Raqamli axborotni qayta ishlash analitigi 01-gurux 2-bosqich talabasi


Ularning aytishi bo‘yicha, emlanishsiz qolib ketish holatlari muttasil yillar davomida davom etib kelayotgan ekan



Yüklə 56,95 Kb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü56,95 Kb.
#185492
1   2   3   4   5   6
Chorvachilik

Ularning aytishi bo‘yicha, emlanishsiz qolib ketish holatlari muttasil yillar davomida davom etib kelayotgan ekan.


— Bunday bo‘lishi mumkin emas. Chunki har bir hudud o‘zining veterinariya uchastkasi qaramog‘iga kiritilgan. Bitta veterinariya uchastkasiga o‘rtacha 3-4 mingta qoramol kirsa, 3-4 mingta qoramolga o‘rtacha miqdorda 2-3 ta veterinariya mutaxassisi doimiy ravishda faoliyat olib boradi va ushbu veterinariya uchastkalarida muntazam ravishda viloyat veterinariya boshqarmalari tomonidan vaksinalar yetkaziladi.
Oqsil kasalligiga to‘xtasak, bu yerda bir narsani e'tiborga olish kerak, oqsil kasalligiga immunitet organizmda olti oygacha ushlanib turadi. Shu sababli davlat veterinariya tizimi har yili ikki marotaba vaksinatsiya tadbirlarini olib borishga majbur.
Ko‘rib turibsiz, bu har bir veterinariya mutaxassisiga juda katta yuklama to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik hollarda veterinariya vrachi aholi punktiga tashrif buyurganda 50 foiz qoramollarni vaksinatsiya qilsa, qolgan 50 foizi dashtda, podada bo‘lib turadi. Yana qaytib kelishi uchun veterinariya mutaxassisi katta masofani bosib kelishi kerak.
Oqsilni juda xavfli dedingiz. Bu sharoitda shifokorlar yetishmayotgani muammosi sizlarda yillar davomida bor ekan, nega xodimlar talabga qarab ko‘paytirilmaydi? Axir, xodimlarimiz kam deb muammoni aytavergan bilan unga yechim izlanmasa ham bo‘lmaydi.
— Bu yerda biz bir narsani aniq qilishimiz kerak. O‘zbekiston hududida oqsil kasalligini uchrashini o‘zi hali isbotlangan emas. Chunki oqsilga o‘xshash kasalliklar uchragani bilan laboratoriyada tashxisida o‘zining tasdig‘ini topmadi. Ko‘pincha ushbu kasallik qoramollarning kamida 4-5 xil kasalligi bilan o‘xshash holatda o‘tadi. Ularning ichida bisfulyar stomatit, gerpesga o‘xshash kasalliklar, rinotraxit kasalligi bor. Shuning uchun hozirda olib boriladigan laboratoriya tashxisida oqsil kasalligi deb o‘z tasdig‘ini topmagan. Yana bir narsani aytish kerak: oqsil kasalligining qachondir odamga o‘tgani to‘g‘risida shunday ma'lumotlar bor, lekin odamga o‘tishi juda kamdan kam holatda. Ayniqsa Markaziy Osiyoda ushbu holat adabiyotlarda hech qachon qayd etilmagan. Yana bir marta aytmoqchiman: muntazam ravishda vaksinatsiya olib borilgani sababli, har yili 70-80 foiz hayvonlar vaksinatsiya qamrovi bilan olingani tufayli O‘zbekistonda ushbu kasallik xavfi juda kam.
Hozir bizga murojaat qilayotgan, suhbatimizni ko‘rayotgan yurtdoshlarimiz o‘zining chorva molida mana shu kasallik alomatlarini sezsa, kimga murojaat qilishi kerak va davolash qanday bo‘ladi? Demak vrach kelib, uni bepul davolab berishi, siz aytganingiz bo‘yicha, bepul emlashi kerak, to‘g‘rimi?
— Ushbu kasallikka emlash ishlari, emlamaning o‘zi davlat budjeti tomonidan xarid qilinib, aholiga tekin tarzda yetkaziladi va vaksinatsiya jarayonlari olib boriladi. Kasallikka qarshi emlangandan keyin aytib o‘tganimdek, organizmda immunitet kamida 5-6 oy saqlanadi. Lekin mana shu bahorda turli xil vizukulyar kasalliklar tarqalgani sababli ushbu kasallikni davolash ishlari albatta veterinar vrach tomonidan olib boriladi. Bu yerda davolash ishlari tekinga olib borilishi to‘g‘risida biz ko‘rsatma berganimiz yo‘q. Ko‘pincha davolash ishlari xususiy veterinariya vrachlari vakolatiga kiradi, xususiy tarzda olib boriladi.
Bu kasallikning alomatlari qanday bo‘ladi? Aniqlanganida qanday choralar ko‘rish kerak? Kasal hayvonlar alohida, kasalmaslari alohida qo‘yilib, chorva hayvonlariga ham alohida karantin tadbirlari qilinadimi?
— Virusli vizikulyar kasalliklar yuqorida aytib o‘tganimdek, oqsildan tashqari yana turli xil kasalliklar uchrashi mumkin: virusli rinotraxeit kasalligi, gerpes kasalliklari, vizikulyar stomatit kasalliklari. Ularning hammasi o‘zining yuqumli tabiatiga muvofiq, hayvonda klinik belgilar ko‘ringanida darhol ajratib, alohida parvarish talab etiladi. Talab etilgan vaqti juda diqqat bilan hayvonning ishtahasi pasayishi, tana haroratining oshishi, og‘iz, burun bo‘shlig‘ida, tuyoq orasida o‘ziga xos shishishlar, pufakchalar paydo bo‘lishi kabi belgilar kuzatilishi yuqori aytib o‘tilgan turli virus kasalliklarida uchraydi. Ular darhol ajratib olinib, uchastka veterinariya vrachini taklif etish kerak, oldini olish va davolash ishlarini jadal tarzda olib borish kerak. Mabodo ushbu kasallikka o‘xshash alomatlar uchragan vaqti laboratoriya tashxisi tugaguniga qadar ham zudlik bilan veterinariya xizmati tomonidan xalqa vaksinatsiya, ya'ni o‘sha o‘choqni atrofida o‘n kilometr diametr masofada zudlik bilan veterinariya vrachlari tomonidan vaksinatsiya ishlari olib boriladi. Ushbu o‘choqni o‘rab olish uchun har bir viloyatda doimiy tarzda 100-150 ming doza vaksina saqlanib turadi.

Yüklə 56,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin