Patologoanatomik o‘zgarishlar. Bu kasalliklar bilan kasallanib, o‘lgan yoki
majburiy so‘yilgan hayvonlar yorib ko‘rilganda yurak, jigar, buyrak, taloqda qon
quyilishlar yuz beradi. Jigar va taloq 2-3 marta kattalashganligi va yumshab qolganligi
kuzatiladi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida 0,5 litrgacha zardobsimon suyuqlik to‘planganligi
kuzatiladi. Shirdonda qon quyilishlar va yaralar mavjud. Qatqorin quruq, qattiq ozuqa,
o‘t pufagi esa quyuq o‘t suyuqligi bilan to‘la bo‘ladi.
Davolash. Teylerioz bilan kasallangan qoramollarni davolash ishlarini olib
borishdan oldin ularni salqin va osoyishta joyga o‘tkazish kerak. Ularning ratsioniga
yengil hazm bo‘ladigan barra o‘t, maydalangan lavlagi, yangi sog‘ilgan sut, omuxta
yemdan tayyorlangan atala kiritilishi lozim.
Kasallikni davolashda maxsus preparatlarni qo‘llagan holda quyidagi
sxemalarni biridan foydalanish tavsiya qilinadi.
1. Davolashning 1-3 kunlari molning har 1 kg tirik vazni hisobiga ertalab
4 mg/kg miqdorida uzbikarb (Uzbikarbning 4 % lik suvdagi eritmasidan molning har
100 kg tirik vazniga 10,0 ml dan) teri ostiga va 5-6 kun davomida kechki payt molning
har 100 kg tirik vazni hisobiga 6 tabletkadan (1,5 gr) delagil qo‘llash tavsiya etiladi.
2. Davolashning 1-2 kunlari ertalab 2 mg/kg miqdorida diamidin va shundan
3-4 soat o‘tgach 3-4 kun davomida kuniga 1 martadan qoramolning 100 kg tirik vazni
hisobiga sulfantrolning 3 % lik eritmasidan 100 mldan vena qon tomiriga qo‘llaniladi.
Agarda shu 3 % lik eritma 33 % lik spirtda tayyorlanib qo‘llanilsa davolash natijasi
yana ham samaraliroq bo‘ladi.
3. Davolashning birinchi kuni qoramolning har 1 kg tirik vazni hisobiga
teyleriozga qarshi giperimmun qon zardobidan 1,0 ml dan teri ostiga qo‘llaniladi,
ikkinchi kuni esa molning har 100 kg tirik vazni hisobiga 5,0 ml dan etdin (Etoni +
diamidin) preparati teri ostiga qo‘llanilsa, samaradorlik yuqori darajada bo‘ladi.
4. Saudiya Arabistonida ishlab chiqilgan Butachem va Theilex preparatlarini
kasallangan qoramolning 100 kg tirik vazni hisobigaa 5,0 ml dan 48 soat oralig‘ida
2 marta qo‘llashdan olingan samaradorlik yuqori darajada bo‘lishi kuzatiladi.
Simptomatik preparatlardan kofein-benzoat natriyning 20 % lik eritmasidan
qoramolning teri ostiga 15-20 ml, asessol, dissol, trissol preparatlarini biridan
300-500 ml va glyukozaning 5 % lik eritmasidan 300-400 ml miqdorida vena qon
131
tomiriga, gemopoezni kuchaytiruvchi ferropirin yoki ferroglyukin-75 preparatlarini
biridan molning 100 kg tirik vazniga 20 ml.dan va vitamin V
12
preparatidan 500 mkg
miqdorida mushagi orasiga qo‘llaniladi.