Fransiya va o'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik.
Fransiya fuqarolarining O‘zbekiston hududiga kirishi uchun 30 kun muddatga
vizasiz rejim o‘rnatildi. Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekistonning
Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi.Keyingi yillar davomida ikki tomonlama
hamkorlikda
taʼlim
sohasidagi
o‘zaro
hamkorlikka
alohida
eʼtibor
qaratilmoqda.O‘zbekistonda704 ta maktab, kollej va litseylarda 170 mingdan ortiq
o‘quvchi hamda 13 ta oliy o‘quv yurtida fransuz tilini o‘rganmoqda. Fransuz tilini
o‘rgatuvchi fransuz operatori – Alyans Fransez Toshkentda faoliyat
yuritadi.Sorbonna universiteti huzuridagi Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy
institutida o‘zbek tili kurslari ochildiShu bilan birga, ilmiy-texnikaviy aloqalar ham
shu davrda rivojlana boshladi, ya’ni ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida
talaba va professional o‘qituvchilar almashish, amaliyot, o‘qituvchilar malakasini
oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida har yili yuzlab yurtdoshlarimiz
Fransiyaning turli oliy o‘quv yurtlari (Parij, Lion, Marsel universitetlari) da o‘z
bilimlarini oshirib kelmoqda. O‘z navbatida fransiyaliklar ham O‘zbekistonning
yetakchi universitetlari ya’ni, Toshkent iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston jahon
tillari universiteti, Buxoro va Samarqand universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini
olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning
1996-yil 21-24-apreldagi Fransiyaga bo‘lgan ikkinchi tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi
munosabatlarni yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston
Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 8-9-oktabr kunlari Fransiya
prezidenti Emmanuel Makron taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan birinchi marta
Fransiyada bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyevning ish faoliyati davomidagi bu birinchi
rasmiy tashrif ikki davlat o‘rtasidagi 22 yillik tanaffusdan so‘ng amalga oshirildi.
Ushbu tashrif davomida Fransiya va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasida
muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya
institutlari vakillari bilan ` 239 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli
ilmiy-amaliy konferensiya uchrashuvlar o‘tkazildi. Oliy darajadagi O‘zbekiston —
Fransiya muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-
iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, turli
tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek,
madaniygumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan. Olib borilgan
uchrashuv va muzokaralar natijasida 10 dan ortiq idoralararo va hukumatlararo,
shuningdek, transport, turizm, madaniyat va san’at, ekologiya, iqtisodiyot va moliya
sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari
o‘rtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa ko‘plab hujjatlar bo‘yicha qo‘shma qarorlar
muhokama etildi va qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga bo‘lgan tashrifi
davomida Fransiya bilan 5 milliard yevro miqdorida o‘zaro hamkorlik shartnomasi
4
imzolandi. Davlatimiz rahbarining Fransiyaga bo‘lgan ushbu ilk rasmiy tashrifi
mamlakatlarimiz
parlamentlari
o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichi
boshlanishiga turtki bo‘ldi. 2019-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Fransiya
Respublikasi Yevropa ishlari va tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-
Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu
uchrashuvda Fransiya O‘zbekistonning ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida
munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgan davlat sifatida ta’kidladi.
Ikki davlat vakillari orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2018-yil oktabrida Fransiyaga tashrifi davomida imzolangan
shartnomalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Shuning bilan birga
2022-yil 21- noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Fransiya
Prezidenti Emmanuel Makronning o‘zbek tilida chop etilgan “Yashasin, Fransiya”
nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu bo‘lib o‘tgan taqdimot O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga bo‘lgan
rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti rektori Sodiq Safoyev tomonidan ochib berildi. Shuni ta’kidlab o‘tish
kerakki, “Fransiya universitetlari bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
hozirgi kunga qadar 3 ta memorandum imzolagan. Mazkur kitobning o‘zbek tilida
chop etilishi – katta hodisa. Sizlar uning birinchi mushtariylaridan bo‘lasizlar”, -
deya ta’kidlab o‘tdi. Ushbu kitobni o‘qish orqali Fransiyaning hozirgi davrdagi
siyosati, ustuvor yo‘nalishlari va bu davlatning O‘zbekiston siyosatiga bo‘lgan
munosabatini tushunish mumkin. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2022-yil
21-noyabr kuni Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga
binoan Fransiyaga tashrif buyurdi. Bu Shavkat Mirziyoyevning so‘ngi to‘rt yil
ichidagi ikkinchi rasmiy tashrifi hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish lozimki,
Prezidentimiz bunchalik qisqa vaqt ichida hech bir Yevropa davlatiga ikki bor tashrif
buyurmagan. Bu tashrif Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama
aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi. ` 240
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya
Tashrifning birinchi kuni - 21-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev ushbu rasmiy tashrif doirasida Parij shahrida Fransiya
taraqqiyot agentligi (FAR) bosh direktori Remi Riuni qabul qildi. Bu uchrashuvda
O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada
kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalar bilan boyitish masalalari yuzasidan
kelishuvlar olib borildi. Ikki tomonlama imzolangan loyihalar portfeli 1 milliard
yevroga yetdi. Muzokaralar davomida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini,
shuningdek ta’lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilma sohalarini joriy qilish,
energetika va transportda “yashil” iqtisodiyot loyihalarini rivojlantirish, agrosanoat
5
majmuini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlarni o‘qitish va ularning
tadbirkorligini moliyalashtirish loyihalarini ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda
amaliy sheriklikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat
xizmatchilari malaka oshirishlari uchun Fransiyada kurslar tashkil qilinadi. Ushbu
hujjatda davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, sohaga
oid loyihalarni amalga oshirish, o‘quv dasturlari va qo‘shma tadbirlarni tashkil qilish
belgilangan. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki” AJ
va O‘zbekiston Savdosanoat palatasi o‘rtasida Fransiyada yetakchi bo‘lgan
FERRANDI Paris instituti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Hamkorlik
shartnomasiga binoan FERRANDI Paris instituti filiallari Toshkent va Samarqandda
o‘z faoliyatlarini boshlaydi. Tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomalarni
ro‘yobga chiqarish yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib oldilar va bir
necha sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan 1 milliard
yevrodan ortiq bo‘lgan 2025-yilgacha strategik hamkorlik dasturini imzolash
marosimi bo‘lib o‘tdi. ` 241 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli
ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashrif davomida
parijdagi Hôtel national des Invalides saroyida Fransiya Respublikasi Savdo vaziri-
delegati, O‘zbekistonFransiya ishbilarmonlar kengashi raisi Oliver Besht bilan
uchrashdi. Qayd etish joizki, Hôtel national des Invalides saroyi XVII asrda Fransiya
qiroli Lyudovik XIV buyrug‘iga ko‘ra barpo etilgan arxitektura yodgorligidir. Bu
saroyda taniqli fransuz imperatorlaridan biri Napoleon Bonapartning qabri
joylashgan. 22-noyabr kuni Parijdagi faxriylar uyida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy kutib olindi. Marosimda Prezidentimiz
sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi harbiy xizmatchilari saf tortdi. Bo‘lib
o‘tgan marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi Yelisey saroyi - Fransiya
Prezidentining qarorgohiga yo‘l oldi va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni
yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Bunga ko‘ra, so‘ngi
yillarda Fransiya kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar va qo‘shma korxonalar soni
3 barobar ko‘paydi. Yelisey saroyidagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekistonning
madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bilan tanishish uchun Shavkat
Mirziyoyev va Emmanuel Makron o‘z rafiqalari hamrohligida Luvr muzeyi hamda
Arab dunyosi institutiga tashrif buyurdi. U yerda institut va O‘zbekiston Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
hamkorligida “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari” hamda “O‘zbekiston
vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahalarida” nomli ko‘rgazmalar tashkil
etildi. Ushbu ko‘rgazmalarda O‘zbekistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlariga
oid moddiy madaniyati taqdim etildi. Yurtimizning uzoq tarixini qamrab olgan
ko‘rgazma mamlakatimizning eng yirik 9 ta muzeylaridan 300 dan ortiq
eksponatdan iborat. Hunarmand ajdodlarimizning yuksak ijodiy tafakkuri va
6
mahoratini namoyon etadigan Nukus, Samarqand, Buxoro va Toshkent
muzeylaridan keltirilgan to‘qimachilik buyumlari, libos va poyabzallar, bosh
kiyimlar, shuningdek, 89 ta zargarlik buyumlari ko‘rgazmadan joy oldi. Tashkil
etilgan ko‘rgazma Yevropa xalqlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu sababli
O‘zbekiston tarixi va madaniy hayotini aks ettirgan tarixiy eksponatlarni tomosha
qilish uchun bu yerda uzun navbat yuzaga keldi. “Qariyb ikki ming yillik davrni
qamrab olgan mazkur ko‘rgazma mamlakatimizning boy tarixi va merosini chet ellik
tashrif buyuruvchilarga ochib beradi. Parijdagi ko‘rgazmalar ` 242 «Zamonaviy
dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya jamg‘armaning
madaniyatimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha missiyasini yanada
kengaytirishi, shuningdek, kelgusidagi ikki tomonlama hamkorligimiz uchun
mustahkam poydevor yaratishi tabiiydir”, - deb o‘z fikrini bildirdi Gayane Umerova,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
ijrochi direktori. Shuni aytib o‘tish joizki, yarim yil davom etadigan ushbu
ko‘rgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Luvr muzeyidagi ushbu
ko‘rgazma 2022-yilning 23-noyabridan 2023-yil 4-iyun kuniga qadar keng xalqaro
jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi. Bu esa O‘zbekistonni butun dunyoga
tanitishda katta ko‘prik vazifasini bajaradi. Shu bilan davlatimiz rahbarining
Fransiyaga rasmiy tashrifi o‘z yakuniga yetdi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik
aloqalar o‘rnatilgandan beri savdo aloqalari yildan-yilga mustahkamlanib
bormoqda. 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida umumiy savdo hajmi 7,6 % ga,
O‘zbekiston mahsulotlari eksport hajmining Fransiyaga to‘g‘ri keladigan ulushi esa
8 barobarga ortdi. Tashrif davomida ham bu savdo aloqalarini yanada kengaytirishga
katta e‘tibor qaratildi. O‘zbekiston havo yo‘llarini yanada kengaytirish maqsadida
Fransiyadan 12 ta Airbus A320neo va A321neo hamda 5 ta ATR 72-600
samolyotlarini 813,5 million yevroga xarid qiladi. Xulosa qilib aytganda, Ikki
davlatga ham manfaatli bo‘ladigan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy,
madaniy-tarixiy, ta’lim tizimi va davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha
hamkorlik loyihalarini imzolanishi samarali bo‘ladi. Luvr muzeyida bo‘lib
o‘tayotgan ko‘rgazma O‘zbekistonning turizm sohasi rivojlanishida juda ham katta
ahamiyat kasb etadi. Ikki mamlakat yetakchilarining o‘zaro kelishuvlari nafaqat
O‘zbekiston va Fransiya xalqlari, balki, butun Markaziy Osiyo va Yevropa
o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 2016
yilning 8 dekabr kuni YeXHT TIVKning navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hamburg
shahrida Fransiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-
Mark Ero bilan uchrashdi.
7
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari
muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr
almashildi.Muzokaralar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan
Fransiya Respublikasi hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Fransiya
taraqqiyot agentligi va PROPARKOni ta'sis etish va ularning faoliyati to‘g‘risida
Bitim imzolandi.Bitimda Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) va uning sho‘ba
tashkiloti “Iqtisodiy hamkorlik uchun ko‘maklashish va ishtirok etish jamiyati”
(PROPARKO)ning O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish tartibi va
shartlari belgilangan.Hujjat ikki davlatda ham belgilangan ichki protseduralar
yakunlanganidan so‘ng kuchga kiradi va uchrashuvda ta'kidlanganidek, O‘zbekiston
va Fransiya o‘rtasidagi investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirishga
hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda samaradorlikni oshirishga imkon
beradi.
Dostları ilə paylaş: |