Mundarija kirish: Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari Oʻzbekiston Fransiya


-rasm O’zbekiston va Fransiya bayrog’i



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#92801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘zbekiston va Fransiya

1-rasm O’zbekiston va Fransiya bayrog’i 
Taʼkidlash joizki, bu davlatimiz rahbarining Fransiyaga ikkinchi tashrifidir. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga 
binoan ilk bor to‘rt yil avval, 2018 yilning 8-9 oktyabr kunlari ushbu mamlakatga 
tashrif buyurgan edi. Fransiya O‘zbekiston Prezidentining 2016 yilda lavozimga 
kirishganidan so‘ng tashrif buyurgan birinchi Yevropa davlati bo‘ldi. 



O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari 
O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari bog‘lab turadi. 
Ayni paytda Fransiya arxivlaridan birida Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI 
ga 1402 yilda yo‘llagan maktublari, Karl VIning Sohibqiron nomiga yozgan maktubi 
saqlanadi. Hukmdorlarning maktublari mazmunida o‘zaro savdo aloqalarini 
rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.Keyingi yillarda ko‘p asrlik O‘zbekiston-
Fransiya 
munosabatlari 
yangi 
mazmun 
bilan 
boyigani 
holda 
jadal 
rivojlanmoqda.Joriy yil 1 mart kuni Toshkent va Parij shaharlarida O‘zbekiston va 
Fransiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi 
nishonlandi.Oliy darajadagi siyosiy muloqot muntazam ravishda qo‘llab-
quvvatlanmoqda.Fransiya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik va 
xavfsizlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlik hamda yaxshi 
qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishdagi rolini yuqori baholaydi.O‘zbekiston 
va Fransiya parlamentlararo aloqalarni ham faol rivojlantirmoqda. Oliy Majlis 
Senati va Qonunchilik palatasida Fransiya Senati va Milliy assambleyasi bilan 
“O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik guruhlari tuzildi.Oliy Majlis Senati raisining 
birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 11-12 noyabr kunlari V Parij tinchlik forumidagi 
ishtiroki doirasida Fransiya Senatida hamda Milliy assambleyasida muzokaralar 
o‘tkazdi. 
Fransiya O‘zbekiston bilan iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy va texnik sohalardagi 
hamkorlikka muhim ahamiyat beradi.O‘zbekistonda 46 ta korxona, shu jumladan, 
17 tasi 100 foiz Fransiya kapitali asosida faoliyat yuritmoqda. Kompaniyalar 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qurilish va turizm, xizmat ko‘rsatish va qishloq 
xo‘jaligi singari sohalarni qamrab olgan.Ayni paytda O‘zbekistonda Fransiya 
sarmoyasi ishtirokida qator yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, Samarqand viloyati Nurobod tumanida «Total Eren» kompaniyasi bilan 
quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, «Orano Mining» 
kompaniya bilan hamkorlikda uran qazib olinadigan istiqbolli hududlarda 
geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda, Sirdaryo viloyatida xalqaro konsorsium, 
jumladan, “EDF” kompaniyasi bilan quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr 
stansiyasi, “SUEZ” bilan hamkorlikda «Toshkent suv xo‘jaligini o‘zgartirish rejasi» 
va «Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash» loyihalari va 
boshqalar amalga oshirilmoqda.Tomonlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik 
mexanizmi - 2021 yil 10 may kuni Toshkent shahrida 8-majlisi bo‘lib o‘tgan Savdo-
iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya (HHK) faoliyati diqqatga 
sazovordir.O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi doirasida Fransiyaning 
«MEDEF International» tadbirkorlar harakati bilan yaqin hamkorlik yo‘lga 



qo‘yilgan. Harakat tarkibiga Fransiyaning “Airbus”, «Total Eren», “Eiffage” 
“Voltalia”, “EDF”, “Alstom”, “Orano”, “Suez” va boshqa yetakchi kompaniyalari 
kiradi. Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida Parijda “MEDEF International” 
ko‘magida biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda.Davlatlar o‘rtasida o‘zaro savdoda eng 
qulay rejim o‘rnatilgan, Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish 
va Daromad va kapitalga soliq solishdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi 
konvensiya amal qiladi.O‘zbekiston Fransiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi 
yetakchi savdo hamkorlaridan biridir. 2021 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar 
ayirboshlash hajmi 280 million dollardan oshdi, joriy yilning 9 oyida o‘zaro tovar 
ayirboshlash hajmi 232 million dollarga yetdi. Bu boradagi hamkorlikni yana-da 
rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi 
moliyaviy-texnikaviy hamkorlik Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) orqali 
mustahkamlanmoqda. Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqaviy 
vakolatxonasi Toshkent shahrida joylashgan FTA bilan birgalikda O‘zbekistonda 
umumiy qiymati 350 million yevro bo‘lgan 3 ta loyiha amalga oshirilgan va jami 
434,3 million yevrolik 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston va Fransiya 
o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar madaniy-gumanitar hamkorlikning yuksak 
darajasi bilan ajralib turadi. 
Fransiya fuqarolarining O‘zbekiston hududiga kirishi uchun 30 kun muddatga 
vizasiz rejim o‘rnatildi. Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekistonning 
Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi.Keyingi yillar davomida ikki tomonlama 
hamkorlikda 
taʼlim 
sohasidagi 
o‘zaro 
hamkorlikka 
alohida 
eʼtibor 
qaratilmoqda.O‘zbekistonda704 ta maktab, kollej va litseylarda 170 mingdan ortiq 
o‘quvchi hamda 13 ta oliy o‘quv yurtida fransuz tilini o‘rganmoqda. Fransuz tilini 
o‘rgatuvchi fransuz operatori – Alyans Fransez Toshkentda faoliyat 
yuritadi.Sorbonna universiteti huzuridagi Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy 
institutida o‘zbek tili kurslari ochildi.2018-2022 yillarda turizm, arxeologiya, dizayn 
va moda, fransuz filologiyasi, aviatsiya, inklyuziv taʼlim, biznesni boshqarish, 
energetika, siyosatshunoslik, aviatsiya va boshqa sohalarda 30dan ortiq kelishuv va 
Memorandumlar imzolangan.Xususan, Toshkent Davlat transport universiteti 
tarkibida Fransiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan birgalikda 2021/2022 
o‘quv yilidan boshlab Fuqaro aviatsiyasi uchun uchuvchilarni tayyorlash maktabi 
ochildi.Davlat boshqaruvi akademiyasi va Fransiya Davlat xizmati instituti 
O‘zbekiston davlat tuzilmalari xodimlarining malakasini oshirish sohasida 
hamkorlik qiladi. 
Samarqand va Lion, Buxoro va Ruey-Malmeson shaharlari, Jizzax viloyatining 
Zomin tumani va Normandiya mintaqasining Fler shahri o‘rtasida birodarlashgan 


10 
shaharlar to‘g‘risidagi bitim imzolangan.2019 yilda Buxoro shahri bilan birodarlik 
aloqalari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan Ruey-Malmeson markaziy 
“Do‘stlik” istirohat bog‘ida buyuk tabib Abu Ali ibn Sino haykali o‘rnatilgan 
«O‘zbek bog‘i» ochildi.Arxeologiya va madaniy merosni saqlash sohasidagi 
aloqalar ham faol rivojlanmoqda. Fransiyaning to‘rtta arxeologik missiyasi 
O‘zbekiston arxeologlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.Qayd etish joizki, 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga rasmiy tashrifi doirasida jahonga 
mashhur Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida mamlakatimizning eng boy 
madaniy-tarixiy 
merosiga 
oid 
noyob 
ko‘rgazmalar 
ochiladi. 
Bu 
fransuzlarga O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini 
beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga bo‘lajak rasmiy tashrifi ko‘p 
asrlik O‘zbekiston – Fransiya munosabatlarida muhim voqea bo‘lib, 
mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni 
rivojlantirish, uni yangi bosqichga ko‘tarishda yangi sahifa ochishi shubhasiz. 
O‘zbekiston va Fransiya xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy 
maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi 
Shavkat Mirziyoyevning Parijga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha 
O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari qo‘shma bayonoti qabul qilindi.Ikki mamlakat 
o‘rtasidagi yuksak darajadagi keng qamrovli sheriklikni rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida qabul qilingan bayonotda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy 
munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari o‘rin olgan.Davlat 
rahbarlari ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirishga hissa qo‘shish uchun 
O‘zbekiston tomonidan boshlangan mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha 
islohotlar hamda Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini 
rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuzaga chiqargan ijobiy 
istiqbollarga urg‘u bergan.Tashrif davomida tomonlar ta’lim, ilm-fan, madaniy 
meros, fuqaro aviatsiyasi, davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash 
bo‘yicha hamkorlik yuzasidan 13 ta kelishuvlarni imzoladi.Prezidentlar turli 
darajalarda, zarur holatlarda, tegishli vazirliklarni jalb qilgan holda, o‘zaro manfaatli 
masalalar yuzasidan, xususan, xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy 
maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdi.22-noyabr kuni ochilgan 
Luvr muzeyidagi “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari 
chorrahasida” va Arab dunyosi institutidagi “Samarqandga yo‘l, ipak va oltin 
mo‘jizalari” ko‘rgazmalarining o‘tkazilishini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin