Mundarija kirish: Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va Fransiyani tarixiy do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari Oʻzbekiston Fransiya



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#92801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘zbekiston va Fransiya

 
 


11 
Madaniyat va madaniy meros sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor 
ekanliklari, Toshkentda Fransiya—O‘zbekiston madaniyat markazini tashkil etish 
bo‘yicha ishlar davom ettirilishi tasdiqlandi.Ta’lim sohasida tomonlar ta’lim 
muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni kuchaytirish, shuningdek, fransuz tilini 
o‘qitish va o‘qituvchilarni tayyorlashni takomillashtirish orqali hamkorlikni yanada 
rivojlantirishga kelishib oldi. Shuningdek, Parijda 27–28-noyabr kunlari bo‘lib 
o‘tadigan ikkinchi O‘zbekiston va Fransiya universitetlari forumi tashkil etilishidan 
mamnun ekanliklarini bildirdi.Iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha prezidentlar O‘zbekiston 
va Fransiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yuzasidan 2020—2030-yillarga 
mo‘ljallangan yo‘l xaritasida qayd etilgan sohalar bo‘yicha hamkorlikni 
rivojlantirishga kelishib oldi.Turizm sohasida, xususan, turistik hududlar 
salohiyatini ishga solish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishildi. 
Fransiya tomoni O‘zbekistonning 2023-yilda Xiva shahrida “Yevropa Ittifoqi – 
Markaziy Osiyo” birinchi turistik forumini o‘tkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-
quvvatladi. 
O‘zbekiston va Fransiya xalqaro va mintaqaviy darajada xavfsizlik, tinchlik va 
barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shish istaklarini tasdiqladi. Ikkala tomon 
BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va 
tegishli mintaqaviy tuzilmalar doirasida o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishni 
kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.Tomonlar, shuningdek, nizolarni 
muzokaralar orqali, xalqaro huquq va BMT ustaviga to‘liq amal qilgan holda hal 
qilish bo‘yicha qat’iyatlarini qayta tasdiqladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
2022 yilning 21–22 -noyabr kunlari Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi 
yakunlariga ko‘ra, Fransiya Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi yuksak darajadagi keng qamrovli sheriklikni 
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu Qo‘shma bayonotni qabul 
qildilar.Ikki tomonlama siyosiy munosabatlar 
1. O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 
yil to‘lgan joriy yilda prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning so‘nggi 
yillardagi sezilarli rivojlanishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Davlat rahbarlari 
ushbu ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirishga hissa qo‘shish uchun 
O‘zbekiston tomonidan boshlangan mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha 
islohotlar hamda Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini 
rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan saʼy-harakatlar yuzaga chiqargan ijobiy 
istiqbollarga urg‘u berdilar. 
2. Tashrif davomida Tomonlar taʼlim, ilm-fan, madaniy meros, fuqaro aviatsiyasi, 
davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik yuzasidan o‘ndan 


12 
ortiq kelishuvlarni imzoladilar. Tomonlar turli darajalarda, zarur holatlarda, tegishli 
vazirliklarni jalb qilgan holda, o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan, xususan, 
xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga 
tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni 
rivojlantirish va ikki mamlakatdagi do‘stlik guruhlarining faoliyatini 
jadallashtirishdan manfaatdor ekanligini qayd etdilar. 
3. Madaniy sohada Tomonlar 2022-yilning 22-noyabr kuni ochilgan Luvr 
muzeyidagi “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va 
Аrab dunyosi institutidagi “Samarqandga yo‘l, ipak va oltin mo‘jizalari” 
ko‘rgazmalarining o‘tkazilishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar 
madaniyat va madaniy meros sohalarida hamkorlikni kuchaytirish istaklarini 
bildirdilar hamda 2021-yil 6-yanvarda imzolangan Аhdlashuv deklaratsiyasiga 
muvofiq Toshkent shahrida Fransiya-O‘zbekiston madaniyat markazini tashkil etish 
bo‘yicha ishlarni davom ettiradilar. 
4. Taʼlim sohasida Tomonlar taʼlim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni 
kuchaytirish, shuningdek, fransuz tilini o‘qitish va o‘qituvchilarni tayyorlashni 
takomillashtirish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. 
Tomonlar Toshkent shahridagi Fransuz litseyi faoliyatini mamnuniyat bilan qayd 
etdilar, ushbu taʼlim muassasasi maqomining doimiyligini taʼminlash va faoliyatiga 
ko‘maklashish istagini bildirdilar, shuningdek, Tomonlar Samarqand shahrida yangi 
Fransuz alьyansining ochilish jarayonini soddalashtirishni taklif qildilar. Tomonlar 
Parij shahrida 2022-yil 27–28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ikkinchi O‘zbekiston 
va Fransiya universitetlari forumi tashkil etilishidan mamnun ekanliklarini 
bildirdilar. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin