20
xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha qator sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni
faollashtiradi.Umuman olganda, Fransiya tajribasi va salohiyatini oʻrganish
mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishda ustuvor loyihalarni amalga
yuksaltirish, taʼlim tizimi sifatini yuksaltirish, iqtisodiyotni sanoat va texnologik
jihatdan modernizatsiyalash hamda uning tarkibiy jihatdan diversifikatsiyalashga
yaqindan koʻmak beradi.
Fransiya tomoni oʻzbek — fransuz oʻrtasidagi koʻp
qirrali hamkorlikni sifat
jihatidan yangi darajaga koʻtarishga tayyorligini bildirdi. Fransiyalik
mutaxassislarning fikricha, ayni paytda mazkur davlat Markaziy Osiyo mintaqasi
mamlakatlari, avvalambor, dinamik oʻzgarishlarni amalga oshirayotgan Oʻzbekiston
bilan munosabatlarni faollashtirish uchun qulay sharoitga ega.
5-rasm
Rasmiy Parij uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan masalalar, yaʼni dunyoning
yetakchi davlatlari rahbarlari bilan aloqalarni izchil olib borish, global muammolarni
va jahonning boshqa mintaqalaridagi nizolarni hal qilishda fransuz rahbariyati saʼy-
harakatlarni kuchaytirmoqda. Fransiyaning hozirgi hukumati xalqaro terrorizm va
radikalizmga qarshi kurashni mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan
biri, deb hisoblaydi. Oʻzbekistonning mazkur jabhadagi
muvaffaqiyatli tajribasi
yurtimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishda rasmiy Parijning qiziqishlari yuqoriligini
koʻrsatadi.Markaziy Osiyo soʻnggi yillarda geografik joylashuvi tufayli Yevropani
Osiyo bilan bogʻlovchi yoʻlakka aylandi. Boy tabiiy resurslar va yuqori darajadagi
insoniy salohiyatga ega mintaqa Fransiya uchun ham jozibali boʻlib boryapti.
21
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy oʻsishi (oʻrtacha 3,5
foizda), shuningdek, qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi ijobiy muhit fransuz biznesi
hamda “nou-xau”lar uchun katta imkoniyat yaratadi.Rasmiy Parijga koʻra,
Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan konstruktiv va yaxshi
qoʻshnichilikka asoslangan siyosati fransuz tashqi
siyosatiga muvofiq tarzda,
mintaqada yanada ijobiy muhitni yaratishga imkon beradi.Har ikki mamlakatda olib
borilayotgan islohotlar jarayoni yangi bosqichda nafaqat oʻzbek — fransuz, balki
Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqi strategik hamkorligining koʻp qirrali
munosabatlarini tatbiq qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.Shu oʻrinda
poytaxtimizda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki faoliyatining qayta yoʻlga
qoʻyilishi bejiz emasligini aytish kerak. Chunki qisqa vaqt ichida YETTB
Oʻzbekiston uchun 2018 — 2023 yillarga moʻljallangan yangi strategiyani qabul
qildi. Bu dastur ochiq, integratsiyalashgan va eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni
koʻzda tutadi.Nainki Yevropada, balki butun dunyoda eng yuqori texnologiyalarga
ega Fransiya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada
rivojlantirish Oʻzbekistonning xalqaro maqomini hamda obroʻsini oshirish, yuqori
sifatli investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish,
sayyohlar oqimini
koʻpaytirish imkonini beradi. Shuningdek, oʻzbek mahsulotlarini ushbu mamlakatga
eksport qilish imkoniyatini kengaytiradi. Rasmiy Parij shunday aniq tasavvurga
egaki, barqaror, jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston Fransiya yoki Yevropa ittifoqi
uchungina emas, butun xalqaro hamjamiyat uchun uzoq muddatli strategik sherik
boʻla oladi.
Dostları ilə paylaş: