Mundarija Kirish I – bob. Musulmon uyg`onishi davrida Turkistonda ijtimoiy-madaniy hayot


O‘rta Osiyoda islom madaniyatini yuksalishiga katta hissa qo‘shgan



Yüklə 279,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix21.01.2023
ölçüsü279,73 Kb.
#80042
1   2   3   4   5   6
IX-XII asrda turkistonda ijtimoiy madaniyat 63972

2.2 O‘rta Osiyoda islom madaniyatini yuksalishiga katta hissa qo‘shgan 
buyuk hadisshunos va fiqxshunos allomalar va islom madaniyatining gullab-
yashnash
.
 
O‘tmishimizni ziyraklik bilan kuzatayotgan Prezidentimiz Islom Karimov: 
“Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy 
dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar 
ko‘p bo‘lgan”, deb ta’kidlaydilar. Ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissalarini o‘sha paytlardan buyon butun dunyo tan olmoqda IX-XII 
asrlarda Markaziy Osiyo hududida dunyoviy fan va madaniyat bilan bir qatorda 
islom madaniyati ham rivojlandi va taraqqiy etdi.
Ayniqsa, Movarounnahrda samoniylar davlatini qaror topishi va uning 
ravnaqida islom ruhoniylarining hissasi katta bo‘ldi. SHu boisdan ularning obro‘si 
oshib, Buxoro sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. 
Mamlakat ma’naviy hayotining tayanchi bo‘lgan islom mafkurasiga bu davrda 
“ustod” - din va ilm peshvolari rahnamolik qilardilar. Keyinchalik din peshvolari va 
islom ulamolarining rahnamosi “shayx ul-islom” deb yanada ulug‘landi. SHayx 
ulislomdan keyin xatiblar turardi. Islom mafkurasi somoniylar, qoraxoniylar, 
g‘aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar hukmdorlarining tashqi va ichki 
siyosatlarida bosh yo‘naltiruvchi g‘oyaviy kuch bo‘lib xizmat qildi. Asta-sekin 
jamiyat a’zolari o‘rtasida ham islom diniga, Qur’oni karimga ehtiyoj kuchaydi. 
Natijada o‘lkamizda Qur’oni karimni sharhlovchi va tafsirini bayon qiluvchi asarlar 
yozgan ulug‘ islomshunos allomalar etishib chiqdi.
Imom Abu Mansur Moturidiy, imom Abu Lays ibn Muhammad Samarqandiy, 
imom Zamahshariy, imom Nasafiylar ana shular jumlasidandir. Islom 
madaniyatining Qur’oni karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan nodir 
manbaalardan biri hadislar, ya’ni Muhammad alayhissalomning diniy va axloqiy 
ko‘rsatmalari, hikmatli so‘zlarining majmuyidir. Hadischilikning rivojlanishida IX 
asr oltin davr hisoblanadi. Buning sababi butun islom dunyosida eng nufuzli deb tan 
olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining mualliflari shu asrda yashaganlar
1

YA
2
na shu narsa diqqatga sazovorki, mazkur olti Muxadisning deyarli hammasi 
Markaziy Osiyo tuprog‘ida etishib chiqqanlar. Hadis ilmining paydo bo'lishi. Islom 
dini ta'limotida “Qur'oni karim”dan keyin asosiy manba hadislardir. Hadis ilmi bilan 
s
3
hug'ullanish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, unga eng bilimdon, 
mo''tabar shaxslargina tartib bergan.
Ma'lumotlarga qaraganda, VIII-XI asrlarda to'rt yuzdan ortiq muhaddis hadis 
ilmi bilan shug'ullangan. Biz bu manbalarning ko'pi bilan tanish emasmiz. Keyingi 
yillarda Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati hamda uning diniy- 
1
Xorazm Ma’mun akademiyasi. Ilmiy monografik to‘plam. – T.: 2005. 


25 
axloqiy ko'rsatmalarini o'z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil alBuxoriyning “Al- 
Jome' as-sahiq”, “Al-adab al- mufrad” asarlari tarjima qilinib nashr etildi. At-
Termiziyning “Ash-Shamoili an-Nabaviya” asari hamda ularga yozilgan 
so'zboshilar, ba'zi kichik risola va maqolalar chop etildi. Biz ana shu manbalarga 
tayangan holda fikrlarimizni bayon etamiz. “Hadis” yoki “sunna” so'zlari bir 
ma'noni anglatib, Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy 
ko'rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat. Muhammad alayhissalomning ibratli 
ishlari, e'tiqod, poklik va insonga xos ma'naviy- axloqiy xislatlarni ifodalovchi 
so'zlari pand-nasihatlari uning nomi bilan bog'liq hadislarda mujassamlangan. 
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Chunki payg'ambarimiz Qur'oni Karim nozil 
bo'lgan vaqtlarda arab bo'lmagan kishilarning hadislarni Qur'on oyatlaridan deb 
o'ylashlaridan cho'chib, uni yozib borishlariga ruxsat etmaganlar. Lekin 
payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhivasallam huzurida sahobalar bo'lib, 
ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarni yodlab borganlar.
Masalan, Hazrati Abu Xurayra shunday mo''tabar kishilardan bo'lib, butun 
imrini hadislarni yodlashga baxsh etgan. Mazkur hadislar to'g'ri, ishonarli (sahih) 
bo'lgan. Lekin, hadislarni yod olgan kishilar tobora kamaya borgani hamda asta-
sekin ular unutilib ketishining oldi olinib, xalifalar ishonarli hadislarni to'plashga 
farmon berdilar. Islomshunos olimlar bu ishni boshida turgan dastlabki xalifa Umar 
ibn Abdulaziz ekanligini ta'kidlaydilar. Hadislarni birinchi marta yozish bilan 
mashg'ul bo'lgan muhaddislar Rabee bin Sabeh, Said bin Abi Aruba, Molik bin 
Anas, Abdumalik bin Jurayj Makkiy, Abdurahmon al- Avzoiy Shoshiy, Sufyon 
Savriy Kufiy va boshqalar deb ko'rsatiladi.
VIII-IX asrlar hadis ilmi uchun “oltin davr” xisoblanadi. Bu davrga kelib, 
islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada to'g'riligi, qanday manbalarga 
tayanganligi tadqiq etila boshlanadi. Chunki, ba'zi soxta, ishonchsiz hadislar ham 
paydo bo'la boshlagan, ularni tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda 
qayd qilish zamon talabi bo'lib qolgan edi. Shuning uchun ham birinchidan, 
hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy bilimdon,o'tkir muhofazali kishilarning asta-
sekin kamayib ketayotganligi, ikkinchidan, hadisalarning haqiqiy, ishonarli, ya'ni 
sahihlarini saqlab qolish maqsadida hadislar tekshirilib, asl holiga qaytarilib, yozib 
yig'ila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlana boshlagan.
Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to'plam 
(as-sahih as- sitta)ni yaratgan muhaddislar ham vatandoshlarimiz bo'lib, hadis ilmi 
rivojlangan IX asrda yashab ijod etganlar. Bular Abud Abdulloh Muhammad ibn 
Ismoil al-Buxoriy 194 (810) - 256 (870), Imom Muslim ibn alXajjoj 206 (819) - 261 
(874), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (824) - 279 (892), Imom Abu 
Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817) - 275 (880), Imom Ahmad an- Nasoiy 215 
(830) - 303 (915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja 209 (824) 
- 273 (886) kabi allomalardir. Olimlar “al-kutub assitta” (olti kitob)ni quyidagilardan 
iborat deb ko'rsatadilar. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan 


26 
yozilgan “As- Sahih”. Imom Muslim an-Nishopuriy (Imom Muslim ibn al-Hajjoj) 
tomonidan yozilgan “As-Sahih”. Imom Ibn Mojja tomonidan yozilgan “Sunnan”. 
Imom Abu Dovud Sulaymon-Sijistoniy tomonidan yozilgan “Sunnat”. Imom ibn Iso 
at-Termiziy tomonidan yozilgan “Aj-jami al-kabir”. Ahmad an-Nasoiy tomonidan 
yozilgan “Sunnan” kabi to'plamlardir. Xadis ta'lif etishda asosan, uch yo'nalish 
paydo bo'lgan. “Musnad” yo'nalishi. Bunda turli mavzudagi hadislar, bir joyda 
keltirilib, alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdulloh ibn Muso, Imom Ahmad ibn 
Hanbal hadislarni ana shu yo'nalishda to'plaganlar
1
.
“Sahih” (ishonchli) yo'nalishi. Bunga Imom Buxoriy asos solganlar. Bularga 
to'g'ri, ishonarli hadislar kiritilgan. “Sunnan” yo'nalishidagi hadislar. Mazkur 
yo'nalishdagi hadislarga to'g'ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda, “zaif” hadislar 
ham kiritilgan. Abu Dovud, Iso atTermiziy, an-Nasosiy, ibn Mojjalar shunday 
yo'nalishdagi hadislarni to'plagan muhaddislar. Movarounnahrda birinchi bo'lib 
hadis to'plagan muhaddis Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy sanaladi. Yana 
vatandoshlaarimizdan Imom Ahmad ibn Hanbal al- Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh 
al-Marvaziy, Imom alHaysam ibn qulayb ash- Shoshiy, Hofiz al-Xorazmiy, Imom 
Abdulhasan Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy va boshqalardir.
Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan IX asrda hadisshunoslikda 
katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng 
nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining (as-sihoh as-
sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular orasida “Hadis ilmida amir al-
mo‘minin” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan Imom Buxoriy alohida e’tiborga 
molik buyuk olimdir. Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn 
Ibrohim ibn Mug‘iyra ibn Bardazbeh Ju’fiy Buxoriy bo‘lib, u 810 yil 20 iyulda 
Buxoro shahrida tavallud topgan. Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi 
tarbiyasida o‘sgan. U yoshligidan aql-idrokli, o‘tkir zehnli va ma’rifatga havasi 
kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallaydi. 
Manbalarda ko‘rsatilishicha, u o‘n yoshidan boshlab o‘z yurtidagi turli 
rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn Muborak va Vakiy 
ibn Jaroh kabi olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx 
Doxiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan. 825 yilda 
Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo‘l tutadi, muqaddas shaharlar 
Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashdi
2
.
Hadis ilmidan o‘z bilimini yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-
fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa va Bag‘dod 
kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda 
fiqh ilmidan ham ta’lim oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda 
qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi. Imom Buxoriy hayotining ko‘p qismi 
xorijiy ellarda, musofirchilikda o‘tadi. Bu haqda uning o‘zi: “Misr, Iroq, Shomga 
1
Xayrullayev M. O'rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati. - T.: Fan, 1994. 
2
Buyuk siymolar, allomalar (1 – 2 kitob). – T.: Meros, 1995, 1996. 


27 
ikki martadan, Basraga to‘rt marta borganman. Hijozda olti yil yashaganman, 
Bag‘dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim hisobini bilmayman”, degan 
ekan. U safar chog‘ida ham, bir shaharda muqim turganda ham ilmini oshirish 
borasida tinimsiz ishlar, to‘plagan hadislarini oqqa ko‘chirar edi. Muallifning 
yozishicha, Bag‘dodda istiqomat qilgan paytda ko‘pincha oyning nurida ijod qilib, 
qorong‘i kechalarda sham yorug‘ida kitob yozar ekan. Ilm oshirish maqsadida 
Buxoriy juda ko‘plab olimlardan ta’lim oladi. Nishopurlik alHakimning (1015 yilda 
vafot etgan) yozishicha, Imom Buxoriy ta’lim olgan ustozlari soni to‘qsondan ortadi. 
O‘z navbatida Buxoriy ham ko‘pgina shogirdlariga ustozlik qilgan.
Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso Termiziy Buxoriyga ham shogird, ham 
safdosh hisoblanib, ularning o‘zaro munosabatlari ibratli bo‘lgan. Termiziyning 
yozishicha, u o‘z asarlari uchun ko‘p ma’lumotlarni Buxoriy bilan uchrashuvlaridan 
olgan. Shu bilan birga, Buxoriy ham Termiziyning bilimini yuqori baholab: “Men 
sendan ko‘rgan foyda sen mendan ko‘rgan foydadan ortiqroq”, deb unga nisbatan 
chuqur hurmatini bildirgan. Termiziy o‘z ustozi va safdoshi Buxoriyni butun umri 
davomida hurmatlab, unga samimiy sadoqatda bo‘lgan. Imom Buxoriy nafaqat yirik 
olim, balki o‘zining go‘zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi 
va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralibturgan. U zehni 
o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g‘oyat shuhrat 
qozongan. Manbalarda Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd 
qilingan.
Imom Buxoriy xorijdan qaytgach, o‘z vatani Buxoroda ko‘plab shogirdlar va 
ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Hasadgo‘ylarning 
xatti-harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad Zuhaliy Buxoriyga shaharni 
tark etishni buyuradi. Shundan keyin Buxoriy Samarqandga qarab yo‘l oladi va 
birmuncha muddat Xartang qishlog‘ida o‘z shogirdlari va qarindosh-urug‘larinikida 
yashagandan keyin og‘ir kasalga chalinib, 870 yil 1 sentyabrda 60 yoshida vafot 
etadi va shu yerda dafn qilinadi. Imom Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy 
meros qoldirgan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al-
jome’ as-sahih”, “Aladab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘iyr”, “At-ta’rix al-avsot”, 
“At-ta’rix al-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Birr ul-volidayn”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob 
al-kuna” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, 
shubhasiz, “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu asar “Sahih Buxoriy” nomi bilan ham 
mashhur. Uning g‘oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom Buxoriygacha o‘tgan 
muhaddislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay qatorasiga 
kiritaverganlar.
Imom Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‘lib, 
ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi. Buxoriyning bu asariga 
kiritilgan ishonchli hadislarning soni 7275 tadir. Bu sharafli ishni birinchi Buxoriy 
boshlab bergan bo‘lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar 
to‘plamini yaratganlar. Imom Buxoriyning ushbu yirik asari davrdan boshlab toki 


28 
shu vaqtgacha u islom ta’limotida Qur’ondan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan 
muhim manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Imom Buxoriyning ushbu 
asarining ko‘plab nusxalari turli shaharlarda tarqalgan. Hatto o‘rta asrlarda yashagan 
ba’zi adib va xattotlar uchun bu asar nusxalarini ko‘chirish tirikchilik manbai ham 
bo‘lgan. 1325 yilda ko‘chirilgan sakkiz jilddan iborat go‘zal bir nusxasi hozir 
Istanbulda saqlanmoqda. “Al-jome’ as-sahih”ga ko‘pdan-ko‘p sharhlar bitilgan 
bo‘lib, muhim manba sifatida u qayta-qayta nashr ham qilingan. Imom Buxoriy 
to‘plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks 
ettirish bilan cheklanib qolmaydi. Ular mehr-muhabbat, saxiylik, ochiq ko‘ngillik, 
ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir bechoralarga 
himmat, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da’vat etish kabi haqiqiy 
insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima 
yomon, nimani qilish kerak, nimadan o‘zni tiyish lozimligi haqida hozirgi 
jamiyatimiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo‘l-
yo‘riqlar, pand-nasihat va o‘gitlar aks ettirilgan.
1998 yilda buyuk hadisshunos tavallud kuni keng jamoatchilik tomonidan 
katta hurmat va ehtirom ila nishonlanib, Imom Buxoriy ziyoratgohi ulkan majmuaga 
aylantirildi. Alloma maqbarasi go‘zal suratda qayta bino qilindi. Majmua tarkibiga 
kiruvchi masjid ta’mirlandi. Ziyoratgoh hududi so‘lim go‘shaga aylantirildi. 2008 
yilda Imom Buxoriy majmuasi Xalqaro Markazga aylantirildi. Bugun ushbu 
ma’rifiy markazda Imom Buxoriy merosini o‘rganish va jamoatchilikka taqdim etish 
yo‘lida ulkan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Abu Iso at – Termiziy «Ash-
shamoil an-nabaviyya» asari: Abu Iso atTermiziyning boshqa bir yirik asari «Ash-
shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari») deb ataladi. Bu asar 
ba'zi manbalarda «Ashshamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam», 
«Ash-shamoil al-Muhammadiya» nomlari bilan ham keltirilgan. Asar payg‘ambar 
alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilat va 
odatlariga oid to‘rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o‘ziga jamlagan qimmatli manbadir.
Bu o‘rinda shuni ta'kidlash kerakki, ushbu mavzu ya'ni payg‘ambar 
alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p 
olimlar, muhaddislar shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan 
o‘rin olgan. Lekin at-Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va farqi shundaki, 
muallif imkoni boricha payg‘ambar alayhissalom fazilatlariga doir barcha hadislarni 
muntazam ravishda to‘plab, mantiqan izchil bir holatda tartibga keltirgan va o‘ziga 
xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan. «Ash-shamoil an-nabaviyya» 
azaldan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. 
Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharxlar va hoshiyalar ham yozilgan. 
Ulardan Abdurauf al-Munoviy al-Misriyning (vafoti 1003 hijriy yili) «Sharh ush-
shamoil», Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriyning (vafoti 1192 hijriy yili) «Jam' ul-
vasoil fi sharhi ash-Shamoil», Sulaymon ibn Umar ibn Mansur al-Jumalning «Al-
Mavohib al-Muhammadiyya bisharh ash-shamoil at-Termiziyya» kabilarni keltirish 


29 
mumkin.
Bu asarning bir qo‘lyozmasi Qohiradagi al-Azhar kutubxonasida 144 hadis 
ilmi raqami ostida saqlanmoqda, Muhammad ibn Jasus al-Molikiyning (vafoti 1182 
hijriy yili) «Al-Favoid al-jaliyla al-bahiyya ala «Ash-shamoil al-Muhammadiyya 
(bu asar 1927 yilda nashr qilingan) va nihoyat al-Azhar universitetining sobiq shayxi 
Ibrohim al-Bojuriyning (vafoti 1277 hijriy yili) «al-Mavohib al-Laduniyya ala ash-
shamoil at-Termiziyya» kabi sharhlarini ko‘rsatish mumkin. At-Termiziyning «AL-
ILAL FI-L-HADIYS» asari : Imom at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan «Al-ilal 
fil-hadiys» («Hadislardagi illatlar yoki nuqsonlar») nomli muhim asari ikki mustaqil 
asardan tashkil topgan. Ulardan biri «Al-ilal alkabiyr» yoki «Al-mufrad» nomi bilan 
atalgan asari bizgacha yetib kelmagan, degan taxmin bor.
Garchand aksar tadqiqotchilar ham shunday fikrda bo‘lsalar-da, Imom at-
Termiziyning hayoti va faoliyatiga doir maxsus risola yozgan olim Nuriddin Atar 
(ushbu risolaning Bayrutda 1988 yilda chop etilgan ikkinchi nashrida) Turkiyaning 
qimmatli qo‘lyozmalarga boy kutubxonalaridan birida at-Termiziyning «Al-ilal al-
kabiyr» asarining yagona qo‘lyozmasini ko‘rgani va undan fotonusxa olib o‘z 
tadqiqotining ushbu qayta nashrida foydalangani haqida yozadi. Uning yozishicha, 
at-Termiziy «Al-ilal al-kabiyr»ni ta'lif etgan paytda uni boblarga bo‘lmagan holda 
yozgan. Ammo keyinchalik bu ajoyib kitob olim Abu al-Valid al-Qoziy tomonidan 
tartibga keltirilib boblarga ajratilgan va kitob oxirida mustaqil bir bob, hadis rijjol 
(roviy)lari haqidagi fikr mulohazalar bayon etilgan
1
.
Mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziyning shaxsiy hayoti va barkamol 
ijodining har tomonlama o‘rganilishi tufayli buyuk bobokalonimizning hozirgi 
davrimiz uchun ham o‘rnak bo‘ladigan ko‘p ibratomuz fazilatlarining guvohi 
bo‘lamiz. Eng avvalo, at-Termiziyning yoshligidan ilm-fanga g‘oyatda chanqoqligi 
va zo‘r havas bilan qiziqishi, bu borada har qanday qiyinchiliklarga ham bardosh 
berib o‘z maqsadi, ya'ni o‘z bilimini oshirish yo‘lidagi jiddu-jahdi katta-katta 
tahsinga sazovordir. Yozma manbalarda keltirilishicha, hadisshunoslik ilmi 
sakkizinchi asrning ikkinchi yarmidan o‘n birinchi asr o‘rtalarigacha asosiy va 
zaruriy mashg‘ulotlardan biri darajasiga aylangan. Bu davrda Sharqning turli 
mamlakatlaridan bo‘lgan to‘rt yuzdan ortiq mualliflar ana shu ilm (hadisshunoslik) 
bilan shug‘ullanganlar. Ma'lumki, o‘z bilimini oshirish borasida at-Termiziy 
ko‘pgina xorijiy mamlakatlarni ziyorat qilgan. Elma-el kezib, cho‘lu biyobonlar 
oshib roviylardan eshitgan hadislarini yitish bilan shug‘ullangan. Ularni tartibli 
ravishda yozib qayd qilish bilan birga ushbu hadislarni qanchalik darajada sahiyh, 
hasan yoki zaif, mavzu (soxta, o‘ylab chiqarilgan) ekanligini qayta-qayta tekshirgan, 
ilmiy ravishda chuqur tadqiq etgan. Allomaning shogirdlari orasida turli millat 
vakillari ham bo‘lgan. 
1
Buyuk siymolar, allomalar (1 – 2 kitob). – T.: Meros, 1995, 1996. 


30 
Xulosa 
Har bir elat ma’lum tarixiy davrda shakllangan. Shu davr ichida bir hududda 
yashovchi elatlar yoki ularning ayrim guruxlari bir - birlari bilan doimiy iqtisodiy va 
madaniy jihatdan yaqinlashadilar. Ularning o‘zaro yaqinlashish jarayoni ko‘pincha 
bir tilda gapiruvchi qavm - qarindosh, yurtdoshlar orasida mavjud bo‘lgan. Etnik 
jarayonga shu xududda qadimdan yashab kelgan yoki boshqa viloyat, 
mamlakatlardan ko‘chib kelgan (migrantlar) etnoslar yoki ayrim etnik guruxlar ham 
faol qatnashishlari mumkin bo‘lgan. Etnoslarning o‘zaro yaqinlashish jarayonida 
ma’lum bir etnik guruh yoki komponent yetakchi rol o‘ynaydi; boshqa etnik 
guruxlar shu yetakchi guruh atrofida bo‘lib, u bilan til va madaniyat jihatidan 
yaqinlashib, jipslashib boradi.
Ammo etnoslarning yaqinlashishi, ularning jipslashishi hamma vaqt ham 
muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Mamlakatda sodir bo‘lgan siyosiy vaziyatlar, ichki 
nizolar, o‘zaro kurashlar etnoslarni bir - birlari bilan yaqinlashishi, jipslashish 
(konsolidatsiya) jarayonini nihoyasiga yetmasdan tarqalib ketish hollari ham tarixda 
oz bo‘lmagan. Movarounnahrga ko‘chib kelgan etnoslar bir necha yillar davomida 
(yarim ko‘chmanchilik va yarim o‘troqlikka xos an’anaviy hayotlarini davom qilib) 
qabila va urug‘larga bo‘linishi tartibini saqlab qoladilar. Urug‘ o‘z navbatida bir 
qancha katta va kichik oilalardan tashqil topgan. Qavm - qarindoshlik guruxlari bir 
yoki bir necha ovulni tashqil qilgan. Qabila urug‘chilik tartibi hamma vaqt ham bir 
xilda, bir tartibda saqlanib qolmagan.
Tartib vaqt - vaqti bilan buzulib, ayrim etnik guruxlar qabila va urug‘ 
tarkibidan chiqib boshqa qabila va urug‘larga qo‘shilib ketish hollari ham oz 
bo‘lmagan. Bu jarayon, o‘z navbatida, jamoa hayotida mavjud o‘zaro 
munosabatlarni qavm - qarindoshchilik asosida emas, qo‘ni - qo‘shnichilik asosida 
olib borilishni kuchaytirgan. Ko‘chib kelgan qabilalar bilan Movarounnahrning 
turg‘un aholisi o‘rtasidagi farq sezilarli darajada saqlanib qolgan edi. Qabilalarning 
moddiy hayotida, xo‘jaligida va turmush tarzlarida o‘tmishdagi ko‘chmanchilik 
asoratlari sezilarli darajada bo‘lgan. Ular islom dinini qabul qilgan bo‘lsalar ham, 
lekin islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqod izlari hanuzgacha sezilarli darajada saqlanib 
qolgan edi.
Bundan tashqari X asrdan boshlab Turkiston o’lkasi me’morchiligida 
binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo`shsinchli 
binolarning tagsinchlaridan tortib, ustunlari-yu sarroflari va to`sinlarigacha 
yog`ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning oiasi xom g`isht yoki 
guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha 
saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida 
kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma`lum bo`lishicha, X–XI asrlarda ham 
paxsa va xom g`ishtdan qurilgan imoratlar shahar me`morchiligida asosiy o`rinni 
tutgan. IX–XII asr boshlarida me`morchilik bilan birga naqqoshlik va o`ymakorlik 


31 
san`ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o`ymakor ustun va to`sinlar, devorlarini 
bo`yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu daviga kelib 
naqqoshlik va tasviriy san`at o`zgacha tus oladi. Endilikda u jonli mavjudotlarni 
tasvirlashdan murakkab, geometrik va islimi gulli naqshlar ishlashga o`tiladi. 
Naqqoshlik san`atining taraqqiyoti o`z navbatida kulolchilik, miskarlik va 
zargarlikning ravnaqiga yordam beradi.
Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, raiskarlik va 
zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. XI– XII asrlarda, ayniqsa sirli sopol 
buyumlar ishlab chiqarish keng yo`lga qo`yiladi. Bu davr sopol buyumlari nihoyatda 
yaxshi sifatli bo`lib, chet el mamlakatlariga ham olib chiqilgan. Bu davrda xattotlik 
xalq san`atining muhim va keng tarqalga. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish 
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida Uyg‘onish davri allomalarining ijodini 
ijtimoiy falsafiy, tarixiy nuqtai nazaridan o‘rganish, tadqiq qilish, muhim ilmiy 
amaliy, nazariy ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizda, o‘tmish avlodlarimizning madaniy merosini asos qilib 
olgan holda, ma’naviy yangilanish sari sobitqadamlik bilan borayotganligimizning 
boisi ham shunda. Bugungi kunda buyuk davltimiz poydevorini qurishda alBeruniy, 
Ibn Sino, Muxammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Amir 
Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi bobolarimizning bebaho 
merosi katta axamiyatga egadir. SHuningdek, ularning g‘oyalari, qarashlari mustaqil 
O‘zbekistonning milliy mafkurasini shakllantirishda beqiyos muhimdir.
Xulossa qilib aytganda birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek,” 
Milliy mafkuramiz, birinchi navbatda xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, 
tiliga, diniga, ruxiyatiga, bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, 
xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan zamonaviy, 
umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o‘zida qamrab olgan 
holda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo‘lida xizmat 
qilmog‘i darkor”. SHu bois ushbu mavzuni o‘rganish yoshlarimizda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish, soxta g‘oyalarga ergashib ketmaslikda katta 
axamiyatga egadir. 


32 

Yüklə 279,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin