Kurs ishining maqsadi. IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuz
bergan uyg‘onish davri. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi
mavzusi o‘qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, fan yuzasidan
3
elektron o‘quv moduli ishlanmasini shakllantirish hamda o‘qitishni
takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va tasiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida
olingan xulosalar “O‘zbekiston tarixi” fani IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari
hayotida yuz bergan uyg‘onish davri mavzusi bo‘yicha tashkiliy xarakterga ega
bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur bo‘lishi mumkin. Olingan
xulosa va bildirilgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliyatida, O‘zbekiston tarixi
fanlarini o‘qitishda va takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Kurs ishing tuzilishi va xajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat holda yoritib berilgan.
4
I – BOB. Musulmon uyg`onishi davrida Turkistonda ijtimoiy-madaniy hayot
1.1 IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg‘onish
davrining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar
Mustaqillikni birlik, o‘zaro inoqlik va bir maqsad yo‘lida kurashishni natijasida
qo‘lga kiritilishi va saqlab qolinishi mumkinligini tarix bir necha bor isbotlagan.
Mustaqilllik ilm-fan, ma’rifatga tayansagina, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotda yuksak
yutuqlarga erishishi mumkin. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Tarixiy
xotirasiz kelajak yo‘q” kitobida ta’kidlaganlaridek: “jamiyat taraqqiyotining asosi,
uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuchma’rifatdir”
1
.
IX-XII, XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat, falsafa,
tarix katta qadamlar bilan olg‘a tomon rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot uzoq davom
etdi. o‘lkamizda yuz bergan ilm-fan, madaniyat va san’at sohalaridagi
o‘zgarishlarning asosiy hislatlaridan biri insonparvarlik g‘oyasini doimo ustun
bo‘lganligidir. Movarounnahrda islom dinining tarqalishi yaqin SHarqda arab
xalifaligining shakllanishi va rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bu xalifalik islom
bayrog‘i ostida asta-sekin Arabiston chegarasidan chiqib, o‘rta SHarq tomon yurish
boshlab, u erdagi mamlakatlarni bosib ola boshladi. Bu jarayon islomni tarqatish
bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy
hokimiyatni mustahkamlash, uning barqarorligini ta’minlash uchun islom dinining
targ‘iboti va uni erli aholi o‘rtasida, ijtiomiy tabaqalaridan qat’iy nazar, kengroq
yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Ular erli aholining ma’naviy hayotida muhim
o‘rin tutgan otashparastlik, moniy, budda kabi dinlarni xurofiy soxta dinlar deb e’lon
qiladilar. Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan maxalliy axoli vakillari
dastlabki yillarda xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilib, ancha-muncha imtiyozlar
beriladi. SHu bilan birga Movarounnahrda musulmonchilikning mahalliy odat,
udumlar bilan uyg‘unlashuvi ro‘y berdi. Keskin kurashlar, qarshiliklarga qaramay
erli xalq bosqinchilarga qaram bo‘lib qoldi
2
.
Buyuk olim Beruniy va tarixshunos Narshaxiy tavsificha bosqinchilar erli
xalqlarga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan katta zarar keltirdi - erli hokimiyat
tugatildi, shaharlar qadimgi madaniyat yodgorliklari, mavjud yozuvlar yo‘q qilindi,
kitoblar yondirilib yuborildi, san’at namunalari barbod bo‘ldi. Bu davrda
Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy
rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar
mamlakat aholisining madaniy hayotiga ham ta’sir etdi. Movarounnahrda arab
tilining davlat va fan tili sifatida joriy etilishi bilan uni o‘zlashtirishga bo‘lgan
intilish ham ortdi. Ayniqsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik maomurlari
bilan yaqinlashish, mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab, uni
mustahkamlashning garovi deb bildilar va uni o‘zlashtirishga astoydil kirishdilar.
1
Xayrullayev M. O'rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati. - T.: Fan, 1994.
2
Sagdullayev A., Ergashev F. O`zbekiston tarixi fani bo`yicha o`quv qo`llanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2009.
5
Natijada ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda arab tili va yozuvini o‘z ona tillaridek
o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Bu vaqtda arablar orasida hokimiyatni
boshqarishga yaroqli bilimdon ma’murlar juda oz bo‘lgan. CHegaralari tobora
kengayib borayotgan Abbosiylar xalifaligi uchun ikki tilni biluvchilar juda zarur edi.
Dastlabki ma’lumotlarni o‘z ona yurtlari Movarounnahr, Xorazm va Xurosondagi
madrasalarda olgan o‘rta Osiyolik olimlar xalifalikning markaziy shaharlari:
Bag‘dod, Damashq, Qohira, Kufa va Basraga borib bilimlarini oshirdilar va
asarlarini o‘sha davrda ilm tiliga aylantirilgan arab tilida yozishga majbur bo‘ldilar.
SHunday qilib, arab tili va falsafasining rivojlanishi, islom dinining keng yoyilishi
vositasida Markaziy Osiyoga antik dunyoning progressiv qarashlari kirib keldi.
Xalqning mustaqillik uchun kurashi natijasida IX asrning oxirlarida o‘rta
Osiyoda erli Samoniylar davlati vujudga keldi, bu - arab xalifaligiga qaramlikdan
qutulish, mustaqillikni qo‘lga kiritish edi. 3-4 asr davomida Samoniylardan tashqari
yana Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlari vujudga keldi.
Samoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida
Movarounnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu xolat mamlakat
iqtisodiy va madaniy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Samoniylar sulolasining
ko‘pgina namoyondalari adabiyotga, ilm-fanga, me’morchilikka homiylik qildilar.
Xuddi shu davrda ulkanlashib borayotgan Arab xalifaligi uchun ham ilm va ilm ahli
suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiy xalifalar maomuriyati
ko‘plab bilimdon samoniylarga muhtoj edi
1
.
O‘rta Osiyodagi mamlakatlarning ko‘pgina tolibi ilmlari xalifalikning
markaziy shaharlari: Damashq, Qoxira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib ilm oldilar
va arab tilida ijod qildilar. Bu davrda, ayniqsa, Bag‘dod shahri SHarqning yirik ilm
va madaniyat markazi edi. Al-Mansur sulolasidan bo‘lmish beshinchi xalifa Xorun
ar-Rashid (879-809) davrida xalifalik rivojlanib, poytaxt Bag‘dod yanada kengaydi.
Ayniqsa Xorun arRashidning fors xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Abdulloh al-Ma’mun 813
yilda Bag‘dod xalifasi deb e’lon qilingandan keyin Bag‘dodga alohida ahamiyat
beradi. Al-Ma’mun tarixda davlat arbobi sifatidagina emas, balki ilmu fanning
homiysi sifatida shuhrat qozondi. U Marvga kelgan paytida saroyga Xuroson va
Movarounnahrning eng buyuk olimlarini to‘play boshlaydi. So‘ngra ulari
Bag‘dodga olib keladi. Al-Ma’mun bilan birga Bag‘dodga kelgan olimlar fan
tarixida “al-Marviza” ya’ni “Marvliklar” nomini olgan edi. Lekin shungacha
Bag‘dodda olimlar bo‘lmagan deyish noto‘g‘ri.
Ummaviylar davrida Damashqqa ko‘plab tarjimonlar yig‘ilib, tabobatga oid
kitoblarni yunon va suryon tillaridan tarjima qildira boshlagan edilar. Keyinchalik
bu tarjimonlar Bag‘dodga keltirilgan. Xalifa al-Ma’mun Bag‘dodga kelgach,
“marvlik” va “damashqlik” olimlarni yirik va yagona ilmiy muassasa - “Bayt ul-
1
Azamat Ziyo. О‘zbek dalatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2000.
6
hikma”, ya’ni “Bilimlar uyi” yoki “donishmandlik uyi”ga birlashtirdi. Keynchalik
bu muassasani evropalik olimlar “al-Ma’mun akademiyasi” deb ataydilar. Al-
Ma’mun “Bayt ul-hikma”ning faoliyatiga katta ahamiyat beradi. Avvalo, u
Bag‘dodning nasroniylar yashaydigan SHamossiya mahallasida astronomik
kuzatishlarni yo‘lga qo‘yadi. Bag‘dod tekis erda joylashgani uchun hududida
rasadxona qurish befoyda edi. SHuning uchun xristian cherkovidan foydalanadi. Bu
ishga xalifa al-Ma’mun bilan Marvdan kelgan olimlar orasida Muhammad
alXorazmiylar mutasaddilik qiladi, yosh Ahmad al-Farg‘oniy ham ularga yordam
beradi. O‘sha davrda “Bayt ul-hikma”ning eng yirik kutubxonasi mavjud bo‘lib,
unga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy mudirlik qilardi.
Kutubxonada 400 ming jild xind, yunon, suryoniy, arabiy, forsiy tillarda
yozilgan qo‘lyozma kitoblar saqlanardi. Al-Xorazmiy o‘sha kitoblardan foydalanib,
sind-xind usuli bilan “Ziji al-Xorazmiy” nomli astronomik asarini yozgan. Xalifa al-
Ma’mun taklifi bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso alXorazmiy shayx ul
baytul donish - “Donishmandlar uyi”ning boshlig‘i etib tayinlandi. Aynan xalifa
Ma’munning SHarq olimlariga nisbatan chuqur hurmat bilan qaraganligi sababli
o‘rta Osiyoning eng yirik olimlari Bag‘dodga jamlandi. Xuddi shu vaqtlarda arablar
orasida “Ilm daraxtining asosiysi Makkada-yu, hosili Xurosonda pishadur” degan
ajoyib maqol tarqalgan edi.
Nemis olimi YU.Rushka IX-X asrlarda arab tilida yozilgan asarlar ro‘yxati
bilan tanishib chiqib shunday xulosaga kelgan. “Deyarli barcha olimlar Xuroson,
Movarounnahr va Farg‘onada etishib chiqqan edilar. Ularning har birlari ismlari
oxirida vatanlari nomini qo‘shib aytishni odat qilgan edilar”. Bag‘doddagi ilmiy
markaz haqida akademik V.V.Bartolpd shunday fikr aytadi. “Ma’munning
xizmatlari evaziga Bag‘dod o‘ziga musulmon olamida ma’lum bo‘lgan va qaysi
burchagida bo‘lmasin eng kuchli adabiyotchi va olimlarni o‘z bag‘riga chaqirib oldi.
Bunda O‘rta Osiyoning ulushi buyuk edi”. SHunday qilib, xalifa Ma’mun davrida
Bag‘dodda kutubxonalar ochilib, G‘arb va SHarqning qadimgi dunyosi, merosi
o‘rganila boshlagan edi. U “Bayt ul-hikma”da aytilgan koinot va er yuzidagi
muammolarni bajarish uchun 70 dan ortiq etuk olimlarni jalb etgan. Ahmad al-
Farg‘oniy ham bu topshiriqni bajarishga kirishib, er yuzi xaritasini tuzishda faol
ishtirok etgan. Ushbu xarita “Ma’munning Dunyo xaritasi” nomi bilan yuritilib, 840
yillarda tugallangan. Lekin bu xarita saqlanib qolmagan bo‘lsa ham, Ahmad al-
Farg‘oniy asarlari orqali dunyo xalqlari mazkur xarita bilan tanishishga muyassar
bo‘lganlar. Turonning jahonga mashhur olimlaridan biri Muhammad ibn Muso
Xorazmiy bo‘lib, u taxminan 783 yilda tug‘ilgan va 850 yilda Bag‘dodda vafot
etgan. Xorazmiy xalifa Ma’mun rahnamoligida islom SHarqining fanlar
akademiyasi - “Bayt ul-hikma” (“Donishmandlar uyi”)da ishladi. Bu ilm dargohida
u juda ko‘plab astronomik kuzatishlar olib bordi. Uning nomini tarixda abadiy
qoldirgan asarlaridan biri - “Al-Jabr val muqobala”dir.
Bu asar G‘arb va SHarq olimlariga algebra fani bo‘yicha dasturiy amal bo‘lib
7
xizmat qildi. “Algoritm” va “Algebra” degan atamalar Xorazmiy nomi bilan
bog‘liqdir. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan bu kitobi XII asrdayoq
Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. O‘sha paytlarda ko‘chirilgan nushasi hozir
ham Kembrijda saqlanmoqda. Bu asar bir necha asrlar davomida Evropa
universitetlarida “Algoritm kitobi” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Rim papasi
Silpvesto rim raqamlari o‘rniga Xorazmiy ishlab chiqqan arab raqamlarini Evropada
isteomolga kiritish to‘g‘risida farmon berdi. Xorazmiy, shuningdek, “Kitob surat al-
az” (“Er surati”) degan risola ham yozdi. Asarda Ptolomeyning “Geografiya” nomli
kitobini butunlay qayta ishlab, SHarq mamlakatlari to‘g‘risida qimmatli
ma’lumotlar berdi. Bu kitobda Orol dengizining tasviri ham berilib, 637 ta muhim
joylar, 209 ta tog‘ning geografik tafsiloti berilgandi. Olimning bu kitobi SHarqda
geografiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Xorazmiy o‘zining matematika, geografiya, tarix, musiqa, astronomiya va
boshqa fanlarga taalluqli asarlari bilan jahon fani taraqqiyotiga keng yo‘l ochib
berdi. Jahon ahlining 1983 yili Muhammad Muso Xorazmiyning 1200 yilligini zo‘r
tantana bilan nishonlaganligi buyuk vatandoshimizga ko‘rsatilgan cheksiz
hurmatidir. SHunday qilib, buyuk alloma Muhammad Muso Xorazmiyning nodir
asarlari, yaratgan ta’limoti, ijtimoiy-falsafiy qarashlari hozirgi avlod uchun bitmas-
tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun xizmat qiladigan bebaho ma’naviy
boylikdir. Qomusiy allomalardan yana biri al-Farg‘oniy taxminan 780 yilda
Farg‘ona vodiysining Quva shahrida tug‘ilib, 861 yilda Qohirada vafot etgan.
Ahmad Farg‘oniyning ilmiy faoliyati Bag‘dod bilan, ulug‘ mutafakkir olim
Muhammad Muso Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatgan “Bayt ul-hikma” bilan
bog‘liqdir. U Bag‘dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga qatnashib
Bag‘doddagi falakshunoslik maktabiga rahbarlik qiladi.
Keyinroq Misrda yashagan chog‘ida Nil daryosida joylashgan Ravz orolida
suv sathini o‘lchaydigan nilometr asbobini takomillashtirdi. Bu asbob, hozirgacha
saqlanmoqda. Uning atrofidagi qurilmalarga granit toshlarga oyat, hadis so‘zlari
bitilganini, tabiatga bo‘lgan muhabbat ramzi deb bilsa bo‘ladi. Markaziy Osiyoda
taraqqiy etgan islomiy fan va madaniyatning dastlabki atoqli vakillaridan biri
olamshumul alloma Ahmad ibn Muhammad Farg‘oniyni, arab dunyosida “Hisob”
(matematik), Yevro‘pada esa “Alfraganus” deb atashgan. Ahmad al-Farg‘oniy 25
yoshida Xo‘jand orqali Samarqandga, so‘ng Buxoro orqali xalifa Ma’mun ibn Xorun
ar-Rashid huzuriga borib ilm-fan xizmatida bo‘lgan. Uning nomini jahonga mashhur
qilgan asari “Astronomiya negizlari” bo‘lib unda buyuk mutafakkir o‘zi yashagan
davrdagi falakiyotga oid bilimlarni tartibga soldi va uni yangi xulosa va natijalar
bilan boyitdi. “Astronomiya negizlari” asari Ovro‘pada Kopernikkacha bo‘lgan
falakiyot ilmidan asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.
SHuning uchun allomaning asarlari XII asrda lotin tiliga ikki marta va XIII
asrda boshqa Evropa tillariga tarjima etilgandan so‘ng uning lotinlashtirilgan nomi
“Alfraganus” shaklida G‘arbda bir necha asr davomida keng tarqaldi. Allomaning
8
ilm-fan va jahon ma’naviyatida tutgan o‘rni va roliga o‘rta asr SHarq tarixchilari
Abul Faraj, al-Kiftiy ibn Nazimlarning asarlarida alohida to‘xtalib o‘tgan.
SHuningdek, so‘nggi yillarda nashr etilgan ilm va madaniyat tarixiga bag‘ishlangan
kitoblarda ham al-Farg‘oniy buyuk olim sifatida qayd etiladi. SHu hususda
Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edilar: “Tariximiz necha-necha ming
yilliklarga borib taqaladi. Gapning indollosini aytishimiz kerak: ayrim odamlar hali
lungi tutib yurgan davrlarda bizning ota-bobolarimiz yulduzlar jadvalini tuzganlar”.
Abu Nasr Farobiy (873-950) nafaqat Markaziy Osiyo va SHarqning, balki butun
dunyoning asrlar osha e’tirof etib, katta hurmatga sazovor bo‘lib kelayotgan buyuk
mutafakkir va qomusiy olimi, mashhur faylasufidir
1
.
SHarq uyg‘onish davrining ulug‘ namoyondasi bo‘lgan Farobiy 873 yilda
Aris daryosining Sirdaryoga quyiladigan joyidagi Forob qishlog‘ida tug‘ilgan. U
dastlabki bilimni Farobda olgach, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Markaziy
Osiyoning boshqa o‘lkalarida tahsil oladi, lekin u o‘zining bu erlarda ilmga
ehtiyojini qondira olmaydi. Ilmga katta hayotiy ehtiyoj sezgan Farobiy jahon ilm
markazlaridan biri Bag‘dodda qo‘nim topdi. Bu erda u tinmay o‘qib o‘rganadi, arab
tili va adabiyotini mukammal egalladi, SHom, Misr o‘lkalarida o‘qidi, mudarrislik
qildi. Farobiy ilmning barcha sohalarida ijod qilib, buyuk asarlar yozdi. XII-XIII
asrlarning yirik olimi Zahiriddin al-Bayhaqiy fikricha, islom o‘lkalari olimlari
orasida unga teng keladigan odam dunyoga kelgan emas. Farobiy yirik faylasuf,
tilshunos, mantiqchi, riyozatchigina emas, shu bilan birga, sotsiolog, tibbiyotchi,
psixolog, musiqa ilmining nazariyotchisi va amaliyotchisi hamdir. “Falsafani
o‘rganishda nimalarni bilish kerak?”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”,
“Mantiqqa kirish”, “SHe’r san’ati”, “SHoirlarning she’r yozish san’ati va qonunlari
haqida”, “Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida”, “Aql to‘g‘risida”, “Inson aozolari
haqida risola”, “Fozil shahar odamlari qarashlari”, “Davlat haqida” kabi 160 dan
ortiq qimmatli asarlar yozdi.
Qadimgi yunon falsafasini, xususan, Aristotel asarlarini chuqur va mukammal
bilish, tarjima qilish, ilmiy sharhlar yozish, targ‘ib tashviq ishlarida Farobiyga
tenglashadigan donishmand bo‘lmagan. Farobiy jaxon fani taraqqiyotiga qo‘shgan
bebaho hissasi bilan shu darajada katta shuhratga erishganki, uni hayotligidayoq,
Aristoteldan keyingi yirik mutafakkir Muallim as-Soniy “Ikkinchi muallim”,
“SHarqning Aristoteli” nomlari bilan atashdi. Farobiy ilk o‘rta asr sharoitida aql va
ilm tantanasi, ma’naviy ozodlik, inson takomili va adolatli jamiyat uchun kurashgan
siymo edi. SHu o‘rinda Farobiyning ijtimoiy hayot, jamiyat, masalalaridagi muhim
falsafiy qarashlari katta ahamiyatga egadir. U o‘zining “Fozil shahar odamlarining
qarashlari” kitobida davlatni har tomonlama etuk, o‘zida eng yaxshi insoniy
fazilatlarni namoyon qilgan kishilar yordamida boshqarish zarurligini qayd etadi.
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 1-qism. – Toshkent: Sharq, 2010.
9
SHuningdek, u har tomonlama etuk, aholini ilmiy-ma’rifatga olib boruvchi ideal
jamiyat haqidagi fikrni olg‘a suradi.
Farobiy “Fozil shahar odamlarining qarashlari” kitobida davlatni
boshqaruvchi hokim Ollohdan boshqa hech kimga bo‘ysunmasligi kerak, u tabiatan
o‘n ikkita xislat fazilatni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi zarur deydi. SHu bilan
birga uning fikricha shahar hokimi bilimli, ma’rifatga havasli, taom eyishda,
ichkilikda o‘zini tiya biladigan, haq va haqiqatni sevadigan, yomonlardan
jirkanadigan kishi bo‘lishi lozim. Allomaning bu asaridagi dono fikrlari hozirgi
mustaqillik sharoitida yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan shahar, tuman, viloyat
rahbarlariga, olimlari, ziyolilari, talabalari, kattayu kichik barcha kishilariga
bevosita taalluqlidir.
O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Fozil shahar odamlarining
fikrlari” asariga yuqori baho berib shunday degan edi: “Masalan, Farobiyning o‘sha
mashhur “Fozil odamlar shahri” asarini esga olaylik. Bundan ming yil muqaddam
yaratilganiga qaramasdan, bugungi o‘quvchi ham bu asarni hozirgi murakkab
muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo‘l-yo‘riqlarini topa oladi”.
Insoniyat Abu Ali ibn Sino (980-1037)ni jahon fanining ulug‘ arbobi, uyg‘onish
davri madaniyatining yirik namoyondalaridan biri sifatida biladi. Buyuk alloma ellik
etti yil umr ko‘rgan bo‘lsa, buning 18 yilini ilm-tahsiliga sarf qildi. SHu yillar
davomida uch yuzdan ortiq asar yozdi. Uning bu asarlari ilmfanning barcha
sohalariga taalluqlidir. Ana shu asarlari bilan Ibn Sino Markaziy Osiyo xalqlari
madaniyatini dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi. SHuning uchun uni
“SHayh ur-rais” - “Olimlar olimi” deb atashgan edi.Ibn Sino asarlarining 40 dan
ko‘prog‘i tibbiyotga, 30 dan ortig‘i tabiiy fanlar va musiqaga oid bo‘lib, qolganlari
falsafa, mantiq, ahloq, ilohiyot, ijtimoiy-siyosiy mavzularda edi. Bizga 160 ga yaqin
asari etib kelgan. “Kitob ush-shifo” (“SHifo kitobi”), “Donishnoma”, “Kitob ul-
koinot” (“Koinot kitobi”) kabi ilmiy asarlari, 5 jildli “Kitob al-qonun fit-tib” (“Tib
qonunlari kitobi”)ko‘p asrlar davomida tibbiyotdan asosiy dastur qilib kelindi, hozir
ham birqancha dorilfununlarda o‘rganiladi.
SHunday qilib, Ibn Sino o‘z asarlarida tabiat, jamiyat rivojlanish
qonuniyatlari to‘g‘risida qimmatli xulosalar berib, kishi aqlini nimalarga qodir
ekanligini ko‘rsatdi. Tabiat sirlari va haqiqatni bilish mumkinligiga qattiq ishonadi.
SHuning uchun ham olim odamlarni bir-biri bilan do‘st, inoq bo‘lib yashashga
chorlaydi. Odamlar sofdil, samimiy do‘st bo‘lib yashasa, bir yoqadan bosh chiqarsa,
har qanday mushkul oson bo‘lishiga qattiq ishonadi. Olimning bu g‘oyalari hozirgi
kunda respublikamiz mustaqilligini saqlashda va mustahkamlashda katta
ahamiyatga ega ekanligini, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi
so‘zlari bilan isbotlash mumkin. “Yangi ming yillikka yo‘l ochib borar ekanmiz,
hammaga do‘stlik va hamkorlik qo‘lini cho‘zamiz”.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani va
madaniyati taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan siymolardan hisoblanadi. Beruniy
10
bilan G‘aznada yashagan mashhur tarixchi Abul Fayz Bayhaqiy (1077 yilda vafot
etgan) olimga baho berib, bu odam ilmi adabda, narsalarning mohiyatini aniqlashda,
handasa va falsafada shu qadar bilimdon ediki, uning zamonida unga tenglashadigan
hech kim yo‘q edi. XIII asrda yashagan yirik olim Yoqut Xamaviy ta’biri bilan
aytganda, zamona ilm va aqlda unga teng keladigan boshqa olimni ko‘rmadi.
Beruniy 16 yoshidan astronomik kuzatishlar olib borganligi ma’lum. Ustozi
xorazmlik atoqli olim Abu Nasr ibn Iroq al- Mansur (1035 yilda vafot etgan). 12 ta
asarini Beruniyga bag‘ishlagan. Dunyoda birinchi globus (diametri 5 m li yarim
shar) yasagan. Beruniy Xorazmdagi “Ma’mun akademiyasi”ga rahbarlik qilib bir
qancha shogirdlar chiqargan. Beruniy butun kuchi, hayoti, aql-idroki va tafakkurini
ilm-fanga bag‘ishlagan allomalardan biri edi
1
.
Beruniyning ilmiy merosi 150 dan ortiq kitob va risoladan iborat. “Al-qonun
al-Maosudiy”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Xronologiya”, “Minerologiya”,
“Saydona” (“Dorivor o‘simliklar haqida kitob”) asarlarida insoniyat uchun katta
ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalarni o‘rtaga tashlagan. Ayniqsa, buyuk mutafakkir
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” kabi tarixiy asarlarida
tabiat, jamiyat taraqqiyoti va uning istiqboli haqida fikr berib, unda mehnatning, ilm-
fanning roli beqiyos ekanligini uqtirib o‘tadi. Beruniy jamiyat taraqqiyotini fan
taraqqiyotida ko‘radi, ilm diniy va hududiy chegaralarga qaramay inson va
jamiyatga xizmat qilishi kerak deb hisoblaydi. “Mening butun fikri-yodim, qalbim,
bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan
bahramand bo‘ldim, buni men o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman”, - deb
yozgan edi olim. Allomaning bunday purma’no so‘zlari hozirgi kunda birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimovning “Kuch bilim va tafakkurda” degan bo‘lardim”,
degan so‘zlari bilan hamohangdir.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda o‘rta asr tarixshunosligi rivoj topib, arab
va fors tillarida bir qancha yirik tarixiy va geografik asarlar bitilgan. Bu borada Abu
Bakr Narshahiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. U 899 yilda Buxoroda
tug‘ilib, 959-960 yillarda vafot etgan. Undan meros tariqasida yagona asari “Buxoro
tarixi” bugungacha etib kelgan. Uni 1128 yilda quvalik (Farg‘ona) tarixchi Abu Nasr
al-Kuboviy qisqartirib, voqealar bayonini davom ettirib fors tiliga tarjima qilgan. Bu
tarjimaning qayta ko‘chirilgan va voqealari bayoni (1220 yillargacha etkazilgan
nushasi) bizgacha etib kelgan. “Buxoro tarixi” o‘rta Osiyoda islomgacha bo‘lgan
diniy e’tiqod va urf-odatlar, islom dinining tarqalishi, Muqanna voqeasi haqida
ma’lumot beruvchi asosiy manbaa hisoblanadi. Unda somoniylar davridagi
voqealar, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot keng yoritilgan
2
.
SHunday qilib, Narshaxiy merosi xalqimizning ma’naviy boyligi sifatida
avlodlarga xizmat qilib kelmoqda. IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda
1
Buyuk siymolar, allomalar (1 – 2 kitob). – T.: Meros, 1995, 1996.
2
Xayrullayev M. O'rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati. - T.: Fan, 1994.
11
adabiyot, she’riyat rivoj topdi. Uning rivojiga Rudakiy (860-941), Abu Mansur
Daqiqiy, Abdulxasan Balxiy va ko‘pgina boshqa shoirlar katta hissa qo‘shdilar.
Rudakiy IX asr oxirida Panjikent yaqinida Panjrudak qishlog‘ida tug‘ildi. YOshlik
chog‘idayoq u rud (chang) chalishni yaxshi o‘rgangan, she’r yozib kuy bastalagan
va hofizlik qilgan. Xalq orasida katta obro‘ga ega bo‘lib, hatto Somoniylar hukmdori
Nasri ibn Ahmad (914-943) tomonidan sozanda va shoir sifatida saroyga chaqirtirib
olingan.
Rudakiy o‘z she’rlarida ona Vatanini, uning tabiati va aholisini, insoniy
histuyg‘ularini tarannum etadi. SHoir haqsizlik va adolatsizlikni qoralaydi. Bu
davrning zakovatli shoirlaridan yana biri Daqiqiy edi. Avval u CHag‘oniyon
hukmdorlari, so‘ngra samoniylar saroyiga taklif etiladi. Daqiqiy an’anaviy saroy
she’riyatidan farqli o‘laroq, xalq rivoyatlari va epik dostonlar asosida yangi poetik
yo‘nalishda ijod qiladi. U Abu Mansurning nasriy “SHoxnoma”si asosida birinchi
bo‘lib, she’riy “SHohnoma” asarini yaratishga kirishadi. Biroq ming bayt yozib
bo‘lgach, shoir o‘z g‘ulomi tomonidan fojiona o‘ldiriladi.
Daqiqiyning “Gushtaspnoma” deb nomlangan ming baytini keyinchalik Abul
Qosim Firdavsiy o‘z “SHohnoma”sining kirish qismiga qo‘shgan. Abul Qosim
Firdavsiy (934-1020) fors-tojik adabiyotining mumtoz shoiri. U dunyoga mashhur
“SHohnoma” asarini yaratdi. Bu doston Eron va Turon xalqlarining o‘tmishiga
bag‘ishlangan bo‘lib, vatanparvarlik ruhida yozilgan. “SHohnoma” jahon adabiyoti
xazinasining noyob durdonalaridan biri hisoblanadi. Asar juda ko‘p tillarga,
jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. XI asrda yashab ijod qilgan Mahmud
Qoshg‘ariyning hayoti va ijodiy faoliyati to‘g‘risida kam ma’lumotlar etib kelgan.
Bobosi Muhammad va otasi Xusayn Qoshqardagi Beregon shahridan bo‘lgan.
Qoshg‘ariylar oilasi Bolasog‘unga (Qirg‘izistonning hozirgi To‘qmoq shahri)
ko‘chib kelishganda Maxmud hali yosh bola edi.
Bo‘lajak olim bu shaharda o‘z ilmini oshirib, arab, fors tillarini o‘rgandi. U
yoshlik chog‘idayoq xalq jonli tilidan so‘z va iboralarni qunt bilan yozib bordi, har
bir so‘z, iborani sharhlash va ma’nosini aniqlashga intildi. Qoshg‘ariy turkiy xalqlar
tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarini puxta o‘rganish maqsadida butun Markaziy
Osiyoni kezib chiqdi. Ana shu to‘plagan boy dalillar asosida xalqimizning buyuk
olimi “Javohirun naxv fi Lug‘ati turk” (Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari) va
“Devonu lug‘oti turk” (“Turk tilining lug‘ati”) asarini yaratdi. Olimning bu asari
1074-1075 yilarda yozilgan bo‘lib, hozir bu nodir qo‘lyozma asar Istambulda
saqlanmoqda. Asar katta ahamiyatga ega bo‘lib, unga dunyo xaritasini ilova qiladi
va rus (Kichik Osiyo)dan to Xitoy hududlarigacha cho‘zilib ketgan erlarda
yashovchi turkiy xalqlar tarixi, geografiyasi, urf-odatlari, turmush tarzi, madaniyati
to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi. SHuningdek, asarda olim turkiy yozuv
to‘g‘risida g‘oyatda qimmatli fikrlarni bayon qiladi va 18 harfdan iborat turk
(uyg‘ur) alifbosini keltiradi.
Asarda imlo masalasida ham muhim ma’lumotlar bor. Xullas, she’riy usulda
12
yozilgan buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida
yuksak ezgulik g‘oyalari, mehnatsevarlik, shaxsiy qahramonlik, g‘animlarga nafrat
kabi qarashlar o‘z ifodasini topgan. SHuning uchun bu asar hamon o‘zining ilmiy,
tarixiy, maorifiy qimmatini saqlab kelmoqda. Qorahoniylar saltanati davrining
buyuk siymolaridan biri bolasog‘unlik adib Yusuf Xos Hojib bo‘lib, hozirgacha
bizga ma’lum bo‘lgan yagona didaktik badiiyfalsafiy “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga
boshlovchi bilim”) asari bilan jahonga mashhur va ma’lum. Bu asarda ahloq-odob,
ilm-ma’rifat, bola tarbiyasi, jamoat joylarida o‘zini tutish, so‘zning ahamiyati va
qadri, mehmondorchilik qoidasi, turmush tarzi va inson ma’naviy olamining ko‘p
masalalari yoritilgan. Ma’rifat jarchisi bo‘lgan YUsuf Xos Hojib markazlashgan
kuchli davlat barpo etish uchun kurashuvchi donishmand, adolatli hukmdor
qiyofasini ham chizadi. U xalq va davlat, davlat boshlig‘i va fuqaro, olimlar, hokim,
qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar, hukmron tabaqalarning
hokimiyat, xalq oldidagi burchi haqida g‘oyatda zarur muammolarni ilgari suradi.
SHu bilan birga ulug‘ olim o‘ta ziyraklik va donishmandlik bilan turli tabaqadagi
kishilarnng dunyoqarashlari, hayot tarzlari, odatlari, ahloqlari haqida falsafiy
mulohazalar silsilasini yaratdi. U kishilarni dunyoviy fanlarni chuqur o‘rganishga,
yuqori darajada ma’lumotli bo‘lishga chaqiradi. Ana shunday falsafiy g‘oyalar ilgari
surilgan “Qutadg‘u bilig” asari xalqaro maydonda tan olingan asardir.
Olimning mazkur asari xalqimiz ma’naviy boyligining eng muhim
durdonalaridan hisoblanadi. Turkiy adabiyotning yirik va zabardast vakillaridan biri
Ahmad Yugnakiydir. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot juda kam
bo‘lib, adibning yagona merosi “Hibat ul- haqoyiq” (“Haqiqatlar arg‘umoni”)dir
1
.
Ahmad YUgnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari o‘zbek adabiy merosining buyuk
namunasi sifatida uning keyingi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Doston dunyoning
bir necha tillariga tarjima qilingan.
1
Xayrullayev M. O'rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati. - T.: Fan, 1994.
|