II BOB. KUCH VA TEZKORLIKNI TARBIYALASH USLUBLARI 2.1. Kuch va tezkorlikni tarbiyalash usullari va qo’llanilishi Jismoniy mashqlar insonning harakatlanish amaliyotlari bo’lib, bular jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish maqsadida bajariladi. Boshqacha qilib aytganda, bu jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq tashkillashtirilgan odamning harakatlanish faoliyatidir. Ushbu tushunchaning ma’nosi quyidagidan iborat. Inson amalga oshiradigan harakatlar xilma-xildir: mehnat harakatlari, maishiy harakatlar va h.k. Harakatlarning yig’indisi yaxlit bir harakatga majassamlashadi, natijada bu harakatlarda insonning tashqi dunyoga bo’lgan munosabati, uning ehtiyojlari va xissiyotlari o’z aksini topadi. Hozirgi davrda qo’llaniladigan jismoniy mashqlarning soni nihoyatda ko’p bo’lib, ularning ko’pchiligi bir-biridan ham shaklan, ham mazmunan keskin farqlanadi. Ushbu xilma-xillikda to’g’ri yo’lni topib olish va u yoki bu mashqni ishlatishda eng avval ularning mazmun-mohiyati borasida aniq tasavvurga ega bo’lmoq kerak. Jismoniy mashqlarning mazmunini uning tarkibiga kiruvchi harakatlar va mashq davomida inson organizmida kechadigan asosiy jarayonlar tashkil qiladi va bu omillar mashq qiluvchiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu jarayonlar ham murakkab, ham xilma-xildir. Ularni turli xil nuqtai nazardan, ya’ni psixologik, fiziologik va boshqa yo’sindan mushohada etish mumkin. Fiziologik nuqtai nazardan olib qaraganimizda jismoniy mashqlar davrida organizm sekin holatga nisbatan funksional faoliyatning yuqori pog’onaga ko’tarishi bilan xarakterlanadi. Organizmdagi ushbu o’zgarish nihoyatda katta bo’lishi ham mumkin. Bu esa o’z navbatida mashqlarning xususiyatiga bog’liqdir. Jismoniy mashqlarning mazmun-mohiyati pedagogik nuqtai nazardan qaralganda, bunda alohida fiziologik, bioximik yoki boshqauzviy o’zgarishlar unchalik muhim emas, balki ular natijasida insoniy qobiliyatlarni muayyan maqsad tomon rivojlantirish va buni muayyan mahorat va bilimlarni shakllantirish bilan birgalikda olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida moddiy va psixologik hodisalarning haqqoniy birligidan kelib chiqqan va dialektika pozitsiyalaridan qurilgan taqdirdagina ularning mazmun-mohiyatini to’g’ri talqin etish imkoniyati vujudga keladi. U yoki bu jismoniy mashqning ma’no jihatida xususiyatlar uning shaklini belgilab beradi. Jismoniy mashqning shakli uning ichki va tashqi tuzilishi ya’ni uning shakllanishi jismoniy tarbiyalanishini belgilab beradi. Jismoniy mashqning ichki tuzilishi shu bilan xarakterliki, bunda organizmdagi harakatlanish jarayonlari muayyan mashq davomida bir-birlari bilan qanday bog’langan, ularning nisbati qanday, ularning birgalikda harakatlanish va o’zaro munosibligi bilan belgilanadi. Masalan, yugurish davomida kuzatiladigan asab va muskullar o’zaro harakatlari, motor va vegetativ harakatlanishlar, shuningdek, turli energetik aerobik va anaerobik jarayonlarning munosibligi, masalan, shtanga ko’tarish davomida ko’rsatkichlardan bo’lishi mumkin. Jismoniy mashqning tashqi tuzilishi uning ko’zga ko’rinadigan shakllaridan biri va bu narsa makon, zamon va dinamik harakatlarning o’zaro nisbati bilan xarakterlanadi. Jismoniy mashqning shakli va mazmuni organik tarzda bir-biri bilan bog’langan bo’lib, bunda mazmun belgilovchi va harakatchanroq unsur bo’lib shakliga nisbatan muhimroq ahamiyatga egadir. Demak, u yoki bu jismoniy mashqda muvaffaqiyatga erishish uchun eng avvalo uning mazmuniy tomonini kerakli tarzda o’zgartirmoq kerak, hamda kuch, tezlik va boshqa qobiliyatlarni tarbiyalash asosida organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish uchun shart-sharoit yaratish kerak. Bularning paydo bo’lishidan ko’p miqdorda mazmun elementlarining o’zgarishiga ham bog’liqdir, shu bilan birga mashqning shakli ham o’zgarib boradi. Shakl ham o’z navbatida mazmunga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jismoniy mashqlarning shakli to’liq bo’lmasa, buning natijasi o’laroq ichki imkoniyatlarni maksimal tarzda ifoda etish yo’lida to’siq paydo bo’ladi va aksincha, shakl mukammal bulsa, buning oqibatida jismoniy qobiliyatlardan effektiv tarzda foydalanish imkoniyati tug’uladi. Jismoniy mashqlarning shakli mustaqil ahamiyatga ega bo’ladi. Shu narsa ham ifodasini topadiki, mazmunan turlicha bo’lgan mashqlar umumiy xususiyatga ega bo’ladi. Masalan: bir maromda bajariladigan yugurish. Jismoniy mashqlar bu harakatlanish amaliyoti va ularning majmui bo’lib, jismoniy tarbiya masalalarini xal etishga qaratilgan, hamda uning qonuniyatlariga binoan shakllangan va tashkillashtirilgan bo’ladi. Jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning asosiy vositasi sifatida Jismoniy mashqlarning samaradorligi eng avval ularning mazmuni bilan belgilanadi. Jismoniy mashqlarning mazmuniga kiruvchi harakatlanish omillari harakatlar, amaliyotlarning asosiy xossalari bo’lib, bunga uni bajarish davomida organizmdagi funksional tizimlarda hosil bo’lgan jarayonlar kiradi. Va bunda jismoniy xususiyatlarning ro’yobga chiqishi darajasi hamda psixologik jarayonlar namoyon bo’ladi. Muntazam bajarilib turiladigan jismoniy mashqlar tanada moslashuvchi funksional va morfologik o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bular esa o’z navbatida jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari oshishiga omil bo’lib, kishi salomatligining holatiga ham xissa qo’shadi. Muvofiq shartlarda ular muhim sog’lomlashtiruvchi ahamiyatga ega bo’lib, maxsus hollarda esa spetsifik ahamiyat kasb etadi. Jismoniy mashqlar tarbiyaviy rolni ham bajaradi. Jismoniy mashqlar yordamida inson o’z tanasini boshqarish salohiyatiga ham ega bo’lib, o’z jismoniy kuchini ishlatishga ham qodir bo’ladi. Bular yordamida hayot uchun muhim bulgan harakatlanish omillari shakliy jihatidan o’rganish imkoniyati paydo bo’ladi. Jismoniy mashqlarning mazmuni ularning shaxsga bo’lgan ta’sirini belgilaydi. Bu mashqlar ko’p hollarda shaxsga oid bulgan bir qator sifatlarning g’ayrioddiy tarzda namoyon bo’lishiga turtki bo’ladi. O’z xissiyatini boshqarish davomida inson o’zida hayot uchun nihoyatda qimmatli bo’lgan shaxsiy sifatlarni paydo qiladi, masalan, shijoat, qat’iyat, mehnatsevarlik va dadillik. Har qanday jismoniy mashqning majmuini odatda insonga ta’sirlanishning butun bir mazmuni bilan ajralib turadi. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi yoki murabbiy uchun kasbiy jihatdan shu narsa nihoyatda muhimki, u ishlayotgan mashqni pedagogik nuqtai nazardan har tomonlama baholay bilish, uning turli jabhalarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarda ishlatish imkoniyatlarini chamalab chiqa olish. U yoki bu jismoniy mashqning mazmun xususiyatlari uning shaklini belgilab beradi. Jismoniy mashqning shaklida uning ichki va tashki tuzilishi namoyon buladi. tuzilma, tashkillashtirish uslubi Jismoniy mashqning ichki strukturasi turli xil jarayonlarning qonuniy munosibligi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonlar harakatlanish amaliyotlarining bajarilishini ta’minlaydi. Jismoniy mashqlarning tashki strukturasi esa uning zahiriy shakli bo’lib, bunda harakatlanishning makon, vaqt va kuch ishlatish parametrlarining ma’lum bir munosibligi bilan xaraterlanadi. Mashg’ulotlarning asosiy vositalarini ishlatish uslublari Har qanday harakatlanish amaliyotini o’rganish jarayonida ma’lum darajada poyoniga etgan bosqichlarni ajratsa bo’ladi va qobiliyatining shakllanishidagi muayyan davrlariga to’g’ri keladi. Agarda harakat o’qitish davomida ozmi-ko’pmi mukammal mahorat darajasiga etkazilgan bo’lsa, uning shakllanishi uch bosqichdan iborat bo’ladi. Va bu bosqichlar tarbiyaviy masalalar jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Birinchi bosqichda harakatlanish amaliyoti o’rganiladi. Bunda harakatlanish tatikasini umumiy shaklda bajarish qobiliyati shakllanadi. Ikkinchi bosqichda o’rganish jarayoni chuqurroq va batafsilroq xususiyatga ega bo’ladi. Natijada ushbu bosqichda harakatlanish mahorati aniq shaklga keladi va qisman odat tusiga kirib qoladi. Uchinchi bosqichda harakatlanish amaliyotinig mustahkamlanishi va tobora takomillashishi ta’minlanadi, buning natijasida mustahkam mahorat shakllanadi: o’qitilayotgan shaxs shunday sifatlarga ega bo’ladiki, bular yordamida ushbu mahoratni harakatlanish amaliyotining turli holatlarida maqsadga muvofiq tarzda ishlatish imkoniyati hosil bo’ladi. O’z-o’zidan ravshanki, mazkur tushuntirish ta’lim jarayonining eng umumiy sxemasidir xolos, aslida esa uning strukturasi mashg’ulotlarning yo’nalishi, o’rganilayotgan harakatlarning xususiyatlari hamda o’qitilayotgan talabalarning qandayligiga qarab belgilanadi. Masalan yoppasiga umumiy jismoniy tayyorgarlik shaklida olib boriladigan ta’lim jarayoni asosan birinchi va ikkinchi bosqichlarda amalga oshiriladi. Xuddi shu narsa harakatlanish amaliyotlariga o’rgatish mobaynida ham kuzatiladi va bunda ushbu alomatlar asosiy harakatlanish mashqlariga debocha sifatida qo’llaniladi. Boshqa hollarda esa uchinchi bosqich muhimroq ahamiyatga ega bo’lishi mumkin va bu narsa sport mashg’ulotlari uchun ayniqsa, xarakterlidir. Dastlabki o’rganish bosqichida ko’zlanadigan maqsad bu harakatlanish amaliyoti texnikasining asoslarini o’rganish hamda ushbu harakatlarni juda bo’lmaganda oddiy shaklda bajarish qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo’lida xususiy masalalar quyidagilardan iborat: a) harakatlanish amaliyoti va unga ega bo’lish haqidagi tushunchani hosil qilish; b) harakat texnikasining qismlari faza yoki elementlari o’rganish; v) harkatlanish amaliyotinig umumiy ritmikasini shakllantirish; g) kerak bo’lmagan harakatlar va ijro texnikasining qo’pol buzilgan formalarini bartaraf etish.