Mundarija kirish I bob. Buyumlar ishlab chiqarish


II BOB.Tayyorlashning funksional vazifalari



Yüklə 207,5 Kb.
səhifə5/7
tarix24.01.2023
ölçüsü207,5 Kb.
#80398
1   2   3   4   5   6   7
xayotxon maxsulot

II BOB.Tayyorlashning funksional vazifalari
2.1. Andozalar satxini hisoblash usullari.
Bir detaining holati boshqasiga yoki boshqalariga nisbatan talab etilgan aniqlik bilan aniqlangandan keyin, shuningdek, detalni mashinada ishlashini hamma vaqt ichida yoki unga ishlov berish yoki o'lchash vaqti ichida ham , uning shu holatini saqlash zarur. Bir detal holatini aniqlashning nazariy chizmasidan boshqasiga nisbatan ulami amaliy biriktirishga o'tish nazariy koordinatalari, ikki tomonlama bog'lanishni belgilovchi, tayanch nuqtalarga va shuning bilan boshqa bir tomonlama bog'lanishga ham aylantirib qo'yadi. Bu degani, agar detal holatini aniqlovchi, detallar yuzalarini oltita tayanch nuqtalar bilan tutashuvini buzuvchi kuchlar va ularning momentlari paydo bo'lsa, detaining to'g'ri holatiga erishilgaiffik buzilishi murrikin. Demak, bazalashda olingan detaining to'g'ri holatini saqlab qolish va nazariy talablami bajarish uchun: birlashtirilgan detallami ikki tomonlama bog'lanishini ta ’minlash uchun ikkita detallar tutashtirilgan bazalar kontaktini uzluksizligini ta’minlash zarur. Boshqacha aytganda, detallarning bazalash aniqligini ta’minlash zarur. Detallami bazalashning aniqligi deganda qanday detal bilan uni biriktirishda va boshqa mashinada ishlash yoki tayyorlash jarayonida uning holatini aniqlovchi boshqa detal yoki detallar yuzalariga nisbatan uning holati “o'zgarmasligi” tushuniladi. Bazalash aniqligini ta ’minlash uchun biriktirilgan detallar orasida kuchli tutashuv yaratuvchi kuchlar qo'yiladi. Kuchli tutashuv yaratuvchi va tutashuvni uzilmasligini ta’minlovchi kuchlar va ularning momentlari, detalni mashinada ishlash jarayonida yoki unga ishlov berish jarayonida bu tutashuvni buzishga intiluvchi kuchlar va ularning momentlaridan katta bo'lishi kerak. Bu talabga rioya qilmasdan detal bilan, ko'pincha, mashina bilan ham ularning xizmat vazifalarini bajarish mumkin emas va m utlaq detaining talab etilgan aniqligiga unga ishlov berish jarayonida erishib bo'lmaydi. Biriktiriluvchi detallarning tutashtirilgan yuzalari orasidagi tutashuvni yaratuvchi va saqlovchi kuchlar, doimo bu tutashuvni buzishga intiluvchi kuchlardan oldinroq qo'yilishi shart. Kuch bilan tutashuvni hosil qilish uchun quyidagi kuchlar qo'llaniladi: 1. Alohida mahkamlovchi detallarning materialini yoki butunlay mexanizmlarning elastik kuchlari. 2. Ishqalanish kuchlari. 3. Detallarning og'irlik kuchlari. 4. Magnit va elektromagnit kuchlari. 5. Siqilgan havo, suyuqlik kuchlari. 6. Sanab chiqilgan kuchlar aralashmasi. Masalan, mashinaning qator detallari yuzalari oralig'idagi tutashuvni ta’minlash uchun mahkamlovchi boltlarning elastik kuchlari ishlatiladi. Mahkamlovchi boltlami tortish natijasida ulaming materialida boltning dastlabki uzunligini tiklashga intiluvchi ichki elastik kuchlar paydo bo'ladi. Cho'yanli tutashtirilgan detallarga kuch qo'yilsa, ulaming tutashuvdagi yuzalari deformatsiyasi 3 — 20 mkmni tashkil etadi. Ba’zi bir hollarda masalan, koordinatali — yo'nuvchi stanoklarda joizlik miqdoriga yaqin bo'lar ekan. Bayon etilganlardan xulosa shuki, detallaming to'g'ri geometrik shakli va yuzalar g'adir-budirliklarini ta’minlash uchun tutashuv deformatsiya uchun optimal joizliklami hisoblash va o'rnatish zarur. Detallami bazalash aniqligini ta’minlovchi kuch qo'yilganda, tutashuvli deformatsiyalanish bilan bir qatorda detallaming o'zlarini shaxsan deformatsiyalanishlari ham vujudga keladi. Bu hodisa detallam i mashinada ishlash vaqtida ham, mashinalami yig'ishda ham, detallarga hamda ulaming tanavorlariga ishlov berish jarayonida ham alohida o'ringa ega. Bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, ya’ni detallami bazalash aniqligining talabiga rioya qilish uchun quyidagilar zarur: 1. Detallam i tegishli bazalash yuzalarini to'g'ri yaratish yoki tanlash. 2. Kuchli tutashuvni to'g'ri yaratish. 3. Nazariy to'g'ri geometrik shakldan va tozalik klassidan yuzalaming og'ishi uchun zarur bo'lgan joizliklami ishlov berishda hisoblash, o'rnatish va ushlash yo'li bilan tutashuvli deformatsiyani kichiklashtirish. 4. Detallaming shaxsiy deformatsiyalarini kichiklashtirish uchun detallami tutashtiruvchi yuzalari orasidagi kontaktni yaratuvchi, kuchlami qo'yish nuqtasini tanlash, imkoni boricha tayanch nuqtalari qarshisida bo'lish (masalan, lyunetlar qo'llash). 5. Detallar holati o'zgarishini uni mahkamlash vaqtida chaqirmaslik uchun kuchlar qo'yilishi ketma-ketligini o'rnatish. Mashinasozlik amaliyotining qator holatlarida bazalashning noaniqligi hodisasi bilan to'qnashishga to'g'ri keladi. Detalni bazalash noaniqligi degem tutashtirilgan detallar (yoki detalni), uning holatini aniqlovchi yuzalarga nisbatan detaining talab etilgan holatining bir yoki ko'p marta o'zgarishi tushuniladi. D etalni bazalash noaniqligi, detalni bazalovchi yuzalari va uning holatini aniqlovchi detallar (yoki detal) yuzalari orasidagi tutashuvni bir yoki ko'p m arta buzishi bilan tavsiflanadi. Bazalash noaniqligi detaining nisbiy holati yoki harakati qo'shimcha xatoliklami keltirib chiqaradi. Detallami qo'zg'aluvchan qilib biriktirishda detal o'z xizmat vazifasini bajarishi uchun mashinada bitta yoki bir nechta erkinlik darajasi qoldiriladi. Bunday holatlarda zarur va ruxsat etilgan tirqishlar hisoblanadi, boshqacha aytganda, bu tirqishlar uchun kerakli joizliklar tayinlanadi. Bunda ko'pincha xatolikka yo'l qo'yiladi, chunki o'tkazishni tanlash to'g'risidagi savol yassi masala sifatida yechiladi, bu orada detal o'zi fazoviy jism sifatida namoyon bo'ladi. Buning natijasida bitta detal nafaqat tirqish chegarasida, balki ikki perpendikular yo'nalishlarda boshqaga (yoki boshqalarga) nisbatan siflisK mumkin. Agar kerakli qiym ati bo'yicha o'zgaruvchi, ayniqsa, ishorasi o'zgaruvchan kuchlar va momentlar paydo bo'lsa, ikki o'q atrofida aylanishi mumkin. Bunga yo'naltirgichli skalka va borshtangali yo'nuv asboblarida detal teshiklariga mexanik ishlov berishlami misol qilish mumkin. Bayon etilganlardan kelib chiqadiki, bazalash noaniqligi mavjud bo'lganda doimo hisobga olish va detalni fazodagi mumkin bo'lgan bazalash xatoliklarini hisoblash zarur. Detallarga ishlov berish xatoliklarini kamaytirishning vositalaridan biri, bazalash noaniqligidan sodir bo'luvchi xatoliklami yo'qotish hisoblanadi, ya’ni yuqorida sanab o'tilgan barcha talablarga rioya qilish yo'li bilan detallami bazalash aniqligini ta’minlash kerak. M ashina detallarini tayyorlash uchun tanavorlar sifatida quyidagilar xizmat qilishi mumkin. 1. Cho'yanlar, po'latlar, rangii metallar, plastmassalardan olingan quymalar. 2. Bolg'alab va shtamplab tayyorlangan tanavorlar. 3. Po'latlar va rangii metallardan prokatka qilib tayyorlangan prokatkalar (sovuqligicha tortilgan va issiqligicha prokat qilingan). Tanavor turini tanlash detallaming konstruktiv shaklida ularni nima uchun mo'ljallanganligiga, yig'ilgan mashinada ulami ishlash sharoitiga, qanday kuehlanishdaisM atishiga va shunga o'xshash boshqalarga bog'liq. Cho'yanlardan staninalar, ramalar, plitalar, qutilar, karterlar, podshipniklar korpuslari, shkivlar, maxoviklar va shunga o'xshashlar tayyorlanadi. Mayda detallardan vtulkalar, flanetslar, kranshteynlar, tishli g'ildirak kabilar tayyorlanadi. Og'ir sharoitda va katta kuchlarda ishlovchi detallaming tanavorlari po'lat quymalardan hosil qilinadi. Odatda, yirik detallaming tanavorlarini po'latdan quyib tayyorlash qiyin bo'lgani uchun boshqa usullardan foydalaniladi. Ayrim hollarda to'g'ri qaror qabul qilish uchun qanday holatda tanavorlami tanlash foydaliroqligi tahlil qilinadi. Ya’ni: tanavorni oddiyroq shaklini berib, uni stanokda mexanik ishlov berilganda ortiqcha materialni olib tashlashmi yoki shakli va o'lcham lari bar68 cha tayyor detalga yaqin bo‘lgan aniq bolg‘alab olinganini qabul qilib uning stanokda kam metall olib tashlab ishlov beriladi. Bolg‘alab olinadigan tanavorlar ko'proq yirik detallar uchun qo'llanib, donabay va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda detallar uchun ham foydalaniladi. Shtamplangan tanavorlarda metall strukturasi bir xilda bo'lib, detallar mustahkamroq bo'ladi. Shtampovkalardan o'lchamlari va shakli detalga yaqinroq bo'lganlaridan foydalaniladi. Ayrim ishlab chiqarishlarda shtamp tanavorlari keyinchalik mexanik ishlov berilmasdan ham qo'llaniladi yoki juda ham kam ishlov berilib, tanavorlami shtamplash yo'U bilan tayyorlashda metalldan yaxshi foydalaniladi va chiqim kam bo'ladi. Shtamplash jarayoni bolg'alashdan ko'ra tezroq va yuqori malaka talab etadi. Shtamplab tayyorlangan tanavorlami tannarxi ancha arzonga tushadi. Odatda, shtamplash yo'li bilan tayyorlangan tanavorlar ishlab chiqarish dasturi katta sondagi bo'lgan yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda ko'proq qo'llaniladi. Agar tanavorlar tanlashni texnik talab nuqtayi nazaridan olganda ulami turlicha xillarini qo'llash mumkinliginu faqatgina u yoki bu usulda tayyorlangan tayyor detallar tannarxini texnik-iqtisodiy hisoblashlar natijasida variantlarni bir-biri bilan solishtirib ko'rish yo'li bilan qabul qilinadi. Tanavor tayyorlashda uning shaklini tayyor detal shakliga yaqinlashtirishga harakat qiladi. Odatda, tanavorlar xomaki va toza tanavorlarga bo'linadi. Toza tanavorlar — tayyorlangandan keyin kesib ishlanmaydigan o'lchamlari va tozaligi tayyor detal o'lcham i va tozaligiga to'g'ri keladigan tanavorlardir. Xomaki tanavorlar talab qilingan o'lcham, tozalik va aniqlikdagi detal hosil qilish maqsadida qo'yim kesib olish uchun mexanik ishlanishi zarur bo'lgan tanavorlardir. Qo'yim — ishlov berilgandan keyin tayyor detal hosil qilish uchun tanavor sirtidan kesib olinadigan material qatlami. Shunday qilib, xomaki tanavorlar tayyor detallar o'lcham idan kattaroq o'lchamli qilib, ya’ni qo'yim qoldirilib tayyorlanadi. Detaining chizmaga muvofiq yo'nib ishlanmaydigan yuzalarida qoldirilmaydi. Qo'yim qiymati (qalinligi) ayni detal uchun zarur texnologik ishlov berishni ta’minlaydigan tarzda bo'lishi ko'zda tutilib aniqlanadi: bunday qo'yim normal qo'yim deyiladi. Shunday qilib, normal qo'yimlar, zarur mexanik ishlovni, tozalik, sifat va aniqlikni ta’minlaydi. Tanavorlar tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqarish dasturiga, demak, ishlab chiqarish turiga bog'liq. Bir taizdagi tanavorlar qanchalik ko'p chiqarilsa, bu tanavorlarning har biriga sarflanadigan ishlab chiqarish xarajatlari shunchalik kam bo'ladi. Iloji boricha tanavomi shakl va o'lchamlari jihatidan tayyor detalga yaqinlashtirib tayyorlash talabi qo'yiladi. Tanavor tayyorlashning asosiy usuilari quyidagilardir: qora va rangii m etallardan olinadigan quymalar. Quyma tarzida olinadigan tanavorlarning o'lchamlari, shakli va og'irligi har xil bo'ladi. Quymalami yer qoliplarigaquyib tayyorlashda qo'lda yoki mashinada, yog'och modellar yoki metall modellar yordamida tayyorlanishi mumkin. Qum — smola aralashmasidan tayyorlanadigan qoliplarga quyish usulidan shakli va o'lchamlari tayyor detal shaldi va o'lchamlariga yaqinlashib boradigan aniq quymalar olishda foydalaniladi. Bunday quymalar cho'yandan, po'latdan va rangii metallardan olinadi. Bunday qoliplarga quyish yo'li bilan og'irligi 30 kg dan ortiq bo'lgan mayda va o'rtacha tanavorlar olinadi. Suyuqlanuvchi modellar yordamida quymalar olish usulidan qora va rangii metallar va ulaming qotishmalaridan, jumladan, issiqqa chidamli qotishmalardan ham murakkab shaklli quymalar olishda foydalaniladi. Bu usulda devorining qalinligi 0,8-1,5 mm va teshigining diametri 8 mm gacha bo'lgan tanavorlar hosil qilish mumkin. Metall qoliplarga (kokillarga) quyish usuli qora va rangii metallardan hamda rangii metallaming qotishmalaridan tanavorlar quyish uchun qo'llaniladi. Quymalar oddiy va murakkab shaklli hamda har xil og'irlikda bo'lishi mumkin. Aylanma shaklli detallar — vtulkalar, halqalar, trubalar va boshqa tanavorlar markazdan qochma usulda qo'yish yo'li bilan olinadi. Bu usulda ancha tejamii va aniq o'lchamli tanavorlar hosil bo'ladi. Tanavorlar bosim ostida bolg'alash va shtamplash usuli bilan tayyorlanadi. Bu usulda metallarni sovuqligicha ham, qizdirib turib ham ishlash mumkin. Ayniqsa, shtamplash usuli bilan tanavorlar tayyorlash tanavorning shakli va o'lchamini tayyor detal shakli va o'lchamlariga yaqinlashtiradi. List shtamplash usuli bilan har xil shaklli detallar (shayba, qopqoq, vtulka, dumalash podshipniklari, separatorlar vaboshqalar) tayyorlanadi. Sovuqligicha shtamplash usulida kam uglerodli yoki ligerlangan po'lat, rangii metallar va boshqa materiallar ishlatiladi. Sovuqligicha shtamplash uchun ishlatiladigan list materiallarining qalinligi 6—8 mm bo'ladi. Qalinligi 8—10 mm bo'lgan prokat M iam i qizdirib turib shtamplash yo'li bilan sistemalar, qozonlar va boshqalar uchun tanavorlar tayyorlanadi. Prokatlar tanavorlar tayyorlashda ham , pakovkalartayyorlash uchun ham ishlatildi. Sort prokatdan va shakldor prokatdan turli shakldagi tanavorlar tayyorlanadi. Tanavorlar tayyorlash uchun qizdirib prokatlangan po'lat va boshqa materiallardan qilingan sort chiviqlar — doiraviy, kvadrat, olti yoqli, polosa profilli va boshqalar ishlatiladi. Metallokeramik tanavorlar har xil metallaming, hatto suyultirilgan holda bir-biri bilan aralashmaydigan metallaming (volfram, mis va boshqalar) kukunlarini yoki metallmas materiallar kukuni bilan hosil qilingan aralashmasini presslash va qizdirib qovushtirish yo'li bilan olinadi. Bunday kukunlar press qoliplarda(1000 — 6000 g/sm2) bosim ostida presslanadi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, bunda mashinalaming aniq va toza yuzali detallarini olish mumkin va bu detallami kesib ishlov berishga hech qanday hojat qolmaydi. Metallmas materiallar: plastmassalar, rezinalar, yog'ochlar va boshqalardan tayyorlangan tanavorlar (vtulkalar, tishli g'ildiraklar, panellar, har xil shaklli tanavorlar) turli xil usullarda tayyorlanib, keng ko'lamda ishlatiladi. Keyinchalik mexanik ishlov beriladigan har qanday tanavor, tayyorlanadigan detal o'lchamlarini ta’minlashga qo'yim bilan tayyorlanadi. Bu qo'yim detallami talab qilingan o'lchamlarini va berilgan sirt (yuza) tozaliklarini ta’minlash uchun stanoklarda kesuvchi asboblar bilan olib tashlanadigan ortiqcha materialdir. Tanavor o'lchamlari va uzil-kesil ishlov berilgan detal o'lchamlari orasida farq qo'yim miqdorini aniqlaydi. Umumiy qo'yim — tanavor o'lcham idan boshlab tayyor detal holiga kelguncha tegishli yuzalami ishlov berib, talab qilingan o'lchamlarini ta’minlanguncha bo'lgan barcha jarayonlar oralig'ida olib tashlangan qatlamlardir. Operatsiyalararo qo'yim deb alohida aniq operatsiyalami bajarishda olib tashlangan qo'yimga aytiladi. Qo'yimlar simmetrik va assimetrik bo'lishi mumkin, ya’ni tanavorning simmetrik o'qiga nisbatan simmetrik yoki assimetrik joylashgan bo'lishi kerak. Simmetrik qo'yimlar aylanma jismli tanavorlarning tashqi va ichki yuzalarida bo'ladi. Ular, shuningdek, bir vaqtda ishlov beruvchi qarama-qarshi joylashgan tekis yuzalarda bo'lishi mumkin. Biroq birinchi holda ham, ikkinchi holda ham qo'yimlar assimetrik joylashgan bo'lishi mumkin. Qo'yim shunday o'lcham bilan qoldi rilgan bo'lishi kerakki, detalga mexanik ishlov berib, yuzalarini (sirtlarini) tozaliklariga, sifatiga o'lchamlari aniqliklariga qo'yilgan zaruriy talablami qondirish bilan birga eng kam material sarfi va detal tayyorlashning eng kam tannarxini ta’minlashi kerak. Bunday qo'yim optimal (eng afzal) hisoblanadi. Detallarga ishlov berishda optimal qo'yimlami o'rnatish texnik-iqtisodiy masalalaming eng muhimi hisoblanadi. Haddan tashqari ortiqcha qoldirilgan qo'yim esa detalni tayyorlashga ortiqcha sarf-xarajatlar bilan birga asosiy uchta elemental tashkil etgan tannarxni oshirishga olib keladi: materialga sarf-xarajatlar, ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi va qo'shimcha xarajatlar. Ishlov berishga qoldirilgan qo'yim miqdori oshirilsa, tanavorning og'irligi ortadi; ko'p material talab qilinadi va tanavorning va tayyor detaining tannarxi oshadi. Ortiqcha qo'yim ni olish ishlov berish mehnati hajmini oshiradi, demak, qo'yim oshishi bilan bitta detalni ishlov berishga ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi to'lovi oshadi. Shuning uchun ham, qo'yimni iloji boricha bir marta o'tishda olib tashlaydigan qilib qoldirish maqsadga muvofiq. O 'rtacha quw atga ega bo'lgan stanokda bir marta o'tishda 6 mm qo'yimni olish mumkin. Detalni tannarxiga kiruvchi va ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi to'lovidan protsentlarda qabul qilinadigan qo'shimcha xarajatlar ham ish haqi oshishi bilan oshadi, boshqalar bilan birga qo'shimcha xarajatlarga, shuningdek, detalni ishlov bergandagi stanok ekspluatatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar (chiqimlar) ham kiradi. Masalan, ta’mirlashga sarflangan xarajatlar, asbob, elektr energiyasi, transport, amortizatsiyaga ajratilgan mablag', shuningdek, qo'shimcha ish haqi, ustama hisoblashlar va boshqalar kiradi. Qo'yimni ortiqcha qoldirishda tanavor og'irligi (massasi) va olib tashlanadigan qirindi ortadi, ortiqcha materialni olish uchun stanok katta kuchlanish bilan ishlashi kerak, buning oqibatida uning yemirilishi va ta’mirlashga sarf-xarajatlar ko'payadi. Ortiqcha qo'yim kesuvchi asbobga bo'ladigan sarf-xarajatlar ortishiga olib keladi. Ya’ni ortiqcha material kesuvchi asbob bilan bir necha marta o'tishda olinadi, natijada asosiy (texnologik) vaqt va asbobning ishlash vaqti ortadi. Bu degani uning sarf-xarajati (chiqimi) ortadi. Ortiqcha qo'yimlarda ko'pincha kesish chuqurligi oshiriladi (o'tishlar sonini kamaytirish uchun), bu esa stanok quw atini oshi rishni talab qiladi, natijada elektr energiyasi sarfi oshadi. Bulardan ko'rinadiki, ortiqcha qo'yim detal tannarxidagi yuqorida keltirilgan barcha uchta asosiy element ortishiga olib keladi. Boshqa tomondan qaraganda, qo'yimni juda ham kam qoldirish zaruriy aniqlik va tozalikni ta’minlab, detalga mexanik ishlov berish bajarilishiga imkon bermaydi, natijada yaroqsizlik (brak) hosil bo'ladi, buyum qimmatlashadi. Shunday qilib, hamisha detalni eng kam tannarxda, ishlov beriladigan yuzalariga qo'yiladigan aniqlik va tozalik talablarini qanoatlashtirish bilan mexanik ishlov berib bajarishni ta ’minlaydigan optimal (eng afzal) qo'yimni qoldirishga intilmoq zarur. Hozirgi zamon seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishlarda ishlov berishga qo'yimni minimal kamaytirib, kam mexanik ishlov berishni yoki uni butunlay talab qilmaslik imkoniyatini talab qiladigan (imkoniyati yaratilgan) tanavor olishga aniq va to'liq maqsadga muvofiq intilish mavjud.

Yüklə 207,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin