Mavzuning dolzarbligi: Fermionlar va bozonlar uchun to`lqin funksiyalarni bilish, zamonaviy kvant mexanikasi va elementar zarrachalar fizikasida amaliy erishilayotgan yutuqlar bilan bevosita bog`liq. Zamonaviy fizikaning rivoji boshqa fan jabhalarining rivojiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Elementar zarrachalar sohasidagi bilimlar meditsina, kimyo, nanotexnologiyalar kosmologiyaning rivojlanishiga olib keladi.
Tadqiqot obyekti va predmeti:elementar zarrachalar, fermionlar va bozonlar.
Ishning maqsadi va vazifalari: fermionlar va bozonlardan tashkil topgan sistemalarning to`lqin funksiyalarini o`rganish va ular uchun energiya funksiyasi bo`lmish gamiltonianni yozish.
Tadqiqot usuli va uslubiyoti: kvant mexanikada mavjud fizik kattaliklar operatorlarini matematik tahlil va differensial tenglamalarni yechish usullaridan foydalanib o`rganish.
Olingan asosiy natijalar: Zarrachalar o`zaro ta’sir potensiali faqat ular orasidagi masofaga bog`liq bo`lsa, u holda harakat miqdorining orbital momenti saqlanadi.
Zarrachalar orasidagi o`zaro ta’sir ularning spin orientatsiyasiga bog`liq.
To`lqin funksiyalarning simmetriyalashuvi sistema energiyasini belgilaydi.
Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: bitiruv malakaviy ishda fermion va bozonlardan tashkil topgan sistemalar uchun to`lqin funksiyalarning ko`rinishini zarrachalar spinini e’tiborga olgan holda o`rganib chiqilgan. Almashinuv o`zaro ta’sirlarda spin orientatsiyalari energiyaning o`rtacha qiymatiga qo`shadigan hissasi nazariy jihatdan tahlil etilgan.
Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi, q o`llanish sohasi,xulosa va takliflar:bitiruv malakaviy ishda olingan natijalardan fizika ta`lim yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar va kvant maydonlar nazariyasi bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
I BOB. ELEMENTAR ZARRACHALARNING KLASSIFIKATSIYASI.