Mundarija kirish I. bob Etika tushunchasi va uning shakllanishi etiketning jamoadagi o



Yüklə 98,15 Kb.
səhifə6/7
tarix25.04.2023
ölçüsü98,15 Kb.
#102498
1   2   3   4   5   6   7
asal. kurs

2.1 Ishga doir xatlarni yozishga qoyiladigan etik talablar.

Xatni yozishda blankaning chap tomonidan 2 sm, o‘ng tomonidan esa 1 sm dan kam bo‘lmagan masofa qoldirilishi shart, chunki yuborgan xatlar adresatda hisobga olingandan keyin papkaga solinib saqlanadi. Papkaga tikilgan xatning matni bemalol ko‘rinib turilishi kerak. Bu ham adresatga bo‘lgan hurmatni bildiradi. Adresatning xatni qiynalmasdan o‘qishi uchun matn 1,5 – 2,0 intervalda teriladi. Birinchi abzasdan keyingi abzaslar ulardan oldingi qatorning beshinchi harfining tagidan boshlanishi va so‘zlarni bir qatordan ikkinchi qatorga bo‘g‘in orqali ko‘chirmaslikka harakat qilinishi kerak.


Xat matnlarini tuzishga qo‘yiladigan eng asosiy talablardan biri – xat faqat adabiy tilda, u qaysi tilda bo’lishidan qat’iy nazar, grammatik va orfografik xatolarsiz, shevalardan va jargon so‘zlardan foydalanmasdan yozilishi kerak. Aks holda sizning bilimdonligingiz va madaniyatingiz to‘g‘risida, ayniqsa bo‘lajak hamkorlarda, salbiy fikrlar tug‘ilishi mumkin.
Ko‘rsatilgandan tashqari xizmat yuzasidan yoziladigan xatlarda ishlatiladigan so‘zlar ravon, fikrlarni aniq ifodalaydigan, ya’ni har xil ma’nolar bermaydigan bo‘lishi kerak. Tuzilgan gaplar qisqa bo‘lishi lozim. CHunki murakkab gaplarni boshidan oxirigacha o‘qib yetguncha, ularning boshlanishida berilgan ma’lumotlar esdan chiqib ketishi mumkin. Yana bir narsa doimo esda bo‘lish kerakki, xatlarda maxsus va murakkab atamalarni ishlatmaslikka ham harakat qilish kerak, chunki ularning mohiyatini hamma ham bir xil mazmunda va to‘liq tushunavermaydi. Shuning uchun ham xizmat yuzasidan yoziladigan xatlarda hamma uchun tushunarli bo‘lgan atama va so‘zlardan foydalanish lozim.
Yuqorida xizmat yuzasidan yoziladigan xatlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha shuni ta’kidlash mumkinki, xizmat xatlari matni xushmuomalali va xurmat tarzida yozilishi, uni o‘qiydigan kishilarning kayfiyatini buzmasligi, yozgan va o‘qiydigan kishilar uchun tushunarli bo‘lishi va mamnuniyat bilan o‘qilishi kerak.
Xizmat yuzasidan, ayniqsa hamkorlarga yoziladigan xatlar hamkorlik qilganligi va uning davom etilishi to‘g‘risida minnatdorchilik bildirish bilan tugallanishi lozim. Yana bir narsa esdan chiqmaslik kerakki, xatni yozgan kishining imzosi va ismi–sharifi oxirgi gapning pastida o‘ng tomonda ko‘rsatiladi va hurmat belgisini ifodalaydigan so‘zlar bilan tamom qilinadi, masalan, “Hurmat bilan Asad Xasanovich”.
Esingizda bo‘lsinki, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan sizga kelgan rasmiy xatlarning barchasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi, zarur bo‘lsa, unga tegishli rezolyusiya qo‘yilishi va xatlar papkalarga tikilib saqlanishi kerak. Amaldagi qoidalar bo‘lishi rezolyutsiya kelgan xat matnining ustida emas, boshqa qog‘ozda yozilish kerak, chunki kelgan xat ustida yozish xatni yozgan shaxsga nisbatan hurmatsizlikni bildiradi.
Barcha kelgan so‘rov xatlarga albatta korxonada qabul qilingan tartib va muddatda javob berilishi shart. Amaldagi qoidalarga ko‘ra javob berish muddati 3 kundan oshmasligi kerak. Bundan faqat so‘rovi mukammal ko‘rilib va o‘rganib chiqishni talab qiladigan xatlar istisno. Baribir shu 3 kun muddat ichida so‘rovga qachon javob berilishi ko‘rsatilib, javob xati yozilishi kerak.


Yüklə 98,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin